Rossiya ulkan imkoniyatlar mamlakati bo`lib, iqtisodiy o`sish sur'atlarining intensiv omillari va resurslariga (iqtisodiy, tabiiy, ilmiy-texnik, inson kapitali va bosh) egadir



Yüklə 118,19 Kb.
səhifə6/12
tarix24.12.2023
ölçüsü118,19 Kb.
#158327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Rossiya iqtisodiy geografiyasi

2.2. Qishloq xo’jaligi ixtisoslashuvi.

Yengil sanoat keyingi shaharda iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda (xom ashyo muammosi va xorij tovarlarining yuqori raqobat-bardoshliligi tufayli) va sanoat ishlab chiqarishining umumiy hissasidagi ulushi qisqarib bormoqda. Yirik markazlari: Moskva, Sankt-Pe­terburg, Ivanova, Yaroslav, Orexovo-Zuevo, Noginsk, Tver, Kostro­ma, Vyazniki va bop. Asosan ip-gazlama, shoyi va jun gazlama, to`qimachilik, tikuvchilik, teri-poyabzal, mo`yna, gilam to`qish va boshqa tarmoqlar rivojlangan.


Oziq-ovqat sanoatida qand-shakar, moy, vino-aroq krupa (yorma), choy, konserva va baliq tarmoqlari xom ashyo rayonlarida, chunonchi, meva konservalari korxonalari Shimoliy Kavkaz, Volgabo`yi, go`sht kombinatlari chorvachilik rayonlari, baliq konservalari ishlab chiqarish port shaxarlarida joylashgan. Iste'mol mintaqalarida yirik non, makaron, qandolatchilik, pivo va boshqa tarmoqlar rivojlangan.
Rossiya oziq-ovqat korxonalari xorij firmalari raqobatiga dosh bera olmayapti. Mamlakat katta miqdorda va ko`plab assortimentda oziq-ovqat mahsulotlarini import qiladi. Garchi Rossiya baliqchilik xo`jaligi va baliqchilik sanoati murakkab xolatda (sob Ittifoqning parchalanishi tufayli baliq ovlash flotining yaxshi kemalari Ukraina, Boltiqbuyi mamlakatlarida) bo`lishiga qaramay, eksportga baliklarning qimatli sortlari: treska, seld, kambala, sudak, losos, osetr va bosh. Krab va ikra chikaradi.
Qishloq xo`jaligi. Rossiya 1707,5 mln. ga yer fondiga ega bo`lib, haydaladigan yerlar, o`ta, yaylov va ko`p yillik daraxtlar (bog` va uzumzorlar) 209,0 mln. ga dan iborat va qishloq xo`jaligiga yaroqli maydon jixatidan dunyoda 3-o`rinda (Xitoy va AQSH) turadi.
Bugungi kunda qishloq xujaligida individual-xususiy, kollektiv (koperativ) va davlat korxonalari shakllandi. Indavidual-xususiy xo`jaliklar yordamchi va fermer xo`jaliklardan iborat. Qishloq xo`jaligi korxonalarida yerdan foydalanishda fermer xujaliklarida individual (xususiy) va ijara shakli keng tar­iflagan.
Yerlarni qayta bo`lish jarayonida shaxsiy yordamchi xo`jaliklar roli ortib bormoqda va qishloq xo`jaligi maxsuloti qiymatida 37 % ga etdi. Kollektiv bog`dorchilik, sabzavotchilik, shaxsiy yordamchi xujaliklar va dalahovli qurilishlari uchun yer ajratish davom etmoqda. Ayni vaqtda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishidagi murakkab qiyinchiliklar Rossiyani katta imkoniyatlar o`lkasi bo`lishiga qaramay, ko`plab qishloq xujaligi mahsulotlarini import qilishga majbur qilmoqda. Rossiya xukumati mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ko`llab-quvvatlash maqsadida qishloq; xo`jaligida agrar islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida yirik qo`lamda assignasiyalar ajratmoqda. Ayni vaqtda xorij investorlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish tadbirlarini ham amalga oshirmoqda.
Rossiyada tabiat zonalariga qishloq xujaligi ishlab chikarishi (shimoldan-janubga tomon), ya'ni tundra va o`rmon-tundrada – bug`uchilik, ovchilik va balikchilik bilan uygunlashgan x.olda, taygada chorvachilik, tayga janubi va aralash urmonlar zonasida (Nokrra tuproq mintaqasi) kanop, donli (bug`doy, arpa, roj, tariq) va em-xashak ekinlari, kartoshka va sabzavotchilik, sut, sut-go`sht chorvachiligi, bog`dorchilik, yirik sanoat markazlari atrofida cho`chqachilik va parrandachilik, G`arbiy Sibir janubida donli ekinlar va sut chorvachiligi, o`rmon-cho`l zonalarida ziroatchilik yetakchi soxa bo`lib, donli va texnika ekinlari (bug`doy, roj, tar, kand lavlagi, kungaboqar, makkajuxori, kartoshka, ildiz mevalilar), yirik shoxli xayvonlar, chuchqachilik va parrandachilik rivojlangan.
Rossiyaning Yevropa qismi cho`l mintaqalarida (Kuban, 1/rta Povolje, Janubiy Ural) bug`doy va makkajuxori, chorvachilik, G`arbiy Sibir ra­yonlarida bug`doy, tabiiy yaylovlarida Go`sht-sut chorvachiligi,qurg`oqchil rayonlarida qo`ychilik va sut-go`sht chorvachiligi, Uzoq Sharqning Primore o`lkasida musson iqlimi alohida dexdonchilik - sholichilikni, cho`l va chala cho`llarda (Volgabo`yi va Dogaston) go`sht-jun yo`nalishidagi qo`ychilik, tog`li rayonlarda (Kavkaz, Oltoy, Sayan va bosh.) tog`-yaylov chorvachiligi rivojlangan, subtropik zona (Krasnadar o`lkasining Qora dengiz bo`yida) tamaki, choy va subtropik mevachilikka ixtisoslashgan. Shaxar va sanoat markazlarida shahar atrofi xo`jaligi (sabzavot, rezavorlar, gulchilik, sut-go`sht, parrandachilik, cho`chqachilik va baliq yetishtirish (sun'iy ko`llarda), teplisa xo`jaliklari) shakllangan mulkchilikning kollektiv uyishgan (ulush), va shaharlar axolisining qishloq, xujaligi maxsulotlari bilan ta'minlaydi.
Qishloq xo`jaligi yalpi mahsulot qiymatining 40,0 % dehqonchilik va 60,0 % chorvachilikka to`g`ri keladi. Dehqonchilikda donli ekinlar (55 mln. ga) yetakchi o`rin tutadi. Donli ekinlar tarkibida bug`doy, roj, arpa, tar, grechixa, makkajuxori, dukkaklilar - , loviya, yasm, soya asosiy o`rin tutadi. Donli ekinlar tarkibida bug`doy eng ko`p ekiladi (24,0 mln. ga, yillik xosil 80-85 mln. t, ba'zi yillari 100 mln. t). Shimoliy Kavkaz, G`arbiy Sibir janubi, Markaziy Qoratuproq va Uralning janubiy rayonlari tovar bug`doy etishtiruvchi asosiy rayonlardir. Arpa, tarik,, roj etishtirish bo`yicha Rossiya dunyoda 4-o`rinda (Xitoy, AQSH, Hindiston) turadi. Makkajuxori don uchun (Shimoliy Kavkaz iqtisodiy rayon) mintaqasida silos uchun etishtiriladi. Grechka, tariq va sholi asosiy oziq-ovqat ekinlaridan. Yiliga Rossiya 0,8 mln. t grechika oladi. Sholi Shimoliy Kavkaz, Povolje, Primorsk o`lkasida yetishtiri­ladi va ekin maydonlaridagi xissasi 0,2-0,3 % ni tashkil qiladi.
Texnika ekinlaridan kungaboqar Markaziy qoratuproq Shimoliy Kavkaz, Povolje, Ural, Garbiy Sibir (janubi), soya Uzoq Sharqda (Amur viloyati, Primorsk va Xabarovsk o`lkalarida) yetishtiriladi. Kanop Shimoli-G`arbiy, Shimoliy (Vologda viloyati), Markaziy (Kostroma va Yaroslavl viloyatlari) iqtisodiy rayonlarida ekiladi va dunyoda etakchi o`rinda turadi. Qand lavlagi asosan shakar olish uchun Markaziy qora-tuproq (mamlakatdagi 50 % xosil to`g`ri keladi), Shimoliy Kavkaz (25 % yalpi xosil) va Volga bo`yi (10 %) Markaziy, Volga-Vyatka, Ural, Garbiy Sibir (janubi) va Uzoq, Sharq iktisodiy rayonlarida etishtiriladi.
Kartoshka 3 mln. ga dan ortiq yerga ekiladi va yiliga 40,0 mln. t dan ortiq yalpi xosil olinadi (dunyoda 1 –o`rinda) va asosan Volga-Vyatka va Markaziy iqtisodiy rayoniga (30 % ortiq ekin maydonlari) to`g`ri keladi.
Chorvachilik yirik shoxli hayvonlar, chuchqachilik, tuychilik va echkichilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, asalarichilik, baliqchilik tarmoqlaridan iborat. Shuningdek, yilqichilik (Buryatiya, Oltoy, Tuva va bosh), bug`uchilik (Chekka Shimol), asalarichilik (Boportoston, Uzoq SHarq Rossiya Federatsiyasi va parrandachilik (Sibir, Uzoq Sharq} rivojlangan. Chorvachilikda ham dehdonchilik kabi zonal ixtisoslashuv xarakterli. Qo`ychilik va echkichilik cho`l zonasi va to`g oldi rayonlarida (jun va yung uchun), sut, sut-go`sht chorvachiligi o`rmon, o`rmon-cho`l va cho`l zonalarida tarqalgan. Ayni vaqtda keyingi yillarda sut va go`sht chorvachiligi sezilarli o`zgarishlar (chorva bosh sonlartshing qisqarishi va xayvonlar mahsuldorligining kamayishi, sut va go`sht yetishtirishning qiskarishi) amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlar bilan bog`liq.


Yüklə 118,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə