Rivojlanish strategiyasi bu O'zbekiston milliy rivojlanishining yangi asosidir.


O’zbekistonning o’ziga xos va o’ziga mos taraqqiyot yo’lining jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etiliishi (bozor iqtisodiyoti, “o’zbek modeli”, bozor infratuzilmasi)



Yüklə 52,67 Kb.
səhifə4/16
tarix29.11.2023
ölçüsü52,67 Kb.
#141857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1 -40 tarix

O’zbekistonning o’ziga xos va o’ziga mos taraqqiyot yo’lining jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etiliishi (bozor iqtisodiyoti, “o’zbek modeli”, bozor infratuzilmasi)

Ўзбекистоннинг тараққиёт йўли бозор иқтисодиёти ва демократик тамойиллар қарор топган илғор давлатлар тажрибасига, республикамиз иқтисодиётининг ҳақиқий ҳолати ва имкониятларига, халқнинг менталитети ва тарихий анъаналарига, аҳолининг туб ўзгартиришларга Тараққиётнинг «Ўзбек модели» тайёрлик даражасига таянган ҳолда Президентимиз Ислом Каримов омонидан ишлаб чиқилди. Ўзбекистоннинг ўзига хос тараққиёт йўли Ислом Каримовнинг асарлари, маъруза ва нутқларида янги маъно-мазмуни билан тўлдирилиб, аниқлаштирилиб борилди. 1993 йилда нашр этилган «Ўзбекистон-бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли» номли асарида Ислом Каримов янги жамият қуришнинг беш тамойилини асослаб берди.
1. Иқтисодиётни мафкурадан тўла холи қилиш, иқтисоднинг сиёсатдан устунлиги, ўзига хос ички қонунларга мувофиқ ривожланиши.
2. Давлат - бош ислоҳотчи, иқтисодий ўзгаришларнинг ташаббускори.
3. Қонун устиворлиги, ислоҳотларнинг мустаҳкам ҳуқуқий асосларга қурилиши, қонун олдида ҳамманинг бараварлиги ва ҳамманинг қонунга бўйсуниши.
4. Бозор иқтисодиётига ўтишнинг барча босқичларида кучли ижтимоий сиёсат юритиш, аҳолининг муҳтож табақаларини ижтимоий ҳимоялашнинг устиворлиги.
5. Бозор иқтисодиётига босқичма-босқич ва изчил равишда ўтиш, яъни ислоҳотларни инқилобий сакрашларсиз амалга ошириш.Шундай қилиб, Ўзбекистоннинг ўзига хос тараққиёт йўли назарий ва амалий жиҳатдан пухта белгилаб олинди. Тараққиётнинг «ўзбек модели» бундан олдин яратилган ва мавжуд бўлган моделларнинг бирортасини такрорламаган ҳолда, ўз моҳияти ва мазмуни жиҳатидан бутунлай янги тараққиёт моделидир. Бу йўл халқимиз томонидан ҳам, халқаро майдонда ҳам тараққиётнинг «Ўзбек модели» деб қабул қилинди

. 8. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari. (Islohotlar, sanoat, harakatlar strategiyasi)

Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimizda ro'y bergan yangilanish, tub o'zgarishni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo, eski mustabid tuzumdan bizga qanday iqtisodiyot meros bo'lib qolganligini eslaylik.
O'zbekiston qaramlik davrida o'z tabiiy boyliklarjga, yer-suv, o'rmon va boshqa resurslariga o'zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar markazga bo'ysundirilgan edi. O'zbekiston rahbariyati, xalqi o'z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerga realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zulm, mutelikdan ozod etdi, o'z yeri, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxiralariga tola egalik qilish huquqini berdi. Barcha mulk, korxonalar O'zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o'z iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zi belgilash erkinlignii qo'lga kiritdi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li. Davlat mustaqilligi qo'lga kiritilgach, O'zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo'liga tushib oldi. O'zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirishni, milliy an'analarga asoslangan o'z yo'lini tanlab oldi. O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li ishlab chiqildi. Bu yo'lning asosiy qoidalari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli asarida, ma'ruza va nutqlarida asoslab berildi (besh tamoyil). Bu yo'lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo'jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo'lib qolgan muammolar hisobga olindi. Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichikbiznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tuzildi, dunyodagi nufuzli banklarning sarmoyalari jalb etildi. Qishloqda xo'jalik yiiritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e'tibor berildi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O'zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yoilaridan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar uchun zarur mablag'lar davlat buyudjiti va aholi jamg'armalari hisobidan ajratildi. Harakatlar strategiyasi yangi taraqqiyot bosqichi. 2017-yil 7-fevralda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha HARAKATLAR STRATEGIYASI qabul qilindi. Unda 5 ta ustuvor yonalish belgilandi:
1.Davlat vajamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yonalishlari.
2, Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yonalishlari.
3.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yonalishlari
2. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yonalishlari
3. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taminlash hamda chuqur oylangan, Ozaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yonalishlaridir. HARAKATLAR STRATEGIYASIda iqtisodiy masalalari alohida orin egallagan.


Yüklə 52,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə