S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi xavfsizligi



Yüklə 13,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/60
tarix11.12.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#148481
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.

ikkita prinsipdan
birining amalga 
oshirilishiga asoslanadi:
- yangilashni uzluksiz ko‘paytirish prinsipi (har qanday repli- 
kadagi har qanday yangilanish darhol ko‘paytirilishi shart);
- kechiktirilgan yangilash prinsipi (replikalami yangilash max- 
sus komandagacha yoki vaziyatgacha kechiktirilishi mumkin).
Yangilashni uzluksiz ko 'paytirish prinsipi
“real vaqt tizimla- 
ri”n i qurishda asos hisoblanadi. “Real vaqt tizimlari”ga misol tariqa- 
sida havodagi harakatni boshqarish tizimini, yoMovchi transport 
chiptalarini band etish tizimini va h. ko‘rsatish mumkin. Ularda 
taqsimlangan tizimlaming barcha uzellari va komponentalarida 
replikalaming yoki tirajlangan boshqa ma’lumotlaming uzluksiz va 
aniq mosligi talab etiladi. Ushbu prinsipga binoan har qanday 
tranzaksiya muvaffaqiyatli tugallangan hisoblanadi, qachonki u 
tizimning barcha replikalarida muvaffaqiyatli tugallansa. Amalda 
ushbu prinsipning amalga oshirilishi “tupik”lar bilan bog‘liq jiddiy 
qiyinchiliklarga duch keladi. Faraz qilaylik, bitta hisoblash qurilma- 
sida foydalanuvchi o‘zinig replikasida ma’lumotlami yangilaydi. 
Tranzaksiya (tranzaksiyalar) amalga oshirilishi vaqtida ushbu repli- 
kaning ma’lumotlar bazasidan mos yozuvlaming boshqa foydaia- 
nuvchilar tomonidan o‘zgartirilishi lokal MBBT yadrosi yordamida 
blokirovka qilinadi. Shuning bilan birga tranzaksiya qaydlanishi 
mumkin va ushbu tranzaksiya jo‘natilgan hamda tizimning boshqa 
replikalarida tugallangandan so‘ngina mos ma’lumotlar razblokirov- 
ka qilinadi. Yana faraz qilamiz, tarmoqning boshqa kompyuteridagi 
tizimning boshqa replikasidagi foydalanuvchi, tabiiyki, ushbu onda 
boshqa foydalanuvchilar tomonidan o‘zgartirilishi blokirovka qilin- 
gan yozuvlar bilan o‘zining yängilashini (tranzaksiyani) o'tkazadi. 
Shu tariqa tupik hosil boMadi. Bir tranzaksiya o‘zining replikasida 
qaydlanishi mumkin emas, chunki mos yozuvlar boshqa replikada 
blokirovka qilingan. Ushbu yozuvlaming boshqa replikada razblo- 
kirovkasi birinchi replikadagi mos yozuvlar razblokirovka qilinma- 
guncha, ya’ni birinchi replikada tranzaksiya tugallamnaguncha 
mumkin emas. Tupik vaziyat sodir boMadi.
102


Replikatsiyalangan tizimlarda tupiklami aniqlashda markaz- 
lashtirilgan “Mijoz-server” tizim tranzaksiyalarini monitorida ishlab 
chiqilgan algoritmlardan foydalaniladi.
Umuman, taqsimlangan axborot tizimlarining qator predmet 
sohalarida ma’lumotlami muvofiqlashtirishning uzluksizligi nuqtayi 
nazaridan real vaqt rejimi talab qilinmaydi. Bunday tizimlar axborot 
jarayonlari unchalik dinamik xarakteriga ega bo‘lmagan tashkiliy -
texnologik strukturalami avtomatlashtiradi. Agar misol tariqasida 
avtomatlashtirilgan hujjat aylanish tizimini ko‘rsak, xizmatga oid 
hujjatlar harakatining an’anaviy “tezligi” ish kuniga yoki ish 
soatlariga mos keladi. Bu holda taqsimlangan axborot tizimi 
replikalarini faqat bir marta har bir ish soatida yoki har bir ish 
kunida yangilash talab etiladi.
Bunday xil axborot tizimini 
kechiktirilgan yangilash prinsipi
asosida qurish mumkin. Qandaydir replikada to‘plangan ma’lumot- 
lar o‘zgarishi foydalanuvchining maxsus komandasi bo‘yicha tizim- 
ning barcha qolgan replikalarini yangilash uchun yuboriladi. Bun­
day amal replikalami sinxronlash deb yuritiladi. Replikalami sin- 
xronlashda ixtiloflar va tupiklaming pay do bo‘lishi imkoniyati 
jiddiy kamayadi, uncha ko‘p bo‘Imagan ixtilofli vaziyatlar tashkiliy 
choralar yordamida osongina bartaraf etiladi.
Ma’lumotlami muvofiqlashtirishning ikkinchi muammosini hal 
etish, ya’ni ma’lumotlar strukturasini muvofiqlashtirish, “Mijoz-ser­
ver” tizimdagidek markaziy qurilmaning mavjud emasligi prinsipi- 
dan qisman chekinish orqali amalga oshiriladi va “asosiy” replika 
texnikasiga asoslanadi.
Ushbu texnikaning mohiyatiga binoan, tizim ma’lumotlar ba- 
zasining replikalaridan biri asosiy deb e’lon qilinadi. Bunda ma’lu­
motlar bazasining strukturasini faqat asosiy replikada o‘zgartirish 
mumkin. Ma’lumotlar strukturasining ushbu o‘zgarishlari kechik­
tirilgan yangilash prinsipi, ya’ni replikalami maxsus sinxronlash 
orqali tirajlanadi. Markaziy qurilmaning mavjud emasligi prinsipi- 
dan qisman chekinishda, haqiqiy markazlashgan tizimlardan farqli 
holda bosh replikaning ishdan chiqishi, butun taqsimlangan tizim- 
ning birdaniga zavol topishiga olib kelmaydi, chunki qolgan replika- 
lar avtonom tarzda ishlayveradi. Uning ustiga, replikatsiya texnolo- 
giyasini madadlovchi MBBT amaliyotida ma’lum vakolatga ega
■103


foydalanuvchiga (tizim ma’muriga) har qanday replikani asosiysiga 
o‘zgartirish imkoniyati beriladi. Bu esa butun tizimning ishga 
layoqatligini to‘liq tiklash imkoniyatini beradi.
Zamortaviy MBBTda replikalarni sinxrordash jarayoni.
Ushbu 
jarayonda faqat o'zgartirilgan yoki turli replikalarga qo‘shilgan 
ma’lumotlar almashtiriladi. Buning uchun ma’lumotlar bazasining 
tizimli katalogida joriy o‘zgarishlaming maxsus jadvallari tuziladi 
va taqsimlangan tizimning barcha obyektlarini, xususan, turli 
replikalardagi bir xil nomlangan alohida-alohida obyektlami global 
identifikatsiyalash (nomlash) tashkil etiládi. Bunday yondashish 
ma’lumotlar bazasi hajmini birmuncha ko‘paytiradi, ammo replika­
larni sinxronlashda traneport xarajatini jiddiy cheklaydi.
Qisman replikalarni va replikalarga 
replikalanuvchi
va 
replika-
lanmaydigan obyektlami
kiritish imkoniyati replikatsiya texnolo- 
giyalarida qurilgan taqsimlangan axborot tizimlari ishlashining 
moslanuvchanligi va samaradorligi nuqtayi nazaridan muhim hisob- 
lanadi. Qisman replika deganda tarkibida to‘liq replikaning 
cheklangan qismto‘plami bo‘lgan ma’lumotlar bazasi tushuniladi. 
To‘liq (asosiy) replikaning muayyan jadvallari uchun o‘rnatiladigan 
filtrlardan foydalanish qisman replikani yaratishning keng tarqalgan 
usuli hisoblanadi. Qisman replikalar ma’lumotlardan foydalanishni 
cheklash bilan bog‘liq ba’zi muammolami yechishga imkon beradi 
va ma’lumotlami ishlash unumdorligini oshiradi. Masalan, ma’lu­
motlar bazasi replikasiga ma’lum boMinma uchun faqat ushbu bo‘- 
linmaga tegishli jadvallar yozuvini replikatsiyalash maqsadga mu- 
vofiq hisoblanadi. Bu esa boshqa yozuvlardan foydalanishni istisno 
etadi. Qisman replikalar texnikasi replikalarni sinxronlashga ketgan 
xarajatni ham kamaytiradi, chunki tarmoq bo‘yicha uzatiladigan 
o'zgargan ma’lumotlar sonini cheklaydi.
Replikalarga replikatsiyaga loyiq bo‘lmagan ma’lumotlar 
bazasi obyektlarini kiritish imkoniyati ma’lumotlar bazasi sxemasini 
va boshqa obyektlarini (so‘rovlar, shakllar va hisobotlami) predmet 
sohasining o‘ziga xos xususiyatiga, ma’lumotlami kiritish xusu- 
siyatiga va taqsimlangan tizimning muayyan elementi bo‘yicha 
yechiladigan axborot masalalariga yuqori moslanuvchan va adekvat 
sozlashga imkon beradi. 4.3-rasmda replikatsiya texnologiyasi aso- 
sida qandaydir tashkiliy strukturaning ish yuritish bo‘yicha taqsim-
104


langan axborot tizimi sxemasini tashkil etishga yondashish 
tasvirlangan.

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə