S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi xavfsizligi


Xavfsizlik belgilari va foydalanishni majburiy nazoratlash



Yüklə 13,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/60
tarix11.12.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#148481
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.

Xavfsizlik belgilari va foydalanishni majburiy nazoratlash.
Yuqorida xavfsizlikning S sathiga xos foydalanishni ixtiyoriy bosh- 
qarish vositalari tavsiflangan edi. Ma’lumki, ular umuman aksariyat 
tijoriy ilovalarga yetarli. Shunday bo‘lsa-da, ular bitta juda muhim 
masalani - axborot uzatilishini kuzatish masalasini yechmaydi. 
Foydalanishni ixtiyoriy boshqarish vositalari avtorizatsiyalangan 
foydalanuvchiga maxfiy axborotni qonuniy tarzda olishga va so‘ng- 
ra undan boshqa avtorizatsiyalanmagan foydalanuvchilaming foyda- 
lanisnlariga xalaqit bermaydi. Chunki foydalanishni ixtiyoriy bosh- 
qarishda imtiyozlar maMumotlardan alohida joylashadi (relyatsion 
MBBTlarda esa relyatsion jadvallar qatoridan alohida joylashadi). 
Natijada ma’lumotlar “egasiz qoladi” va ulaming kimga bo‘lsa ham 
uzatilishiga hech nima xalaqit bermaydi (hatto MBBT vositalari 
ham).
Xavfsizlik sathi tizimi Bga muvofiq “Ishonchli kompyuter 
tizimlarini baholash mezonlari”da INGRES/Enhanced Security 
(xavfsizligi oshirilgan INGRES) versiyada amalga oshirilgan xavf­
sizlik belgilari mexanizmi tavsiflangan. Ushbu versiyani amalda 
qo‘llash faqat operatsion tizim va xavfsizlik B sathiga ega boshqa 
dasturiy komponentlar bilan birgalikda amalga oshirilganida ma’- 
noga ega bo'ladi. Shunday bo'lsa ham, INGRES MBBTda belgili 
xavfsizlikning amalga oshirilishini ko‘rish, bilish nuqtayi nazaridan 
qiziqarli, ma’lumotlarni maxflylik sathlari va foydalanish katego- 
riyalariga ajratishga asoslangan yondashishning o‘zi esa, ko‘pgina 
foydalanuvchilaming ma’lumotlaming katta massivlariga nisbatan 
imtiyozlari tizimini loyihalashda foydali boMishi mumkin.
INGRES/Enhanced Security MBBTda har bir relyatsion jad- 
valga yashirincha jadval qatori xavfsizligi belgisi bo'lgan ustun qo‘- 
shiladi. Xavfsizlik belgisi uchta komponentdan iborat:
Maxflylik sathi.
Ushbu komponentning mazmuni ilovaga bog‘- 
liq. Xususan, sathlarning an’anaviy spektri “mutlaqo maxfiy”dan 
“maxfiy emas”gacha bo‘Hshi mumkin.
115


Kategoriyalar.
Kategoriya tushunchasi ma’lumotlami “bo‘lma- 
lar”ga ajratishga va natijada xavfsizlik tizimi ishonchliligini oshi- 
rishga imkon beradi. Tijoriy ilovalarda kategoriya sifatida “moliya- 
lar”, “kadrlar”, “moddiy boyiiklar” va h. xizmat qilishi mumkin.
Hududlar.
Axborotni bo‘lmalarga ajratishda qo‘shimcha vosita 
hisoblanadi. Amalda “hudud” komponenti, haqiqatan geografik 
mazmunga (masalan, ma’lumot taalluqli mamlakatga) ega boMishi 
mumkin.
INGRES/Enhanced- Security MBBTining har bir foydalanuv- 
chisi ishonchlilik darajasi orqali xarakterlanadi. Ishonchlililk 
darajasi foydalanuvchiga berilgan xavfsizlik belgisi orqali ham 
aniqlanadi. Foydalanuvchi, agar uning ishonchlilik darajasi mos 
xavfsizlik belgisi talablarini qondirsa, ma’lumotlardan foydalanishi 
mumkin, yanada aniqrog‘i:
- foydalanuvchining maxfiylik sathi ma’lumotlaming maxflylik 
sathidan past bo‘lmasligi shart;
- ma’lumotlar xavfsizligi belgisidagi kategoriyalar nabori butun- 
lay foydalanuvchi xavfsizligi belgisida bo'lishi shart;
- foydalanuvchi xavfsizligi belgisidagi hududlar nabori butunlay 
ma’lumotlar xavfsizligi belgisida bo‘lishi shart
Maxsus imtiyoz DOWNGRADE ma’lumotlar bilan assotsiat- 
siyalangan xavfsizlik belgisini o‘zgartirishga imkon beradi. Bunday 
imkoniyat, masalan, u yoki bu sabab bilan noto‘g‘ri boiib qolgan 
belgilami tuzatish uchun zarur.
Tabiiyki, INGRES/Enhanced Security MBBTi reiyatsion jad- 
vallarga xavfsizlik belgisini nafaqat yashirincha, balki ochiq holda 
kiritishga yo‘l qo‘yadi. Mos taqqoslash amallarini madadlovchi 
ma’lumotlaming yangi turi security label paydo bo‘ladi.
INGRES/Enhanced Security - xavfsizlikning V sinfiga serti- 
fikat (attestatsiyaga ekvivalent) olgan birinchi MBBT hisoblanadi. 
Ehtimol, xavfsizlik belgilari asta-sekin ma’lumotlar bazasini bosh- 
qarish tizimining standart repertuariga kiradi.
M BBT da m a’lumotlar yaxlitliligini madadlash.
Tijoriy tash- 
kilotlar uchun ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlashning konfidensial- 
likni ta’minlashga nisbatan muhimligi kam emas. Shubhasiz, mijoz- 
laming hisob raqamidagi mablag‘ni mo‘ralab ko'rish ko‘ngilsiz 
hodisa hisoblanadi. Hisob raqamidan hisob raqamiga pul o‘tka-
116


zishda mablag‘ning norna’lum yo‘nalishda yo‘qolishi esa undan 
battar noxush hodisa hisoblanadi.
Ma’lumki, ma’lumotlar bazasining asosiy dushmani tashqa- 
ridagi niyati buzuq emas, balki uskunaning, ma’murlaming, tatbiqiy 
dasturlaming va foydalanuvchilaming yanglishishi.
MBBTi foydalanuvchisi nuqtayi nazaridan ma’lumotlar yaxlit- 
ligini madadlashning asosiy vositalari cheklashlar va qoidalar 
hisoblanadi.
Cheklashlar.
Cheklashlar jadvallarga yoki alohida ustunlarga 
taalluqli bo‘lishi mumkin. Ustunlarga cheklashlar CREATE TABLE 
operatorida jadvalni yaratishda beriladi.
Jadval cheklashlari ustunlar guruhiga taalluqli va jadval yara­
tishda, yoki kechroq, ALTER TABLE operatori yordamida berilishi 
mumkin.
Quyidagi misol 
tarkibida ikkita ustundagi qiymatlarni 
bog‘lovchi nomlangan cheklashlar mavjud:
CREATE TABLE dept ( 
dname char (10), 
budget money, 
expenses money,
CONSTRAINT check_amount CHECK (budget > 0 and 
expenses <= budget)
);
{Byudjet ijobiy bo‘iishi shart, xarajatlar esa byudjet doirasidan 
chiqmasligi shart}
Havolali cheklashlar jadvallar orasidagi aloqaning yaxlitligiga 
javob beradi. Bunday cheklashning talabiga binoan bitta har bir 
qiymatga boshqa jadvaldagi roppa-rosa bitta qiymat mos kelishi 
lozim. Bunday qiymatlar relyatsion modeldagi jadvallar orasida 
havola rolini o‘ynaydi.

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə