S. F. Abdirasilov


Geometrik jismlardan tuzilgan kompozitsiyaning tasvirlash bosqichi



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Geometrik jismlardan tuzilgan kompozitsiyaning tasvirlash bosqichi.
Natyurmort kompozitsiyasini qurilishida dastlab qog‘oz yuzasida 
tasvirlanayotgan narsalarni puxta joylashuvi, qog‘oz oicham iga 
nisbatan tasviming katta-kichikligini aniqlashdan iborat. Har bir natura 
qo‘yilmasi muayyan oicham dagi qog'ozni talab qiladi.
Tasvirlanayotgan narsalar ma’lum oich am tekisligida «tiqilinch», 
yoxud juda ham kichik joylashib qolmasligi zaair. Haddan tashqari 
kichik joylashgan tasvirlar qog‘oz tekisligida aniq ko‘rinmaydi.
Tasvirda asosiy e’tibomi o‘ziga jalb etuvchi buyum - kompozitsiya 
markazi qolganlari esa unga tobe b o iib xizmat qiladi.
Tasvirda tomoshabinning nazari ana shu markazga yo'naltirilgan 
b o iishi kerak. 
0
‘chamni aniqlab olgach, asosiy ishni boshlashdan oldin 
kichik oicham dagi qog‘oz boiagida b o iaja k natura qo‘yiImasini 
xomaki variantlari tayyorlanadi, shundan so‘ng, asosiy ishga o‘tish 
maqsadga muvofiqdir.
Dastlab 
oddiy 
natura 
qo‘yilmalaridan 
(gipsli 
geometrik 
shakllardan), keyin esa geometrik shakllarga yaqin b o ig an maishiy 
buyumlardan tuzilgan natyurmortlami astoydil ishlash, so‘ngra, turli 
rangdagi, materiallikdagi buyumlardan tuzilgan qo'yilmalami tasvirlash 
mumkin.
196
www.ziyouz.com kutubxonasi


M t
Ko‘za va meva-sabzavotlardan natyurmort.
Natyurmort qo‘yilmasini 
tasvirlashda 
ishni 
alohida-alohida 
buyumlardan boshlab so‘ngra boshqalariga o‘tish aslo mutnkin enias. 
Narsalar guruhini qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirishda nisbat, oraliq 
masofalar, fazoviy joylashuvda xatolikka yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. 
Buning uchun narsalar to‘plamini yengil chiziqlar bilan belgilab chiqish 
zamr. Tasvirlashda narsa va buyumlaming perspektiv qisqarishlarini 
puxta bajarish o‘ta muhim.
Dastlabki qalamtasvir ishlarini bajarayotganda talabalar narsa va 
buyumlaming tekislikdagi fazoviy joylashuvi, nisbatlari, hajmi, 
konstruktiv qurilishi kabi vazifalarni to‘liq bajarishmaydi. Ularning 
diqqat-e’tibori narsalami kontur chiziqlarini tasvirlashga qaratilgan 
b oiadi. Ulaming fikricha narsaning sirtqi ko‘rinishi chizilsa, shakl ham 
to‘g‘ri tasvirlanadi deb hisoblaydilar. Buyumning sirtqi ko‘rinishin¡ 
tasvir]ayotib, uning konstmktiv qurilishi, nisbat 
kabi xususiyatlari 
nazardan qolib ketishi mumkin.
Narsalaming o'zaro joylashuvi, istagan qirrasini yo‘nalishi 
naturada osongina aniqlanadi va naturaning yo‘naltiruvchi va vertikal 
(tik), gorizontal (yotiq) chiziqlari yordamida tasvir qog‘ozda yengil 
quriladi. Uzun qalam yordamida qurilmaning perspektiv burchaklarini, 
qirra nisbatlarini, stol tekisligida o‘zaro turgan joylarini tekshirish 
mumkin. Buning uchun qalamni cho‘zilgan q o id a vertikal, gorizontal 
yoki burchak ostida uShlab qirralami perspektiv yo‘nalishini tekshirish 
mumkin.
197
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qo‘yidagi tasvirda konusning asos qismini kubning yuqori 
tomonining eniga b o ig an nisbatini qalam bilan asosini chekka o‘ng 
burchak yoniga qo‘yib vertikal bo‘yicha tekshirish mumkin. Naturada 
bu vertikal kubning qoraytirilgan tomonini o‘rtasidan kesib o‘tadi 
qalamtasvirda esa bunday bo‘lmasligi mumkin. Xatosini aniqlab uni 
darhol tuzatamiz. Agarda konusning chap tomonini davom ettirsak, u 
silindming aylana asosiga zo‘rg‘a tegadi. Bu yerda ham qalamtasvir 
aytarli darajada aniq emas. Vazani yuqori qismi orqali gorizontal chiziq 
o‘tkazib uning balandligini konus bo‘yiga nisbatan aniqlash mumkin. 
Yana silindming ikki tomonini davom ettirsak, qayerga borib taqalishini 
tekshirib ko‘rish mumkin. Naturada kubning oldingi qirrasi konusning 
markazi bilan ro‘para kelmaydi, qalamtasvirda u aynan markazda bo‘lib 
ko‘rinishi ham mumkin. Shunday qilib, yana bitta xatosini topamiz. Endi 
gorizontal joylashgan qalamni naturadagi kubning asosiga keltiramiz va 
qanchalik silindr asosini pastida bu chiziq o‘tishini kuzatamiz. Naturada 
ikkalasini asosi deyarli bitta gorizontal chiziqda joylashgan. Buni 
qalamtasvirda tekshirib ko‘ramiz.
Narsaiaming nisbatlarini aniqlab va ularni perspektivada qurayotib 
barobar yengil-yelpi soyalami berish mumkin. Bu esa narsaiaming 
nisbatlarini ham va ularning o‘zaro joylashganligini ancha aniq 
yetkazishda imkon beradi. Stol tekisligidagi narsalar to‘plamini 
joylashtirishda ulaming asoslarini qurish juda ham muhim. Har bir 
narsani joyini aniqlamasdan ular orasidagi kenglikni yetkazish mumkin 
emas. Ayrim narsalar havoda «muallaq» bo'lishi yoki biri ikkinchisiga 
«o‘yib» kirgandek ko‘rinishi mumkin.
Tasvirlash jarayonida alohida narsaiaming va ulaming qismlarini 
katta-kichikligini har doim bir-biriga taqqoslab borish zarur.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə