S. F. Abdirasilov


Manzarani bosqichli tasvirlash



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Manzarani bosqichli tasvirlash.
Tabiatning biron-bir qismini tasvirlash uchun avvalo ko'rish 
nuqtasi va ufq chizig‘i qayerdan o‘tganligini qog‘oz betida aniqlab 
olinadi. Rasm kompozitsiyasini to‘g‘ri topish uchun chizilayotgan 
manzarani cheklovchi ramka shaklidagi qurilma (karton yoki qog‘ozdan 
yasalgan maxsus asbob)dan foydalanish mumkin. Kompozitsiyasi 
topilgandan so‘ng uni qog‘ozda yengil-yelpi chiziqlar bilan chizishga 
o‘tiladi. Bunda yaqin va uzoqdagi narsalaming joylashuvi, oicham lari, 
xarakterli belgilari, nisbatlari va boshqa xususiyatlariga e’tibor beriladi. 
Bo‘yoqda bajarilish vaqtida asosiy e’tibor tabiatdagi narsa rangining 
atrofdagi boshqa narsalar rangiga ta’sir etishiga, kompozitsiya 
koloritining yaxlitligiga qaratiladi.
8. Qush va hayvoniar tasvirini ishlash
Mazmuni:
Animalist rassomlaming ijodi. Qush va hayvonlami 
shakli, tuzilishi, bir-biridan farqi, ulaming o‘ziga xos 
xususiyatlari. Harakatdagi qushlar tasviri. Qush va 
hayvonlaming xomaki tasvirlarini ishlash. Qush va 
hayvonlami 
o‘ziga qarab tasaw ur orqali qalamda va 
rangda tasvirlash.
203
www.ziyouz.com kutubxonasi


Topshiriq
- Qotirilgan qush va hayvonlarni o‘ziga qarab qalamda va 
rangda tasvirlash: Xo‘roz, tovuq, o‘rdak, qarg‘a, bo‘ri, 
quyon, mol, qo‘y, echki va otlami tasvirlash. Hayvonot 
bog'idagi yovvoyi qush va hayvonlaming tasvirini 
xomaki ishlash.
Har bir bo‘lg‘usi o‘qituvchi qush va hayvonlar rasmini tasvirlash 
borasida kerakli bilim va malakalarga ega bo‘lishini talab etadi. 
Pedagogik faoliyat jarayonida o‘quvchilar tasviriy san’at darslarida qush 
va hayvonlarni rasmini tasvirlashga to‘g ‘ri keladi. Qush va hayvonlar 
tabiatimizning chiroyi, ular biz bilan birgalikda hayot kechiradi. Qushlar 
va hayvonlar tabiatning har xil sharoitlariga moslashgan bo‘lib, yashash 
joylari bir-biridan farq qiladi. Masalan, o‘rdak vaqtning ko‘proq qismini 
suvda suzish bilan o‘tkazadi. Uning gavdasi boshiga nisbatan katta, 
oyog‘i pardali, bular unga suvda suzishiga yordam beradi. Burgutning 
esa tumshug‘i qayrilgan, changali kuchli, tim og‘i o‘tkir va qanoti keng 
boMadi. Shular kabi ko‘k qarg‘a, chittak, jiblajibon, qaldirg‘och va 
hokazo qushlardir.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə