S. F. Abdirasilov



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

5. Natyurmort
Natyurmort - tasviriy san’atning o‘ziga xos mustaqil janridir.
«Natyurmort» 
(nature 
morte) fransuzcha so‘z 
bo‘lib, 
«jonsiz 
tabiat» 
degan ma noni anglatadi 
va unda ko‘pincha melinat 
qurollari, 
sabzavot 
va 
mevalar, gullar, parranda 
va 
mayda 
hayvonlar 
tasvirlanadi, ya’ni natyur­
mort san’atda insonning 
maishiy 
hayotini 
aks 
ettiradi.
Natyurmort 
XVII 
asming 
boshlarida
Gollandiyada paydo bo‘ldi. Ko‘plab mamlakatlarga tarqalib, ayniqsa,
XVIII asming o‘rtasida tasviriy san’atda keng rivoj topgan mustaqil janr 
hisoblanadi.
Rangtasvir san’atining nodir ustasi fransiyalik rassom Jan-Batist- 
Simeon Shardenning «San’at atributlari» mavzuidagi natyurmort asarini 
kuzatganimizda oddiy narsalaming yuksak badiiy tasvirini ko‘ramiz.
0 ‘zbekiston 
tasviriy 
san’atida 
rassomlardan 
N.Kashina, 
Z.Kovalevskaya, Yu.Elizarov, R.Ahmedov, G ‘.Abdurahmonov, N.Ten 
A.Yunusov, A.Mirzayev kabi ko‘plab natyurmort janrining ustalari va 
umidli 
yosh 
rassomlar 
o‘lkamiz 
noz-ne’matlarini 
o‘zlarining 
natyurmortlarida mohirona ifodalaganlar. Natyurmort tasviriy san’atning 
alohida janri bo‘lib hisoblanadi.
Natyurmort. Qalam aralashmasi.
191
www.ziyouz.com kutubxonasi


Natyurmort mustaqil janr b o iish i bilan birga, mavzuli suratlardagi 
asarlaming mazmunini ochib berishda ko‘maklashuvchi, uni toidiruvchi 
vosita b o iib ham xizmat qiladi. Taniqli rassom N.D.Ten ishlagan 
«Natyurmort» asarida turli mevalar va issiq nonlar o‘ta jozibali 
tasvirlangan. M o‘yqalam sohibi asar mazmi.nini ochishda iliq sargish- 
qizil ranglami atrofdagi ko‘k, yashiltob kabi turli-tuman ranglar bilan 
uyg‘unlashtirib tasvirlashi tufayli suratning o‘ta ta’sirchanligiga 
erishgan.
Biror mavzudagi natyurmort asari yaratish fikri rassom xayolida 
uzoq davom etgan kuzatishlar yoki biror narsadan qattiq ta’sirlanish 
oqibatida to‘satdan paydo bo iish i ham mumkin. Ijodkorning ko‘z 
o‘ngida b o iaja k natyurmort yaxlitligicha gavdalanadi va unga mos 
narsalar tanlab, e’tibor bilan joylashtirish haqida fikr yuritadi, xomaki 
eskizlar chizadi va shu eskizlar asosida kompozitsiya tuzadi.
Natyurmortni 
mazmunli 
tuzish 
katta 
ahamiyatga 
egadir. 
Natyurmortda tasvirlanadigan narsalaming katta-kichikligi turlicha 
b oiishi maqsadga muvofiqdir. Kichikroq narsalar oldinda, yiriklari orqa 
ko‘rinishda tasvirlanadi. Natyurmort tuzganda uning foniga ahamiyat 
berish kerak. Qo‘yilgan natyurmortning umumiy tusini hisobga olib
oqish natyurmortga - qoramtir fon, qoramtir natyurmortga esa oqish fon 
ianlanadi. Natyurmort ufq chizigidan pastroqda joylashtiriladi. Shunda 
narsalai-ning fazoviy holati va narsa tekisligi yaxshi ko‘rinadi. 
Natyurmort to‘g i'i qo‘yilgandan so‘ng u sinchiklab kuziiiladi. 
Natyurmort kompozitsiyasini qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish maqsadida 
qog'ozdan yasalgan maxsus asbob (videoiskatel)dan foydalanish yaxshi 
natija beradi. Bu asbob orqali aniqlangan kompozitsiya alohida kichik 
oicham dagi qog‘ozda xomaki rasmi chizib ko‘riladi. Q o‘yilma 
kompozitsiyasi aniqlangach asosiy ish katta oicham dagi qog‘ozda 
bajariladi.
Natyurmort qo‘yilmasida hamma narsalarni bir y o ia tasvirlash 
lozim. Aks holda bir narsaning oicham i kattaroq va ikkinchisi esa 
kichikroq b o iib kompozitsiya buziladi. Narsalaming umumiy balandligi 
va eni ish qog‘ozida yordamchi chiziqlar bilan belgilab olinadi. 
Natyurmortning kompozitsiyasi belgilangandan keyin quyilmadagi har 
bir narsaning oicham i, shakli (tuzilishi, rangi, yorug‘-soyasi) aniqlashga 
oiiladi, ya’ni qisqasi natyurmort chizishda umumiydan xususiyga va 
xususiydan 
yana 
umumiyga 
o‘tish jarayoniga 
amal 
qilinadi. 
Natyurmortni tasvirlashda bosqichma-bosqichlikka amal qilish kerak. 
Ikki-uch narsaning tasvirini chizishda buyumlaming oicham i jihatidan
192
L
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'zaro farqini, oraliq masofani, soya va yorugiiklam ing farqini ko‘z 
bilan chamalab topiladi. Qalamni bosmagan holda ularning tasvirini 
o‘m i belgilab olinadi. Tasvir shakli, topilgach yorug‘lik manbai 
aniqlanadi. Chunki tasviming muvozanat holatda turishi undan tushib 
turgan soyaga ham bog‘liqdir. Tushuvchi soya narsaiaming fazoviyligi 
va qanday materialdan ishlan^anligini aniqlashga yordam beradi. 
Narsaiaming o‘z soyasi, yorug‘ qismi, o‘zidan tushib turgan soya 
qalamda tuslab chiziladi. Narsaiaming perspektiv qisqarishlarini hisobga 
olib har bir narsadagi yom g‘ va soya qoidalariga rioya qilgan holda 
tasvirlanadi. Keyin natura bilan fon o‘rtasidagi och-to‘qligining farqi 
belgilanadi.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə