S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi xavfsizligi


Foydalanishni boshqarishda tasawurlardan foydalanish



Yüklə 13,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/60
tarix11.12.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#148481
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.

Foydalanishni boshqarishda tasawurlardan foydalanish.
MBBT foydalanishni boshqaruvchi o‘ziga xos vosita - tasawurlami 
taqdim etadi. Tasavvurlar subyektlar uchun bazaviy jadvallaming 
ma’lum qatorlarining ko‘rinarli bo‘lishiga (proeksiyani amalga oshi- 
rishga) yoki m a’lum qatorlami tanlashga (seieksiyani amalga oshi- 
rishga) imkon beradi. Ma’lumotlar bazasining ma’muri subyektlarga 
bazaviy jadvallardan foydalanish huquqini bermasdan va munosib 
tasavvurlami tuzib, jadvallami ruxsatsiz foydalanishdan himoyalay- 
di va har bir fbydalanuvchini o‘zining ma’lumotlar bazasiga qarashi 
bilan ta’minlaydi.
Quyida tarkibida dastlabki jadvalning ikkita ustuni bo‘lgan va 
o‘z ichiga faqat ustunlami birining ma’lum qiymatli qatorini qamrab 
oluvchi tasavvumi yaratish misoli keltirilgan:
CREATE VIEW empview AS 
SELECT name, dept 
FROM employee 
WHERE dept = 'shoe';
Ushbu tasawurdan tanlash huquqi barchaga berilganida:
112


GRANT SELECT 
ON empview 
TO PUBLIC;
empview tasavvurdan foydalanishni amalga oshiruvchi sub- 
yektlar “shoe”dan farqlanuvchi boMimlar xususidagi ma’lumotlami 
so‘rashga intilishlari mumkin, masalan:
SELECT *
FROM empview 
WHERE dept = 'toy'; 
ammo javob tariqasida foydalanish huquqlarining buzilganligini 
ko‘rsatuvchi javob kodini emas, balki oddiygina nulli qatorli natija- 
ni oladilar. Bu juda muhim, chunki niyati buzuqni boMimlar ro‘yxa- 
tini javob kodlarini tahlillash orqali bilvosita tarzda olish imko- 
niyatidan mahrum etadi.
Foydalanish huquqlarining ierarxiyasi.
GRANT operatori va 
MBBTdan foydalanishni boshqaruvchi boshqa vositalar foydala- 
nishning quyidagi cheklashlar turini amalga oshirishga imkon 
beradi:
- amaliy cheklashlar (jadvalning barcha yoki faqat ba’zi ustun- 
lariga qo‘llaniluvchi SELECT, INSERT, UPDATE, DELETE foy­
dalanish huquqlari hisobiga);
- muhimligi bo‘yicha cheklashlar (tasawurlar mexanizmi hiso­
biga);
- resurslarga cheklashlar (ma’lumotlar bazasidan foydalanish 
imtiyozlari bo‘yicha).
So‘rovlami ishlashda MBBT avval obyektlardan foydalanish 
huquqini tekshiradi. Agar amaliy cheklashlar buzilgan boMsa, so‘rov 
mos tashxis chiqarilib, rad etiladi. Muhimligi bo‘yicha cheklashlar- 
ning buzilishi faqat natijaviy qatorlaming soniga ta’sir etadi, bunda 
hech qanday tashhis chiqarilmaydi. Nihoyat, oldingi ikkita chek­
lashlar hisobga olinganidan so‘ng, so‘rov ishlanish uchun optima
zatorga beriladi. Agar optimizator resurslarga cheklashlar oshi- 
rilganini aniqlasa, so‘rov mos tashhis chiqarilib, rad etiladi.
Imtiyozlar ierarxiyasiga boshqa nuqtayi nazardan qarash 
mumkin. Har bir foydalanuvchi o‘zinikidan tashqari PUBLIC imti- 
yoziga ega. Undan tashqari, u turli guruhlarda boMib, ma’lum rollar 
bilan ilovalarni ishga tushirishi mumkin. Quyida imtiyozlarning
113


nomlangan turli eltuvchilari taqdim etgan huquqlaming o‘zaro mu- 
nosabati xususida so‘z ketadi.
INGRES MBBT uchun avtorizatsiya ierarxiyasi quyidagi ko‘- 
rinishga ega:
- rol (yuqori ustuvorlik);
- foydalanuvchi;
- guruh;
- PUBLIC (past ustuvorlik).
Har bir foydalanuvchi obyekt uchun INGRES foydalanishning 
so‘raluvchi turiga (SELECT, EXECUTE va h.) tegishli ierar- 
xiyadagi imtiyozni qidirishga urinadi. Masalan, yangilash maqsadi- 
da jadvaldan foydalanishga urinishda INGRES rolning, foydala- 
nuvchining, guruhning va barcha foydalanuvchilaraing imtiyozlarini 
tekshiradi. Agar ierarxiyaning bitta sathida UPDATE imtiyozi bo‘l- 
sa ham, so‘rov keyingi ishlash uchun uzatiladi. Aks holda, so‘rovni 
rad etishni ko‘zda tutuvchi foydalanish huquqi ishlatiladi.
Resurslarga cheklashlarning batafsil talqinini ko‘raylik. Aytay- 
lik, ierarxiyaning barcha to‘rtta sathida so‘rovning natijaviy qatori 
soniga cheklashlar tasniflangan (QUERY_ROW_LIMIT imtiyozi): 
- r o l - 1700;
- foydalanuvchi — 1500;
- guruh - 2000;
. - PUBLIC - 1000.
Agar foydalanuvchi MBBT bilan ishlash seansining bosh- 
lanishida rolni va guruhni bergan bo‘lsa, rol yuklagan cheklash 1700 
ishlatiladi. Agar QUERY_ROW_LIMIT imtiyozi rol uchun mavjud 
bo‘lmasa yoki foydalanuvchi ish seansi boshlanishida rolni berma- 
gan bo‘Isa, foydalanuvchi 1500dan ko‘p bo‘lmagan qatordan nati- 
jalami olishi mumkin va h. Agar QUERYROWJLIMIT imtiyozi 
ierarxiyaning birorta bir sathida tasniflangan boMmasa, MBBT 
nazarda tutilgan qiymatdan foydalanadi. Nazarda tutilgan qiymat 
deganda natijaviy qator soniga cheklashlarning yo‘qligi tushuniladi.
Odatda ishlatiluvchi rol va guruh mos holda ilovani ishga tu- 
shiruvchi komanda qatorining -R va -G - opsiyalaming argument- 
lari sifatida beriladi. Misol:
QBF -Gaccounting company_db
114


Agar G- opsiya mavjud bo‘lmasa, foydalanuvchining nazarda 
tutuvchi guruhi (agar u mavjud bo‘lsa) ishlatiladi.
Nihoyat, agar sql komanda qatorida -u foydalanuvchi opsiya 
berilgan bo‘lsa, tekshiruvchilar qatoriga ko‘rsatilgan foydalanuvchi 
ham kiradi.

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə