Respublikasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə53/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
fayl 1854 20210917

Teatr san'ati. Mustaqillik davrida o'zbek teatrining turlari va janrlari rivojlanmoqda. Yoshiar, bolalar va qo'g'irchoq teatrlari aloluda mavqega ega. Mustaqillik sharofati bilan tiklangan milliy qadriyatlar, jamiyat ma'naviyati haqidagi yangilangan tushunchalar, tarix va zamonaviylik muammolari ushbu teatrlar diqqat-e'tiborida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbek teatr san'atini rivojlantirish tovg'risida»gi 1998-yil Farmoni milliy teatr san'atining istiqbolini belgilab bergan hujjat bo'ldi. «O'zbekteatr» ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi o'z faoliyatini milliy tomosha va teatr san'atining eng yaxshi an'analarini asrab-avaylashga hamda boyitishga yo'naltirdi.

Mustaqillik davrida O'zbek teatr san'ati milliy qadriyatlami tildashga qo'l urdi. Bir zamonlar qoralangan asarlar teatrlarda sahnalashtirildi, yangi asarlar

yaratish harakati boshlandi. Turii teatrlarda Fitratning «AbuIfayzxon» tragediyasi, To'ra Mirzoning «Amir Temur» dramasi, Clio'lponning «Kecha va kunduz» romani, “Yorqinoy” dramasi, Abdulla Qodiriyning “O'tkan kunlan” va “Mehrobdan chayon” romanlari asosida sahna asarlari yaratildi. Umuman, o'zbek teatr madaniyati yanada rivojlandi. O'zbek san'atkorlari xorijiy mamlakatlarga gastrollarga bormoqdalar. Zamonaviy o'zbek teatri san'atiga hissa qo'shgan namoyandalardan dramaturg-lar – M. Boboyev, Sh. Boshbekov, E. Samandarov va boshqalar; rejissyorlardan - N. Abdurahmonov, R. Yoriyev, B. Yo'ldoshev, N. Otaboyev, O. Salimov, V. Shapiro, R. Hamidov va boshqalar; rassomlardan - G. Brim, B. Kim, S. Salimov, B. To'rayev, T. Shorahimov va boshqalar; dirijyorlardan – D. Abdurahmonova, E. Toshmatov, N. Xalilov, H. Shamsiddinov va boshqalar; raqs ustalari – G. Izmaylova, M. Is'hoqova, I. Yusupov va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Teatr san'atining rivojlanishiga hissa qo'shgan aktyorlardan Ya. Abdullayeva, M. Abduqunduzov. T. Azizov, Sh. Azizova, Yo. Ahmedov. X. Boboxonova, Z. Davletmuradova, Ye. Dmitriyeva, G. Jamilova, J. Zokirov, G. Zokiiova, D. Ismoilova, M. Ixtiyorova, E. Komilov, E. Malikboyeva,

E. Nosirov, H. Nurmatov, M. Razzoqova, S. Rametova, A. Rafiqov, G. Rahimova,

M. Teshaboyeva, N. Toshkenboyeva va boshqalarni aytishimiz mumkin.

Mustaqillik tufayli tarixiy qadriyatlami tiklash, o'zlikni anglash, ma'naviy boyliklarga intilish o'zbek teatrining ham muhim vazifasiga aylandi. Sahnamizda buyuk Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy obrazlari yangicha talqin qilindi. Al-Farg'oniy, Al-Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi, Feruz kabi ulug' ajdodlarimizga bag'ishlangan asarlar keng shuhrat qozondi. Respublika teatrlari har yili 130 dan ziyod turli mavzu va janrlarda spektakllar sahnalashtiradi. Bular asosan tarixiy, afsonaviy mavzulardagi spektakllardir. 1998-yili Xalqaro miqyosda keng nishonlangan buyuk vatandoshlarimiz hayoti va faoliyati hamda «Alpomish» dostonining 1000 yilligi munosabati bilan qator sahna asarlari yaratildi. O'zbekiston Milliy akademik drama teatrida sahnalashtiriigan dramaturg Hayitmat Rasulning «Piri koinot», Farg'ona viloyati Yu. Shakarjonov nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtiriigan “Osmonga sig'magan muhabbat”, Samarqand

viloyati H. Olimjon nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtiriigan Usmon Qo'chqorning “Imom Buxoriy”, Andijon viloyati Y. Oxunboboyev nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtiriigan «Alpomishning qaytishi», Xorazm viloyati Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtiriigan Erkin Samandarovning «Jaloliddin Manguberdi» kabi asarlari Respublikamiz ma'naviy hayotida katta voqea bo'ldi.

Toshkentda «Sharq va G'arb», «Humo» kabi yirik xalqaro teatr festivallari o'tkazilishi o'zbek rejissurasi, aktyorlik san'atining yirik yutuqlari, mahorat o'rganish, tajriba almashinish maktabi vazifasini o'tadi. «Humo» festivali marafoni Toshkentda muvaffaqiyatli o'tib, Germaniya, Gruziya, Rossiya va boshqa mamlakatlar teatr jamoalarining o'zaro ijodiy uchrashuvi maskaniga ayiandi. 1996- yil Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag'ishlangan «Navro'z» teatr festivalining muvaffaqiyati xalqaro ahamiyatga molik bo'ldi. «Andijon bahori»,

«37+l», «Debut» teatr festivallari san'at muxlislari uchun haqiqiy tuhfa bo'ldi. Havaskorlik teatrlari ham rivojlanmoqda. Talabalar havaskorlik teatrlarining

«Nihol» festivali katta qiziqish bilan o'tkazilmoqda.

Respublikamiz teatr sohasida ham yoshlar uchun ko'p ishlar qilindi, ular uchun maxsus tomoshaiar qo'yilmoqda, qo'g'irchoq teatrlari barcha viloyatlarda ishlab turibdi. «Kattalar teatrlari bolalar uchun» festivali shunday teatrlarda bolalarga xizmat ko'rsatishni tubdan yaxshilash ishiga xizmat qiladi.


  1. asr o'zbek teatrining taraqqiyotida alohida sahifa ochdi. Qadimgi ko"ngilochar milliy tomoshaiar va Yevropadan kirib kelgan maxsus teatrlar uyg'unligida shakllangan o'zbek teatri bu asrda haqiqiy o'zbek milliy teatrini vujudga keltirdi. O'zbekiston teatrlari o'z ijodiy-uslubiy izlanishlari, turli asarlar talqinlariga yangicha yondashuvlan bilan teatr san'ati uslubi va ifoda vositalanning takomillashuviga sabab bo'lmoqda.

Mustaqillik davrida teatrlarimiz faoliyatida ko'pgina diqqatga sazovor o'zgarishlar yiiz berdi. Teatrlarning repertuar siyosati, rejissura va aktyorlik san'atidagi yangiliklar, spektakllarning prokati, tomoshabinlar bilan aloqalarning

yangicha mazmun, shakllari va nihoyat, ushbu maxsus teatrlarning xalqaro san'at va madaniyat maydonida orttirgan tajribalari e'tiborga loyiq.

Mustaqillik davrida O'zbekiston teatrlari funksiyasi o'zgardi. Ular o'z faoliyatlarida tomoshabinlarga mazmundor, ta'sirli, qiziqarli spektakllar tayyorlashga ahamiyat berdilar. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan professional teatr va teatr-studiyalari xalqimiz ma'naviy ciunyosini, tafakkurini boyitadigan sahna asarlari yaratmoqdalar. Ushbu dargohlarda minglab ijodiy va texnik xodimlar faoliyat olib boryapti.

Mustaqillik davrida birorta ham teatr o'z faoliyatini to'xtatgani yo'q. Nodavlat va xususiy teatrlar paydo bo'lmoqda. Teatrlarning xalqaro miqyosda yutuqlarga erishayotgani e'tiborni tortadi. Teatrlarimizjamoalari AQSH, Turkiya, Pokiston, Germaniya, Polsha, Buyuk Britaniya, Isroil kabi xorij mamlakatlarida o'tkazilgan turli teatr festivallarida qatnashib, turli sovrin va mukofotlarga sazovor bo'lganligi quvonchlidir. Teatr ijodkorlari mamlakatimiz hayotining turli jabhalarida faol ishtirok etmoqdalar. Vatanimiz oliy organi – Oliy Majlisga, viloyat, tuman va shahar mahalliy Kengashlariga deputatlikka saylanmoqdalar. Bu esa teatr ijodkorlariga bo'lgan yuksak ishonchning dalilidir. Teatr san'atimiz ayni kunlarda bozor iqtisodiyoti sharoitiga kirib bormoqda.

2018-yil O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzurida ilk bor harbiy teatr-studiya

- «Turon» tashkil etildi. Mazkur teatr nafaqat harbiylar va ularning oilalari, balki barcha uchun xizmat ko‘rsatadi.Boshqa sohalarda bo‘lgani singari, 2017-yil teatr san’ati sohasida ham keng islohotlar boshlandi. Eng avvalo, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida teatr va tomosha maskanlarini, madaniy- ma’rifiy tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning mod- diy-texnika bazasini mustahkamlash belgilab qo‘yildi.

Madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, madaniyat va san’atning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodni milliy va umuminsoniyga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti¬ning “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashti- rishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi mavjud 37 ta teatr faoliyatini ta’minlash uchun 2017-yilning o‘zida davlat budjetidan 81 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari artistlari, ma’muriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, ijodiy va boshqa xodimlarining mehnat haqi miqdorlari o‘rtacha 45 foizga oshirildi.

O'zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo'shgan beqiyos hissasining yuksak e'tirofi sifatida Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha islom tashkiloti - AYSESKO tomonidan 2007-yilda “Toshkent shahri – Islom madaniyati poytaxti” deb e'lon qilindi. Aziz poytaxtimizning bunday nomga sazovor bo'lganligi nafaqat xalqimizga, balki butun musulmon olamiga iftixor tuyg'usini bag'ishladi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki bu asrlar davomida ajdodlarimiz lmom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi mutafakkir zotlarning diniy ilmlar sohasida qilgan buyuk kashfiyotlari, islom madaniyati rivojiga qo'shgan hissasiga yuksak bahodur. Bunday sharafga yurtimizning islom dini bilan bog'liq tarixi, musulmon dini va madaniyatiga qo'shgan hissasi, ulug' ulamolarning qoldirgan ma'naviy merosi, o'z navbatida, ularni jahon miyosida targ'ib qilish borasidagi ishlar tufayli muyassar bo’ldik.

Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e'lon qilinishi bilan bog'liq bosh tadbirlar sifatida Toshkent va Samarqand shaharlarida "O'zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasi" mavzusida hamda Samarqand va Buxoro shaharlarida "O'zbekiston – islom dunyosining buyuk mutafakkirlari yurti" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o'tkazildi. Anjumanga dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlar Vatanimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq Sharq durdonalari sanalmish Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy obidalarni saqlash, qayta tiklash va ta'mirlash, qadimiy va boy merosimizni asrab-avaylash ishlarini ko'rib lol qolishdi.

Toshkent shahriga «Islom madaniyati poytaxti» degan nomning berilishi xalqimizning farzandlarida g'urur uyg'otadi, ayni paytda yanada ko'proq mas'uliyat yuklaydi. Yurtboshimiz so'zlari bilan aytganda, «necha yuz yillar mobaynida yurtimiz hududida yaratilgan buyuk madaniy va ma'naviy merosning tub mohiyatini, uning ko'pchilikka ma'Ium bo'lmagan qirralarini nafaqat musulmon olamiga, balki butun jahon ahliga keng targ'ib qilish, shu tariqa islom dirri tinchlik, ma'rifat, yuksak axloq-odob ifodachisi ekanini yana bir bor namoyon etish borasida ko'p ish qilishimiz zarurligini yaxshiroq anglash talab etiladi.

Mustaqillik sharoitida ma'naviy isiohotlar zamirida madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyati tubdan o'zgardi, yangi mazmun kashf etdi, shaklan kamol topdi. Bu o'zgarishlar istiqlol bergan imkoniyatlar asosida sodir bo'ldi. Zero, bu sohaning yangilanishi tarixiy zarurat edi. Sobiq sho'rolar davrida madaniy-ma'rifiy muassasalar xalq manfaatlariga xizmat qilish o'rniga, zo'raki ravishda kommunistik g'oyalarni targ'ib qilish maskaniariga aylantirilgan edi. Mustaqillik sharoitida esa madaniy-ma'rifiy muassasalar xalqning ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, milliy an'analarini tiklash, xalq ijodini ravnaq toptirish, yangi milliy mafkurani targ'ib etish maskaniga aylandi. Mustaqillik tufayli respublikamizda milliy-ma'naviy tiklanish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgandan soLng, madaniy-ma'rifiy muassasaiar xalq ma'naviyati kamoloti yo'lida xizmat qilish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Birinchi Prezidentimiz Farmoni asosida respublikamizda «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi (hozirgi ma'naviyat va ma'rifat kengashi markazlari) va uning tarmoq tizimlarining vujudga kelishi madaniy-ma'rifiy muassasalar (jumladan, klublar, madaniyat uylari, madaniyat saroylari, madaniyat va istirohat bog'lari. madaniy komplekslar, axborot-texnologiya markazlari, kutubxonalar, muzeylar) faoliyati jiddiy yangilanishiga turtki bo'ldi. Eng muhimi, ma'naviyat va ma'rifat rivojiga davlatning bosh vazifasi deb qarash bu soha faoliyatini yangidan ravnaq topishiga asos bo'ldi.

Ma'lumki, madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyatida milliy ma'naviyat masalalari bilan shug'ullanish asosiy soha bo'lgani sababli, madaniyat muassasalari

komi! insonni tarbiyalash jarayoniga o'zining munosib hissasini qo'shishga mas'ul hisoblanadi, chunki kelajakda buyuk davlat egasi bo'ladigan komil insonni tarbiyalamasdan, uni axloqiy jihatdan barkamol qilmasdan turib rivojlanish vazifalarini hal etish mumkin emas. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o'tish borasidagi murakkab vazifalami muvafiaqiyatli hal etish fuqarolarning ma'naviy-axloqiy kamolotiga, imon-e'tiqodiga, g'oyaviy-siyosiy yetuklik darajasiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Inson kamoloti millat va mamlakat rivojiga asos bo'ladi. Xalq orasida, turarjoylarda madaniy-ma'rifiy faoliyat olib boruvchi muassasalaming bu ishlarni amalga oshirishda o'ziga xos imkoniyatlar mayjud.

Shu narsani e'tiborda tutish kerakki, madaniy-ma'rifiy muassasalar asosan joylarda va konkret aholi qatlamlariga xizmat ko'rsatadi. Shu boisdan ham madaniyat muassasalari muayyan regionning asosiy madaniyat markazi, ma'rifat va mazmunli dam olish maskani sifatida xalq ijodini kamol toptirtshda, bayram va sayillarni uyushtirishda keng imkoniyatlarga ega ma'naviy-mafkuraviy tashkilotlar sifatida xizmat qilmoqdalar, Madaniyat muassasalari kishilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish. shaxs ma'naviyatini har tomonlama rivojlantirish va ularning ijtimoiy-madaniy faolligini oshirish jarayonlarini uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimi shaklida amalga oshiradi. Shuningdek, ular joylarda maflairaviy targ'ibot- tashviqot ishlarini olib borishda ham davlat, partiyalar, yoshlar uyushmalari, kasaba tashkilotlan va ko'ngilli jamiyatlarning tayanch-tarbiyaviy markazi sifatida ham faoliyat olib boradilar.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə