Rossiya ulkan imkoniyatlar mamlakati bo`lib, iqtisodiy o`sish sur'atlarining intensiv omillari va resurslariga (iqtisodiy, tabiiy, ilmiy-texnik, inson kapitali va bosh) egadir


Rossiya federatsiyasining qishloq xo’jaligi va iqtisodiyoti



Yüklə 118,19 Kb.
səhifə11/12
tarix24.12.2023
ölçüsü118,19 Kb.
#158327
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Rossiya iqtisodiy geografiyasi

3.3. Rossiya federatsiyasining qishloq xo’jaligi va iqtisodiyoti.


Qishloq xo‘jaligi. Rossiya katta yer fondiga ega (1705 mln. ga), biroq qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar atigi 209,0 mln. gektami tashkil etadi (qishloq xo‘jaligi yerlarining maydoni bo‘yicha jahonda Xitoy, AQSH dan keyingi 3-o‘rinni egallaydi).
Qishloq xo‘jaligi ikki asosiy - dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlaridan iborat. Rossiyaning har bir rayonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turining ma’lum to‘plami joylashgan bo‘lib, u ushbu rayon ixtisosligini belgilaydi. Farqli tomonlari tabiiy sharoitga (o‘simliklaming yorug‘lik, issiqlik va namlik bilan ta’minlanganiga) bog‘liq bo‘ladi. Qishloq xo’jaligida dehqonchilik 40, chorvachilik 60 % mahsulotni beradi. Asosiy ekinlar: bug’doy, qandlavlagi, kungaboqar, kartoshka, sholi, arpa.
1986 yili qishloq xo’jaligining yalpi mahsuloti 1998 yilgiga nisbatan 18% o’sdi. Qishloq xo’jaligiga yaroqli erlar 218,5 mln.ga. shu jumladan haydaladigan erlar 134,0 mln.ga ( 60% dan ziyod) pichanzorlar 23,7 mln.ga yaylovlar 59,4 mln.ga. Haydalgan erlarning 4g’5qismi Markaziy va Markaziy qoratuproq rayonlariga. Volga bo’yi, Shimoliy Kavkaz, Ural va G’arbiy Sibirga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 39% dan ziyodini dehqonchilik. Qariyib 61% ni chorvachilik beradi. 1986 yili qishloq xo’jalik ekinlari maydoni 119,2 mln.ga bo’lgan. Asosan qishloq xo’jalik ekinlari g’alla, qand lavlagi, kungaboqar. Kartoshka, zig’ir Volga bo’yi, Shimoliy Kavkaz, G’arbiy Sibir’, Ural va Markaziy qoratuproq rayonida bug’doy, Markaziy rayon va Shimoliy G’arbiy rayonda zig’ir, va Shimoliy Kavkaz, Volga bo’yi, markaziy qoratuproq rayonida kungaboqar, markaziy qoratuproq rayoni va Shimoliy Kavkazda qand lavlagi etishtiriladi. 1986 yili sug’oriladigan erlar 7,3 mln.ga ni tashkil etgan.
Chorvachiligi go’sht-sut va go’sht-jun etishtirishga ixtisoslashgan. Mamlakatning Evropa qismida o’rmon-o’rmon dasht zonalarida hamda Sibirda sersut qoramollar boqiladi. Cho’chqachilik dehqonchilikdan keladigan em xashak va oziq-ovqat sanoati chiqitlari hisobiga rivojlangan. Shu sababli cho’chqachilik kartoshka, qand lavlagi ko’p ekiladigan rayonlarda markaziy qora tuproqli oblastlarda va yirik shahar atroflarida to’plangan. Bug’uchilik chekka Shimolda rivojlangan.
Rossiyada transportning barcha turlari rivojlangan. Biroq, so‘nggi yillarda RF yuk tashish oboroti qisqardi, uning tarkibi ancha o‘zgardi. Masalan, umumiy yuk tashish aylanmasida dengiz (13,0%) va quvur (29,0%) transportining hissasi birmuncha ko‘paydi, temiryo‘l (52,7%) va daryo (3,7%) transportiniki esa kamaydi. Yo‘lovchi tashish qisqardi, biroq uning tarkibida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Tarmoq uchun muhim bo‘lgan bir qator iqtisodiy va texnologik ko‘r- satkichlar, jumladan, yo‘llaming holati yomonlashdi va sifati pasaydi. Transport mashinasozligi mahsulotlarini (magistral teplovozlar, yuk vagonlari, yuk av- tomobillari va boshqalar) ishlab chiqarishning qisqarishi texnik parkning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib bormoqda.
2012-yilda tashqi savdo aylanmasi 650 mlrd. dollarni tashkil etdi. Jahon tovar aylanmasida Rossiyaning hissasi 2,2 % ni tashkil qiladi.
Sanoati rivojlangan G‘arb davlatlarining Rossiya bilan bo‘lgan savdo aloqalari kengaymoqda (50 - 60% gacha). Rossiyaning savdodagi yetakchi hamkorlari Germaniya, Xitoy, Niderlandiya, Italiya, AQSH, Turkiya, Ukrainadir. Rossiya tashqi savdo aylanmasining deyarli yarmi mana shu davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tashqi savdoning tovar tarkibi ham birmuncha o‘zgardi. Rossiya eksportida mineral mahsulotlar (neft, gaz, ko‘mir va h.k.) yetakchi o‘rinni egallaydi. 2012 yilda Rossiya tashqi bozorga 150 mln. t neft, 300 mlrd. m3 tabiiy gaz, 30 mln.t ko‘mir, 20 mln. t temir rudasi va boshqalami yetkazib berdi. Mashina va jihozlaming eksportdagi hissasi 2,9% gacha qisqardi, mineral xomashyoning ulushi 70% ni tashkil qildi.
Germaniya, Italiya, Fransiya, Avstriya, Polsha, Yengriya, Chexiya, Bolgariya, Ruminiya va boshqa Yevropa davlatlari Rossiya nefti va tabiiy gazining asosiy iste’molchilaridir.
Umumiy holda, Rossiya iqtisodiyotida tashqi iqtisodiy aloqalari muhim rol o’ynaydi. Mamlakat YaIMida eksport masshtabi 38 % ni, import esa 16 % ni tashkil etadi. Eksport qilinadigan mahsulotlar ichida mineral o’g’itlar etakchi sanaladi, ya’ni 75 %, qazib olingan neftning esa yarmi, neft mahsulotlari, gaz, sanoatbop yog’ochlar va tsellyuloza eksporti esa 30 % ni tashkil etadi.
Import ulushida esa go’shtga bo’lgan talab 20 % ga oshgan bo’lsa, o’simlik yog’i, sut mahsulotlari, shakar va sabzavotlarga talab 10% ga ko’paygan. Tashqi savdo vositalaridan keladigan tushum (tariflar, NDS, aktsiz) taxminan 30% atrofida.
Tovar ayirboshlash borasida Rossiya dunyoda jiddiy o’rinni egallaydi. Bu jihatdan AQShga dunyo tovarlari eksporti hajmi 12,2 % ga, Germaniyaga-9,7, Yaponiyaga-7,3, Frantsiyaga -5,5, Buyuk Britaniyaga -4,8% ga va Rossiyaga esa atigi 1,2 % ga teng (19-o’rin). Dunyo tovarlari importi hajmi esa AQShga -18%, Germaniyaga – 7,8 %, Frantsiyaga-5,3 %, Buyuk Britaniyaga -5,2 %, Yaponiyaga-4,7 %, Rossiyaga esa 0,5 % kiritiladi (27-o’rin).
Rossiya uchun saldo savdo balanslari ijobiy ekani alohida xarakterga ega. Bu tovar xom-ashyo bozoridagi yaxshi aloqallar samarasidir. Masalan, mamlakat uzoq davlatlarga neft, tabiiy gaz, mineral o’g’it, yog’och materiallari, simob, alyuminiy xomashyolari etkazib beradi. Ammo, bunday tovarlar eksporti tizimi nomuvofiqlik holatida qolmoqda.
Rossiya eksporti hajmida issiqlik-energetika resurslari, metallar va ulardan tayyorlangan mollar 65%ni tashkil etadi. Mashinasozlik mahsulotlari ulushi esa 11% dan oshmayotir. Bular garchi pul tushumi borasida mamlakat byudjetini to’ldirish imkoniyatini yaratayotgan bo’lsada, u milliy boyliklarni qayta ishlanmay, arzon narxlarda ketishi jihatidan xavf tug’dirmoqda. Bular dunyo mamlakatlari bilan sog’lom raqobatni yuzaga keltirmaydi, faqat xomashyoga ixtisoslashgan Markaziy va Sharqiy bozorlarida Rossiya Ukraina va Belorussiya bilangina raqobatga kelishlari mumkin.
Rossiya savdo munosabatlari yo’lida rivojlangan mamlakatlar bilan bir necha yo’nalishlarda faoliyat olib bormoqda. Bularning asosiylari Evropa mintaqasidir. Rossiya bilan rivojlangan Evropa mamlakatlari o’rtasida to’rt xildagi yo’l bilan savdo aloqalari o’rnatilgan. Bular: Evropa ittifoqi, Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlari, Boltiqbo’yi mamlakatlari hamda Bolqan mintaqasidagi davlatlardir.
Evropa Ittifoqi (EI) bilan aloqalar Rossiya uchun tashqi savdo va tashqi iqtisodiy aloqallarda istiqbolli yo’l sanaladi. EI Rossiyani yirik savdo sherigi deb biladi (bu erda jami tovar aylanmasining 3 dan 1 qismi Rossiya eksporti ulushiga to’g’ri keladi). EI mamlakatlari firmalari Rossiya iqtisodiyotining yirik investorlari hisoblanishadi.
Rossiyaning tashqi savdo aylanmasi Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyati (ATES) dagi ulushi 17% ni, Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlaridagi ulushi esa 13 % ni tashkil etadi.
Mamlakatning eng nufuzli savdo sheriklari Germaniya, Italiya, Xitoy, Niderlandiya, Shvetsariya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Polsha, AQSh va Yaponiya hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Rossiyaning tashqi savdo ulushi 60% ga tengdir.
Germaniya Rossiyaning asosiy savdo sherigi sanaladi. Hududi yaqinligi va ulgurji narxlari pastligi bois bu rivojlangan davlat Rossiya bilan yuqori sifatga ega avtomobillar, maishiy elektronika, kosmetika, parfyumeriya, mebel, kiyim-kechak, poyafzal, tibbiy mahsulotlar, oziq-ovqatlar bo’yicha o’zaro yaqin aloqalar qiladi.
Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlari geosiyosiy muhit va hududiy yaqinlik jihatidan Rossiya tashqi savdosida alohida o’rin tutadi. Sharkiy Evropa davlatlari 1990 yillar boshida Rossiya bilan savdo aloqalarini ancha qisqartirgan edi, ammo 1995 yildan boshlab bu mamlakatlar o’rtasida savdo munosabatlari keskin rivojlandi. Rossiya u tomonga energiya resurslari (neft, tabiiy gaz) eksport qilgan bo’lsa, importga oziq-ovqatlar, kimyoviy mahsulotlar, mashina-texnologiya mahsulotlari xarid qiladi.
Polsha ham Rossiya uchun yirik savdo sherigi sanaladi. Rossiya eksporti tizimida Polshaga asosan xomashyolar sotilayotgan bo’lsa, Polshadan esa oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari (salkam 40%), dori-darmonlar, kosmetika va xalq iste’moli mollari, mashina va texnologiya, qurilish materiallari import qilinmoqda.
Baltikbuyi mamlakatlari va Bolqon mintaqasi bilan Rossiyaning savdo munosabatlari yangi iqtisodiy xususiyat kasb etadi. Shuningdek, Rossiya tashqi savdosi uchun AQSh va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari Evropa davlatlaridan tashqari asosiy savdo sheriklariga aylanmoqda.
Rossiyaning MDH mamlakatlari bilan hamkorligi. Mustakil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH)ning integratsiyalashuv jarayonlari taraqqiyoti nafakat Rossiyaning, balki barcha unga a’zo mamlakatlarning ichki siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini bartaraf etishga xizmat qiladi.



Yüklə 118,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:

1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə