Rossiya ulkan imkoniyatlar mamlakati bo`lib, iqtisodiy o`sish sur'atlarining intensiv omillari va resurslariga (iqtisodiy, tabiiy, ilmiy-texnik, inson kapitali va bosh) egadir



Yüklə 118,19 Kb.
səhifə4/12
tarix24.12.2023
ölçüsü118,19 Kb.
#158327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Rossiya iqtisodiy geografiyasi

1.3 Tabiiy sharoiti va resurslari.


Rossiya Federatsiyasi hududining 70%i tekisliklardan iborat. Uchta yirik - Sharkiy Yevropa (yoki Rus) tekisligi, O`rta Sibir yassi tog`ligi va harbiy Sibir tekisliklari alohida ajralib turadi. G`arbda Sharkiy Yevropa (Rus) tekisligi joylashgan bo`lib, unda balandligi 250-400 m bulgan Valday, Urta Rus, Volgabuyi, Bugulma-Belebey, Yuqori Kama va boshqa qirlar, Oka-Don, Kaspiybuyi pastekisliklari, sharqda Ural tog` tizmasi, G`arbiy Sibir tekisligi, Yenisey va Lena daryolari oralig`ida O`rta Sibir yassi tog`i, uning sharqida Markaziy Yokutiston pasttekisligi bor. Mamlakatning sharki va janubida tog`lar ko`p. Katta Kavkaz tog`ining shimoliy yon bag`rida Rossiyadagi eng baland nuqta - Elbrus tog`i (5642 m) joylashgan. Sibirda Oltoy, Kuznesk Olatovi, „ G`arbiy Sayan tog`lari, Tuva, Baykalbuyi, Baykal ortidagi toglar va Sta­novoy tizmasi, Verxoyansk, Chersk tog tizmalari va yassi toglar, Uzoq Sha­rqda Chukotka, Koryak va boshka tog tizmalari mavjud.


Yevropa qudratli tog` hosil bo`lish jarayonlari va litosfera plitasi harakati (Tinch okeani va Yevrosiyo) davom etmoqda. Natijada, intensiv yer qimirlashlari va dengizning halokatli toshqinlari bo`lib turadi. Vulqon faoliyati kuchli, geyzerlar (shlis suvlar va bug`lar) otilib turadi (Kamchat­ka yarim oroli). Xilma-xil relef shakllari, katta xudud, geologik tuzilishi, tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar ko`plab foydali qazilmalarning shakllanishga olib kelgan.
Foydali qazilmalari. Rossiya Federatsiyasi zaminida Mendeleev davriy jadvalidagi deyarli barcha elementlar mavjud. Mamlakat energiya xom ashyosi zaxiralari jihatidan milliy iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, balki, jahon iktisodiyotida ham etakchi o`rinni egallaydi. Chunonchi, dunyodagi bashorat qilingan neft zaxiralarining 13-15 %i, tabiiy gaz zaxiralarining 42 % va ko`mirning 43 %i Rossiya xissasiga to`g`ri keladi. Rossiyaning chekka shimolidagi istiqbolli dengiz (shelf) mintaqasidagi neft zaxiralari Fors Rossiya Federatsiyasi va Kaspiy dengizi xavzalariga qiyoslanmoqda. Bugungi kunda razvedka qilingan dunyodagi neft zaxiralarining 13 % (7 mlrd. tonna), 35 % tabiiy gaz va 12 % kumirning Rossiyaga tug`ri kelishi, mamlakatning yakin istiqbolda ham jahon iktisodiyoti «o`txonasi» rolini o`ynashidan dalolat beradi. Yirik neft-gaz havzalari Shimoliy Kav­kaz, Volgabuyi va Ural oldi, Timan-Pechora, Rarbiy Sibir (tabiiy gaz - Urengoy, Yamburg, Medveje va boshqa, neft - Samotlor, Megionsk, Surgut va bosh.), Yoqutiston va Saxalin, Barens va Kara dengiz shelf mintaqalari (tabiiy gaz), toshkumir - Kuznesk, Rostov (Donesk), Pechora, Sibir va Uzoq Sharqda (Kansk-Achinsk, Tungus va Yokugiston (Lena) havzalari va bosh;.), temir rudasi KMA40, Kola yarim oroli (Olenogorsk, Kovdar, Kostomuksha), Ural, Sibir va Uzos Sharq, rangli metallardan mis, boksit, qo`rgoshin-rux, nikel, nodir va kamyob metallar va qimmat-baho toshlar, olmos, oltin, kumush, platina, kobalt va bota minerallarga ega. Noruda mahsulotlardan fosforit, osh tuzi, kaliyli tuzlar (Kola yarim oroli, Kirov viloyati, Solikamsk va bosh.), qurilish meteriallariga goyat boydir. Unchalik tul bo`lmagan ma'lumotlarga ko`ra, Rossiya Federatsiyasi yer osti boyliklari 80 trln. AQSH dollardan yuqoriroq baholanadi.
Iqlimi. Rossiya iqlimining uziga xos xususiyatlari bir qator geogra­fik omillar - geografik holati xududining garbdan-sharqqa va shimoldan-janubga katta masofaga chuzilganligi, g`oyat xilma-xil relef va okeanlar (Atlantika okeani, Shimoliy Muz okeani va qisman Tinch okeani) bilan bog`diq kontinental, shuningdek, shimoli-garbda dengiz iqlimi, Si­bir va Uzoq: Sharkning shimolida keskin kontinental iklim bulsa, ja­nubida musson iq (qish sovuq, qor kam yogadi va yozi mo`tadil iliq). Yanvarning o`rtacha harorati Yevropa qismining G`arbida va Shimoliy Kavkazda - 0-5°, Saxa sharqda - 40°-50°, jumladan, Oymyakonda - 72,2° bo`ladi. Yoz nisbatan iyulning o`rtacha harorati - 1° dan (Sibir shimoli) - 24-25° gacha. Yillik yog`in miqdori Kavkaz tog`larida 3200 mm., Uzoq Sharqda 1000 mm, Sharkiy Yevropa tekisligining o`rmon zonasida 850 mm, Kaspiybuyi tekisligining cho`llarida 170 mm. Rossiya xududining katta qismidagi dehqonchilik uchun noqulay. Mamla-katda shimoldan-janubga tomon uziga xos tabiat zonalari arktika saxrolari, tundra, o`rmon-tundra, o`rmon, o`rmon-cho`l, cho`l, chala cho`llar shakllangan.
Suv resurslari. Rossiya Federatsiyasi hududida 2,5 mln. daryo va 3 mln. atrofida ko`llar bor (eng katta ko`l - Kaspiy dengizi, eng chuqur va chuchuk ko`l - Baykalda dunyodagi 1/5 kism chuchuk suv zaxirasi bor).
Daryolari - Shimoliy Muz okeani, Tinch va Atlantika okeani xavzalariga va berk xavza - Kaspiy dengiziga kiradi. Shimoliy Muz okeaniga Pechora, Mezen, Shimoliy Dvina, Ob, Yenisey, Lena (4400 km), Yana va bop., Tinch okeani xavzasiga - Amur (4416 km), Anadir, Penjina va bosh, Atlantika okeani xavzasiga - Neva, Don, Kuban, Kaspiy berk havzasiga Volga (Yevropadagi eng uzun daryo, 3530 km), Ural, Terek, Sulak va boshqalar kiradi. Volga daryosi Rossiya iktisodiy va ijtimoiy xayotida juda katta urin tutadi va «Ona daryo» deb xam yuritiladi. Yi-rik suv omborlari qurilishi tufayli katta daryo kemalarining qatnash imkoniyati yaratilgan va yirik GESlar barpo qilingan. Volga-Don kanali Azov va Qora dengizlarni, Volga-Baltika va Belomor-Baltika kanallari Bolt va Os dengizlarni bog`laydi xamda uzluksiz kemalar qatnaydigan yagona suv yo`li barpo etilgan. Daryolardan kemachilikda, yogoch oqizishda, shaxarlarning suv ta'minotida, sug`orishda, baliqchilik, rekreasiya va bona makradlarda foydalaniladi. 1200 ga Rossiya yirik suv omborlari (Bratsk, Krasnoyarsk, Ust-Ilim, Volgograd, Ribinsk va bon.) barpo etilgan.
Rossiya yer osti suvlariga, ayniqsa mineral buloqlarga juda boy. Ayni vaqtda xududning katta qismi (11 mln. km2) janubda bir necha santimetrdan, shimolda bir necha yuz metrgacha bo`lgan doimiy muzliklar bilan koplangan bo`lib, xo`jalik ishlarini olib borishda ma'lum qiyinchiliklarni xam yuzaga keltiradi.
Rossiyaning katta qismida botqoqliklar (G`arbiy Sibir va Yevropa qismi, Markaziy Rossiya (Meera) tarqalgan.
Yer va o`rmon resurslari. Rossiya juda katta yer fondiga ega bo`lishiga (quruqlikning 1/8 qismi) qaramay, unumdor qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar (haydaladigan yerlar, yaylov va o`tloqlar) umumiy yer maydonining 13 % ga yaqinini (shundan haydaladigan yerlar - 132,3 mln. ga yoki mamlakat yer resurslarining 8 %) tashkil qiladi, xolos.
Ammo axoli jon boshiga haydaladigan erlar to`g`ri kelishi jixatdan yu qori - 0,87 ga.ni tashkil etadi (bu xolat Qozog`istonda 2,0 ga, Kanadada 1,6 ga, ATGda 0,51 ga, Xitoyda 0,07 ga, Yaponiyada 0,03 ga). Haydaladigan yerlarning asosiy qismi Rossiyaning Yevropa qismi, Ural va Sibirga to`g`ri keladi. O`tloqlar Rossiyaning Yevropa qismi shimolida, qoratuproq mintaqasida (erlarning meliorativ yaxshilash bilan bog`liq), yaylovlar Rus tekisligining janubi-sharqiy rayonlari, Kavkaz va boshqa tog`li rayonlarda, Sibir va Uzoq Sharqning tundra mintaqasida (bug`u boqiladigan yaylovlar) tarqalgan. Rossiya qishloq xo`jaligini (chorvachilik va don dehqonchiligi) rivojlantirishning juda keng imkoniyatlariga ega va mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanish negizida istiqbolda chetga maxsulotlari eksport qiluvchi eng yirik davlatga aylanishi mumkin
Rossiya o`rmon resurslariga juda boy bo`lib (yogoch zaxiralari 75 mlrd. m3 deb baxolanadi), dunyodagi o`rmonlarning 25 %i uning xissasiga to`g`ri keladi. O`rmonlar Sibir, Uzoq Sharq, Rossiya Yevropa qismida (Shimoliy Dvina, Pechora, Kama (Rossiya Yevropa qismining shimoli) daryolari xavzasida to`plangan. Ammo, o`rmonlardan majmuali foydalanish darajasi jixatdan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan ancha orqada.
Rossiya dunyo mamlakatlari o`rtasida nixoyatda xilma-xil o`simlik va xayvonot dunyosiga boyligi bilan ajralib turadi.
Rossiyada tabiatning go`zal manzaralari-flora va faunani saqlash maqsadida 100 dan ort tabiat qo`riqxonalari (33,3 mln. ga) va 5 ta milliy bog` (6,7 mln. ga) - Oltoy, Astraxan, Barguzin, Kavkaz, Pechora-Ilich va bod. tashkillangan.
Aholisi. Rossiya Federatsiyasi axolisi 2008 yil 141,9 mln. kishi bo`lib, dunyoda axoli soni jixatdan 8-o`rinda turadi (Xitoy, Hindiston, AQSH, Indoneziya, Braziliya, Nigeriya, Bangladesh). Rossiyaning Yevropa qismida 78,5 % va Osiyo kismida (Sibir va Uzoq Sharq) 21,5 % aholi yashaydi. Aholi juda notekis joylashgan bo`lib, ikkita, ya'ni, mamlakat xududining 1/3 kis­mida (Rossiyaning Yevropa qismi) 93 % axoli joylashgan «bosh mintaqa» va mamlakat xududining 2/3 qismida (Sibir, Uzos. Sharq,Chekka Shimol) 7 % aholi joylashgan «o`choq» mintaqalariga ajratish mumkin. Ros­siya bo`yicha axolining o`rtacha zichligi xar bir km kv. xududga 8 kishi (Yevropa qismida 27 va Osiyo qismida 2 kishidan ozroq). Markaziy Rossiya (Moskva va Moskva viloyatida 324 kishi) axoli zichligi shimolga, janub va sharqqa tomon kamayib boradi. Markaziy iktisodiy rayonda har 1 km2ga 62 kishi, Shimoliy Kavkaz iqtisodiy rayonida - 50,5, Mar­kaziy yevropa iqtisodiy rayonida 47,0 kishi to`g`ri kelsa, Uzoq ; sharqda 1,2, Sharqiy Sibirda 2,2 va Shimoliy iqtisodiy rayonlarda 4 0 kishidan to`g`ri keladi.
Bugungi kunda (2008 y.) tug`ilish koeffisienti 12/1000, o`lim koeffi­sienti 15/1000 va tabiiy o`sish koeffisienti manfiy ko`rsatkichga - 0,3 egadir. Hozirgi bosqichda demografik jarayon tugilish va tabiiy o`sish ko`zga tashlanadi. Bashoratlarga ko`ra, Rossiya axolisi 2025 yilda 129,3 mln. kishini tashkil etsa, 2050 yilga kelib axoli soni 110,1 mln. kishiga tushib qoladi. Axolining jinsiy tarkibida erkaklar 46,9 % va ayollar 53,1 % dan iborat. Mexnatga yaroqlilar aholi 57,0 %, (2007 yilda mexnatga yaroqli axoli soni 74,26 mln. kishini tashkil etdi.), mexnatga yaroqli yoshgacha bo`lganlar aholining22,4 % (axolining 1/3 qismidan ozrog`ini), katta yoshdagilar 20,6 %ni takil qiladi. Mexnat resurslari Rossiya axolisining 60% dan iborat.
Rossiya axolisining milliy tarkibi g`oyat xilma-xil va murakkab. 100-dan ortiq millat va xalqlar 7 ta til oilasi (Dind-Yevropa, Oltoy, Ural, Shimoliy Kavkaz, Chukotka-Kamchatka, Eskimos-aleut, Kartvel) tarkibiga kiradi. Eng ko`p tar`qalgan din - xristianlik (pravoslav), shuningdek, islom, buddizm xamda katolisizm, iudaizm va boshka dinlar xam mavjud. Rossiyada 12000 axolisi bo`lgan manzilgoxlar shahar maqomiga ega. Ammo Rossiya Federatsiyasi regionlari bo`yicha pgssar tushunchasiga turlicha yondashiladi. Rossiya Federatsiyasi yuqori urbanizasiyalashgan, shahar axolisi 73 % bo`lib, 1 mln. dan oryiq axoliga ega bo`lgan shaxarlarda 23 % shahar axolisi, 500 mingdan 1 mln.gacha kishigacha bulgan shaxarlarda 12,8 %, 100000 dan 500000 gacha axoli bo`lgan shaxarlarda 27,2 %, 100000 gacha axoliga ega bo`lgan shaxar­larda 25,2 % aholi yashaydi. Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida 13 ta millioner shaxarlar bor va 20 ta shaharda 500 mingdan 1 mln.gacha aholi yashaydi. Yirik shaxar aglomerasiyalari - megalopolislar shakllangan (Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Yekaterinburg, Samara, Novosibirsk va bosh.).
Xo`jaligi. Rossiya bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan industrial-agrar mamlakat. Iqtisodiyotda sanoat etakchi o`rin tutadi. XX asrning 90-yillardan boshlab chuqur bozor islohotlari amalga oshirilmoqda.
Rossiya milliy iktisodiyoti rivojlanishidagi bugungi xususiyati ikki yoqlama bo`lib, bir tomondan sanoatning, ayniqsa, ilmtalab sanoat tarmoqlarining rivojlanganlik darajasi, ilmiy-texnik saloxiyat, sanoat va qishoq xo`jaligi maxrulotlari ishlab chiqarish xajmi jihatdan dunyoda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirsa, ikkinchi tomon­dan, aholi jon boshiga YaIM to`g`ri kelishi, turmush darajasi va uning sifat ko`rsatkichlari jixatdan ancha orqada.
Rossiya hissasiga dunyo xo`jaligidagi 11 % qazib chiqarilayotgan neft, 28 % tabiiy gaz va 14 % kumir to`g`ri keladi. Ayni vaqtda Rossiya dunyo mamlakatlari o`rtasida tabiiy gaz qazib chiqarishda 1-o`rinda, kumir qazib chiqarish, kartoshka yetishtirish va sut tayyorlashda 2-o`rinda, neft kazib chiqarish, sulfat kislotasi (monogidrat) ishlab chikarish buyicha 3-o`rinda, elektr energiyasi xosil qilish, chuyan va pulat eritish, temir rudasi qazib chiqarish, yog`och tayyorlash, ip-gazlama ishlab chiqarish, don va dukkaklilar, qand lavlagi etishtirish buyicha 4-o`rinda, tayyor qora metallar, arralanuvchi materiallar, mineral o`g`itlar ishlab chiqarish bo`yicha 5-o`rinda, sellyuloza ishlab chiqarish, go`sht (so`yilgan vaznda), hayvon yog`i tayyorlash bo`yicha 6-o`rinda, paypoq-chulki maxrulotlari, baliq ovlash bo`yicha 8-o`rinda, engil avtomobillar va sement ishlab chi­karish buyicha 11-o`rinda, jun gazlamalar, poyabzal ishlab chikarish buyicha 12-o`rinda va kog`oz-karton ishlab chiqarish, shakar, o`simlik yog`i tayyorlash bo`yicha 14-o`rinda turadi. Ayni vaktda harbiy sanoat majmuasi va kosmosni o`zlashtirish bo`yicha Rossiya bilan dunyoda faqat AQSH ragbatlantira oladi, xolos.


Yüklə 118,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə