S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi xavfsizligi



Yüklə 13,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/60
tarix11.12.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#148481
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.

CREATE^A&L^emp (
ename char (10),
edept char (10) references dept(dname)
);
{Birorta ham xizmatchi noma’lum bo‘limda hisoblanmasligi 
shart}
117


Cheklashlaming barcha turlari jadval egasi tomonidan yukla- 
nadi va keyingi ma’lumotlar bilan amallar natijasiga ta’sir qiladi. 
SQL-operatoming bajarilishi tugashidan awal mavjud cheklashlar 
tekshiriladi. Buzilishlar aniqlanganida MBBT nonormal tugallanish 
xususida xabar beradi va operator kiritgan o‘zgarishlami bekor 
qiladi.
T a’kidlash lozimki, havolali cheklashni yuklash uchun havola 
qilinayotgan jadvalga nisbatan REFERENCES imtiyoziga ega bo‘- 
lish lozim (yuqoridagi misoldagi dept).
Cheklashlami nafaqat yuklash, balki bekor qilish mumkin. 
Bunda cheklashlar orasida bog‘lanishlar boMishi mumkin va ulardan 
birining bekor qilinishi boshqa (havolali) cheklashlaming yo‘q 
qilinishini talab qilishi mumkin.
Quyidagi misolni ko‘raylik:
CREATE TABLE dept ( 
name char(10) NOT NULL, 
location char(20),
CONSTRAINT dept_unique UNIQUE(name)
);
CREATE TABLE emp ( 
name char(10), 
salary decimal(10,2),
edept char(10) CONSTRAINT 
empFef 
REFERENCES 
dept(name)
);
Agar dept_unique cheklashni yo‘q qilish talab qilinsa, quyidagi 
operatordan foydalanish mumkin:
ALTER TABLE dept
DROP CONSTRAINT dept_unique cascade; 
cascade so‘zi dept_unique bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq 
barcha cheklashlar yo‘q qilinishini bildiradi. Ushbu holda empref 
cheklash olib tashlanadi. Agar cascade o‘miga restrict ko‘rsatilsa, 
ya’ni faqat dept_unique cheklashni yo‘q qilishga urinilsa, MBBT 
xatolikni qaydlaydi.
INGRES MBBTda cheklashlami nazoratlash bilan ishlash 
samaradorligini murosaga keltirishga uriniladi. MaTumotlami 
ommaviy nusxalashda cheklashlami nazoratlash o‘chirib qo‘yiladi.
118


Bu degani, nusxalashni yaxlitlikni tekshirishning global muolajasini 
ishga tushirish bilan to‘ldirish lozim.
Qoidalar.
Qoidalar ma’lumotlar bazasidagi ma’lum o‘zgarish- 
lar bo‘lganida berilgan harakatlami bajarilishini chaqirishga ixnkon 
beradi. Odatda, harakat - muolajani chaqirish. Qoidalar jadvallar bi­
lan assotsiatsiyalanadi va ushbu jadvallar o‘zgarganida ishga 
tushadi.
Qoidalar faqat nisbatan oddiy shartlami nazoratlash vositalari 
hisoblanuvchi cheklashlardan farqli holda, bazadagi ma’lumotlar 
elementlari orasidagi xohlagancha murakkab o‘zaro bogManishni 
tekshirishga va madadlashga imkon beradi. Cheklashlar holidagiga 
o‘xshab qoidalami tekshirish nusxalashning ommaviy amallarida 
to‘xtatiladi. Ma’lumotlar bazasi ma’muri ham SETNOROLES ope- 
ratoridan foydalanib, qoidalami tekshirishni oshkora to‘xtatishi 
mumkin. SETRULES operatori qoidalar mexanizmi ishini tiklashi 
mumkin. Odatda ushbu mexanizm ulangan bo‘ladi.
Qoidalami yo‘q qilish DROP RULE qoida operatori orqali 
amalga oshiriladi. Mos jadval yo‘q qilingan holda MBBT avtomatik 
tarzda qoidalaming yo‘q qilinishini ta’minlaydi. Shu tariqa jadvallar 
va qoidalar yaxlitligi ta’minlanadi.
Axborot xavfsizligi nuqtayi nazaridan ta’kidlash lozimki, jad- 
val bilan assotsatsiyalangan qoidani mos muolajalami bajarish 
huquqini ushbu jadval egasi yaratishi mumkin. Harakati qoidani 
ishlashiga sabab bo‘luvchi foydalanuvchi faqat jadvaldan foyda- 
lanishning kerakli huquqlariga ega boiishi shart. Shu tariqa qoidalar 
oshkora bo‘lmagan holda foydalanuvchilar imtiyozlarini kengay- 
tiradi. Bunday kengayishlar qat’iy ma’muriy nazoratga ehtiyoj seza- 
di, chunki xatto qoidaning yoki assotsatsiyalangan muolajaning bi- 
roz o‘zgarislii ma’lumotlar himoyalanganligiga tubdan ta’sir etishi 
mumkin. Qoidalaming murakkab tizimidagi xatolik esa bashorat 
qilib bo‘lmaydigan oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Tuqori tayyorlikni madadlash vositalari.
Tijoriy ilovalarda 
apparat-dasturiy komplekslaming yuqori tayyorligi muhim omil 
hisoblanadi. MBBTga muvofiq yuqori tayyorlikni madadlovchi 
vositalar apparat, ayniqsa disklarga tegishli buzilishlami neytral- 
lashni hamda xizmatchi xodim yoki tatbiqiy dastur xatoliklarini 
tiklashni ta’minlashi lozim.
119


Bunday vositalar boshidayoq kompleks arxitekturasiga o‘ma- 
tilishi sharL Masalan, ortiqcha disk massivlarining u yoki bu turidan 
foydalanish kerak. Albatta, apparat-dasturiy yechim qimmatlashadi, 
ammo ekspluatatsiya vaqtida bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarardan 
asraydi.

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə