Rossiya ulkan imkoniyatlar mamlakati bo`lib, iqtisodiy o`sish sur'atlarining intensiv omillari va resurslariga (iqtisodiy, tabiiy, ilmiy-texnik, inson kapitali va bosh) egadir


III.Bob. Rossiyaning iqtisodiy geografik tavsifi



Yüklə 118,19 Kb.
səhifə9/12
tarix24.12.2023
ölçüsü118,19 Kb.
#158327
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Rossiya iqtisodiy geografiyasi

III.Bob. Rossiyaning iqtisodiy geografik tavsifi.

3.1. Siyosiy, iqtisodiy-geografik holati.

Rossiya dunyoda ma’danli xom ashyo resurslar zahirasi mavjudligi bo’yicha asosiy rol o’ynaydi. Asosiy qazilma boyliklari neft, gaz, temir, ko’mir, oltin va boshqa strategik qazilma boyliklardir. Mamlakatning bugunda mavjud bo’lgan qimmatbaho erosti va er usti boyliklari zihirasi 28,6 trln. dollarni tashkil etadi. Hozirda Rossiya dunyodagi jami erosti qazilmalarini qazib olish bo’yicha etakchi sanaladi. Xususan, bu erda dunyoning 10 % nefti, 30 % tabiiy gazi, 10 % toshko’miri, 14 % temir rudasi, 15 % rangli va kam uchraydigan metallar qazib olinadi. Rossiya MDH mamlakatlari ichida zahira foydali qazilmalari borligi jihatidan ham oldinda. U MDH mamlakatlar ichida 85 % neft zahirasiga, 53 % - simob, 95 % - nikel, 78 % - boksit zihirasiga ega sanaladi. Rossiyada o’rmonlar aholi jon boshiga 5 gektardan ortiqroq to’g’ri keladi (bu Kanadada 8,6 gektarni, AQShda esa 0,8 gektarni tashkil etadi).


Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy va geografik jihati shundaki, hududining 2g’3 qismi chekka Shimol rayonlari va iqlimi sovuq bo’lgan og’ir sharoitli zonalarga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham Rossiya qishloq xo’jaligining faqat 35%ida g’alla va boshqa madaniy ekinlaridan hosil olinadi, holos. Rossiyaning shimoliy tekisliklarida aholi yashashi uchun juda katta energetika harajati talab qilinadi. Rossiya juda boy tabiiy resurslarga ega bo’lishiga qaramasdan hozirgi kunda nodir qimmatbaho rangli er osti metallari, ko’plab madaniy texnik ekinlar xom ashyosi va tayyor mahsulotlari bilan, iste’mol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan etarli ravishda ta’minlanmaydi.
Haqiqatdan ham, Rossiya tabiiy-xomashyo kapitalining 25-30 foizi milliy-boylik sanaladi. 30-60 % i zahira esa rentabellsiz hisoblanadi. Shu bois milliy boylik summasining 8-10 %ini ma’danli – xomashyo bazasi tashkil etadi va uning taxmin qilingan 28 trln. dolaridan 1,5 trln. dollarigina hozirda foydalanishga yaroqli sanaladi.
Rossiya toshko’mir va ko’mirni qazib olish bo’yicha dunyoda etakchilik qiladi. Ammo, so’nggi yillarda mamlakatda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatlar tufayli ko’mir qazib olish shaxtalari va kar’erlaridagi ish unumli pasaydi. Mamlakat 1980 – yillarda temir rudasi qazib olish va po’lat eritish bo’yicha dunyoda 2-o’rinni egalladi. Biroq bu foydali qazilmalarni qazib olishda 1990 yillar o’rtasida Rossiyada ikki hissaga kamaydi. Ayniqsa, po’lat eritish borasida mamlakat hatto Qozog’iston va Ukraina ko’rsatkichidan ham pasaydi.
Hozirgi paytda Rossiyada qimmatli, ammo kam uchraydigan metallar qazib chiqarish deyarli to’xtagan. Biroq, bu xomashyolar mavjud. Oltin, kumush, platina, olmos, qimmatbaho toshlar har qanday davlat uchun valyuta xomashyo sanaladi. Rossiya bu mineral qazilmalarga boy. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida oltin qazib olish bo’yicha (yillik-300-400 tonna) mamlakat dunyodagi Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) dan keyingi 2-o’rinda edi. Hozir esa Rossiyada yiliga 100 tonna atrofida oltin qazib olinadi. U bu borada dunyoda Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), AQSh, Avstraliya, Kanada va Xitoydan keyingi 6-o’rinni egallaydi.
Issiqlik va energetika majmuasi mavjudligi jihatidan ham Rossiya oldingi o’rinlardan joy olgan. U aholi jon boshiga elektr energiya va boshqa elektr mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha Ђarbiy Evropaning rivojlangan mamlakatlari va Shimoliy Amerika davlatlaridan 1,5-2 marta ko’p ishlab chiqarish salohiyatiga ega.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatda mavjud bo’lgan asosiy ma’danli qazilmalarni qazib olish va uni iste’mol uchun ta’minlash borasida Rossiya xorij mamlakatlaridan ancha orqada qolgan. Masalan, Rossiyada shunday qazilma boyliklarni izlash – geoglogik ishlari hali talab darajasida emas.
Mamlakat aholisi – 146 804 372 kishidan iborat (2017 yil) bo’lib, u aholi soni jihatidan dunyoda Xitoy, Hindiston, AQSh, Indoneziya va Braziliyadan keyin 6-o’rinda turadi. Rossiyaning barcha hududlarida, ayrim arktika va subarktika rayonlaridan tashqari, doimiy aholi mavjud, biroq u juda notekis joylashgan. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km2 ga 8,4 kishini (Rossiyaning Yevropa qismida 1 km2 ga 32 kishi, Osiyo qismida esa taxminan 2 kishi to‘g‘ri keladi) tashkil etadi. Aholi eng zich joylashgan yerlar (bu zichlik shimolga va sharqqa tomon kamayib boradi) Markaziy Rossiyadadir. Rossiya demografik rivojlanishining hozirgi bosqichiga tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishining qisqarishi xosdir. Aholi sonining tabiiy kamayishi ma’lum darajada davlatlararo migratsiya saldosi hisobiga qoplanmoqda.
Rossiya aholisining milliy tarkibi juda xilma-xildir (100 dan ortiq millat va xalqlar yashaydi). Aholisining ko‘p qismini ruslar tashkil etadi (80% dan ortiq), ko‘p sonli xalqlar qatorida tatarlar (5 mln. kishidan ortiq), ukrainlar (4 mln. dan ortiq), chuvashlar va boshqalami ajratish mumkin. Shahar aholisi ulushi -73,2 %. Qishloq aholisining joylashishi tabiat zonalari, xo‘jalik faoliyati uchun mavjud bo‘lgan shart-sharoitlar, xalqlaming urf-odatlari va an’analari bilan bog‘liq holda farqlanadi.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim o’rinni egallovchi masalalardan biri – bu ishchi kuchidir. Rossiya esa dunyoda keksa fuqarolari soni ko’payayotgan birinchi davlatdir. Ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyadagi 146 mln. aholining 40 mln. i nafaqaxo’rlar hisoblanadi. Mamlakat YaIM aholi jon boshiga yillik daromad 1,5 ming AQSh dollari, o’rtacha yosh esa bu erda 66 yoshni tashkil etadi. Savodxonlik darajasi 99% ni tashkil etib, oliy o’quv yurtiga kiruvchilar yoshlarning 77 % ni tashkil qiladi. Rossiyada ta’limni rivojlantirish uchun YaIMdan 3,5 % mablag’ ajratiladi. 2012 yil YaIM miqdori 2 029 812 mln dollarni, jon boshiga 14 247 dollarni tashkil etgan.
2012 yil YaIM 2 029 812 mln, jon boshiga 14 247 dollarni tashkil qilgan. Dunyo YaIMida rivojlangan g’arb mamlakatlarining ulushi tobora pasayayotgani jahonda Rossiya singari rivojlanayotgan mamlakatlarning kuchayotgani bilan xarakterlanmoqda. Ekspertlar ta’kidlashicha, ularning ulushi 2015 yilga borib 7,8 foizga qisqaradi. Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushi esa 3,5 % ga ortadi. YaIMda umumiy ishlab chiqarish hajmi bo’yicha Rossiya bu davr ichida 15-o’rindan 13-o’ringa ko’tarilishi taxmin etilmoqda. RF aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha dunyo mamlakatlari orasida kuchli oltilikka kirishi kutilayotir.
Rossiya Federatsiyasi - MDH davlatlari ichida kattaligi va aholisining soni bo‘yicha eng yirik suveren davlatdir. U ulkan tabiiy, iqtisodiy va ilmiy imkoniyatlarga ega. MDH davlatlari doirasida YMD ning 60 % i va sanoat ishlab chiqarishining 2G’3 qismi Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Rossiya iqtisodiyoti keng tarmoqlidir. Sanoat mahsuloti hajmining 1G’3 qismi yoqilg‘i-energetika majmuyi tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. Energetika tarmog‘i ishlab chiqarish kuchlari ri- vojlanishining, jamiyat moddiy-texnika bazasini yaratishning asosi hisoblanadi. Rossiya yoqilg‘i-energetika balansining taxminan 70% i neft va gazga to‘g‘ri keladi.
2012-yilda 420 mln. tonna neft va 670 mlrd. m3 tabiiy gaz hamda 300 mln. tonna atrofida ko‘mir qazib chiqarildi. Neft, gaz va ko‘mirdan tashqari Rossiyaning ba’zi hududlarida torf va yonuvchi slaneslar energetikada muhim o‘rin tutadi.



Yüklə 118,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə