Rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot instituti


«Muomila shaxslararo munosabatlarda biz uchun havodek ahamiyatga egadir»



Yüklə 60,08 Kb.
səhifə2/10
tarix31.08.2023
ölçüsü60,08 Kb.
#121162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
mohigul-2

KIRISH


«Muomila shaxslararo munosabatlarda biz uchun havodek ahamiyatga egadir».
Ye.Melibruda
Yangi O’zbekistonda yangicha ta’limdagi islohotlar tufayli o’z mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan Respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash - shu kunning dolzarb va ustuvor vazifalaridan biridir. Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan isloxotlarning taqdiri yoshlarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog’liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o’zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to’la singdirishni taqozo etadi. Insonlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar sharqda o’ziga xos va har bir millat psixologiyasiga mos holda shakllantirishdir. Ushbu o’quv qo’llanma jamiyatning yangilanishi davrida inson ma’naviyati va ruhiyatida ro’y berayotgan o’zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi.
Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o’rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o’rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o’rinni egallamoqda.
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o’rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish o’smirlar ta’lim tarbiyasining muxim vazifalari sarasiga kiradi.
Har bir o’smirning o’z “Meni” atrofdagilar bilan bo’ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, shaxsning hayot yo’llari avval oilada, bog’cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo’lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo’lgan ehtiyoj qondirilmasa, o’smir ongi ham rivojlanmaydi. SHuning uchun biz doimo o’smirning muloqotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishimiz lozim.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Biz bilamizki, har sohada ishda ta’lim sohasida, oilada har jabhada muloqotning o’rni va ahamiyati katta. Inson insonlarga muomala madaniyatiga ko’ra baho beradi. Bitiruv malaka ishimda muloqot psixologiyasining psixologik omillari, ularning ahamiyati dolzarbligi insonlar hayoritda muloqotning turlari, pedagogik – psixologik asoslari haqida yoritilgan.

Yüklə 60,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə