S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb


Karimov  I.  A.  Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch.  –  Toshkent



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74
MA’ruza matni

Karimov  I.  A.  Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch.  –  Toshkent: 

Ma’naviyat, 2008. –  176 в. 

4.

 

Zaxiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. – T., 1960. 

5.

 

"Avesto" va uning insoniyat taraqqiyotidagi o`rni. – T.: Fan, 2001. 

6.

 

 Nizomiddiy SHomiy. Zafarnoma. – T.: O`zbekiston, 1996. 

7.

 

Sogdiyskie  dokumenti  s  gori  Mug,  yuridicheskie  dokumenti  i  pis'ma. 

Perevod i kommentarii Livshitsa. Vipusk II. –  M., 1962. 

8.

 

Qorayev S. Toponomika. – T., 2006. – 320 b. 

 

 

 


4-MAVZU: ETNONIMLAR VA ETNOTOPONIMLAR (2 soat). 

Reja: 

                     1. Etnonimlar va ularning ma’nosi. 

                     2. Etnotoponimlar.

 

                     3. Detoponimizatsiya. 

 

1.

 Insoniyat biologik jihatdan bir butun boisa ham umumiy sotsiologik qonunlar 

asosida  taraqqiy  eta  borib,  son-sanoqsiz  guruhlarga  bo'lingan.  Yer  sharida 

kishilarning  xilma-xil  guruhlari,  jamoalari,  mavjud.  Ikki  kishini  ham  bir  jamoa,  shu 

bilan birga butun bir mamlakat aholisini ham bir jamoa deyish mumkin. 

Jamoalar  juda  katta  va  juda  kichik  hududni  ham  qamrab  olishi  mumkin. 

Urug'lar,  qabilalar  eng  qadimiy  jamoalardir.  Jamiyat  taraqqjyotining  muayyan 

bosqichida vujudga kelgan qabila, elat, xalq, millat kabi jamoalar etnik birlashmalar, 

ya'ni etnoslardir. 

Qabila nima? Qabila sinfsiz jamiyatdagi etnik birlik va ijtimoiy tashkilot tipidir. 

Qabila  a'zolari  bir-birlari  bilan  qon-qardosh  bo'lgan  hamda  urug'  va  boshqa  mayda 

guruhlarga  bo'lingan.  Qabila  a'zolari  muayyan  birlikka  ega  umumiy  hududda 

yashashgan,  iqtisodiy  birlikka  ega  bo'lishgan.  Ya'ni  jamoa  bo'lib  ov  qilishgan,  bir-

birlariga  yordamlashishgan,  yagona  til  (sheva)  da  gaplashishgan.  Jamiyat 

taraqqiyotining muayyan bosqichida qabilalar birlashib elat hosil qiladi. Qabilachilik 

qoldiqlari  sinfly  jamiyatda  ham  saqlanib  qolishi  va  quldorlik,  feodal  va  kapitalistik 

munosabatlar  bilan  qo'shilib  ketishi  mumkin.  Shunday  qilib,  elat  kishilarning  til 

jihatdan  hududiy,  iqtisodiy  va  madaniy  birligi  bo'lib,  millatdan  oldingi  sanaladi. 

Elatlar  qabilalar  ittifoqi  vujudga  kelgan  davrda  tarkib  topa  boshlagan,  Bunda 

qabilalar  bir-birlari  bilan  asta-sekin  aralashib,  qon-qardoshlik  aloqalari  o'rnini 

hududiy aloqalar egallay boshlagan. Elatlar odatda kelib chiqishi va tili bir bo'lgan bir 

necha  qabilalardan  yoki  ularning  birini  ikkinchisi  bosib  olishi  natijasida  aralashib 

ketgan  va  tillari  turlicha  bo'lgan  qabilalardan  tarkib  topgan.  Elatning  tarkib  topishi 

jarayonida, uning ayrim guruhlari o'rtasida aloqalar kuchaygan sari eng ko'p sonli va 

eng  taraqqiy  etgan  etnik  komponentning  tili  elatning  umumiy  tili  bo'lib  qoladi; 

boshqa  qabilalarning  tillari  esa  shevalarga  aylanadi  yoki  ba'zan  umuman  yo'qolib 

ketadi.  Shu  tariqa  kishilarning  umumiy  nom  bilan  ataladigan  hududiy,  madaniy  va 

iqtisodiy  birligi  vujudga  keladi.  Kapitalistik  munosabatlarning  taraqqiy  etishi  va 

iqtisodiy  hamda  madaniy  aloqalarning  kuchayishi  bilan  elatlar  millatlarga  aylanadi. 

Millat – kishilarning barqaror tarixiy birligi. U umumiy iqtisodiy turmush hamda til,  

hududiy  birligi,    madaniyat,    ong  va  psixologiyaning  o'ziga  xosligi  zaminida  qaror 

topgan ijtimoiy taraqqiyot shaklitlir. Millat qon-qardosh va qardosh bo'lmagan qabila, 

irq va xalqlardan shakllanadi. Millatlarning iqtisodiy va siyosiy birlashishi elatlarning 

yozma adabiy tili va xalq og'zaki tilining yaqinlashishi negizida yagona milliy tilning 

paydo bo'lishiga olib keladi. Shevalar o'rnini asta-sekin milliy til egallaydi. 

O'zbek elati tetrli urug' va qabilalardan ilk o'rta asrlarda shakllana boshlangan. 

Oktyabr  to'ntarishidan  oldingi  o'zbeklar  tarkibiga  kirgan  barlos,  nayman,  saroy, 

qo'ng'irot kabi urug'-qabilalar o'z navba-tida, bir qancha to'p, tira, shox, avlod, qavm 

kabi  tarmoqlarga  bo'linadi.  Ana  shu  har  bir  bo'limning  o'z  nomi  bor.  To'p,  to'par, 

shox,  tira,  jamoa,  toifa,  avlod,  qavm,  urug',  qabila,  elat,  xalq,  millat  nomlari 



etnonimlar 

deyiladi. Etnonim yunoncha 



etnos –  

«xalq» va 



onim – 

«nom» so'zlaridan 




tarkib  topgan.  Etnonimlar  mazmuni 

etnonimiya, 

etnonimlarni  o'rganadigan  fan 



etnonimika 

deyiladi. 

Etnonimlar  etnonimika,  etnografiya,  tarix,  tilshunoslikning  hali  yaxshi 

o'rganilmagan  sohasi  bo'lib,  xalqlar,  millatlar  etnogenezini  yanada  chuqur  tahlil 

qilishga katta yordam beradi. 

Har  qanday  etnonimning  o'z  ma'nosi  bor.  Ba'zi  bir  etnonimlar  juda  qadimiy 

so'zlar  bo'lganidan  ma'nosini  tushunish  qiyin.  Odatda  xalqlar,  millatlar,  shuningdek 

qabilalar, yirik urug'larning nomlari qadimiy bo'ladi. Masalan, o'zbek, qirg'iz, qozoq 

kabi  millat  nomlari,  qo'ng'irot,  mitan,  qangli,  qipchoq,  uyshun,  qorluq,  xalaj  kabi 

urug'-qabila  nomlari  haqida  bir  qancha  fikrlar  bildirilgan,  lekin  bu  etnonimlarning 

etimologiyalari  ilmiy  asosda  uzil-kesil  hal  qilingan  emas.  O'zbek  –  «o'ziga  bek», 

qirg'iz  –  «qirq  qiz»,  qozoq  –  «qo-choq»,  mitan  –  «mo'ytan»  (serjun),  qangli  – 

«qanqli» (aravali), qorluq – «qorliq» (qorda qolgan), xalaj – «qol och» (och qolgan), 

qalmoq  –  «chetda  qolgan»  (islom  diniga  kirmay  qolgan)  degan  ma'noni  bildiradi 

deyish g'ayri-ilmiy, asossiz izohdir. 

Etnonimlar  tarix  taqozosi  bilan  vujudga  kelgan  bo'lib,  ma'lumot  tashiydi. 

Etnonimlarni o'rganish juda muhim ilmiy ahamiyatga ega. 

Kishilar  bir  necha  ming  yillar  davomida  ayrim-ayrim  holda  urug'  bo'lib, 

keyinchalik  esa  hududiy-dialektal  umumiylik  hosil  qilib,  qabila-qabila  bo'lib 

yashaganlar.  «Odam»,  «inson»,  «o'zimizning  kishilar  kabi  ma'nolarni  anglatgan 



ar 

(er), 


man 

(men) kabi etnonimlar ana shu qadim davrlarda paydo bo'lgan. Bir qancha 

etnonimlar  chindan  ham  odam»,  «rostakam  inson»  degan  ma'nolami  bildiradi. 

Masalan, udmurtlar (janubiy udmurtlar) tarixiy manbalarda 



ar 

«odam» shaklida tilga 

olingan. 

Tatar, hazar, arlat, ag'ar, majar,  mishar, avar, bulg'or 

kabi  xalq  va qabila 

nomlari  tarkibidagi 

ar  (er),  ir 

qo'shimchasi  eroniy  tillardan  birida  «odam»  degan 

ma'noni  bildirgan  va  keyinchalik  turkiy  tillarga  o'tgan. 

Ariy 

(oriylar), 



iron 

(osetinlarnign  bir  qabilasi)  va  hatto 



eron 

so'zlari  ham  o'sha 



ar 

(ir) «odam» so'zidan 

tarkib  topgan  bo'lsa  ajab  emas.  Turkman,  qaraman,  aqman,  sarman,  quman  kabi 

etnonimlar tarkibidagi 



man 

qo'shimchasini olimlar ayrim hind-evropa tillaridagi 



man 

 

men 

«odam» so'zidan kelib chiqqan, deydi.  

Shu  bilan  birga  bir  qatorda  ko'pgina  etnonimlarning  kelib  chiqishi, 

etimologiyasi  hamon  ma'lum  emas.  Masalan,  «o'zbek»  so'zining  kelib  chiqishi 

to'g'risida turli fikrlar bor. Ko'pchilik olimlar ko'chmanchi o'zbeklar Oltin O'rda xoni 

O'zbekxon (1312-1340) ismi bilan atalgan deyishadi. Holbuki, O'zbekxon Oltin O'rda 

(Ko'k  O'rda)  da  xonlikka  ko'tarilgan,  o'zbek  atamasi  esa  Oq  O'rdada  paydo  bo'lgan. 

Ya'ni  XIV-XV  asrlarda  O'rta  Osiyo  tarixchilari  Oq  O'rdaning  barcha  turk-mo'g'ul 

qabilalarini  o'zbeklar  deb  atashgan.  Bundan  tashqari,  O'zbek  ismi  O'zbekxondan 

oldin  bitilgan  asarlarda  ham  uchraydi.  Demak, 

o'zbek 

etnonimi  O'zbekxon  ismidan 

kelib  chiqqan,  degan  fikr  to'g'ri  emas.  Bu  so'z  «o'zi  bek»  degan  ma'noni  bildiradi, 

deyish  ham  ilmiy  dalil  emas.  O'zbek  o'z  (uz)  qabilasi  nomi  bilan  bog'liq  degan  fikr 

ham isbot talab. Umuman, hozircha «o'zbek» so'zining etimologiyasi ham aniq emas. 

Boshqa ko'pgina turkiy xalqlar kabi o'zbek xalqi  ham qabila-urug'lardati tarkib 

topgan. Akademik V.V.Bartold so'zlariga qaraganda, dastlab 32 o'zbek urug'i bo'lgan. 

Lekin  XVI  asrdayoq  farg'onalik  Mula  Sayfiddin  Axsikandiy  «Majmuat  –  tavorix» 

asarida  92  o'zbek  urug'i  (elatiya)  ni  tilga  olgan.  XIX  asrning  60-yillarida  bitilgan 



«Tuhfatit-tavorixi  xoniy»  qo'lyozmasida  ham  (muallifi  farg'onalik  Mulla  Avaz 

Muhammad  Attor)  o'zbek  urug'larini  92  ta  deb  ko'rsatilgan.  N.Xanikov  o'zining 

«Buxoro xonligi tasviri» kitobida (1843 yil) 97 o'zbek urug'ining ro'yxatini keltirgan. 

O'zbek  urug'lari  nomlari  (etnonimlar)  ning  o'ziga  xos  kelib  chiqish  tarixi  bor. 

Jonivorlar,  xususan,  uy  hayvonlari  nomi  bilan  atalgan  etnonimlar  ham  eng  qadimiy 

sanaladi.  Ular  majusiylar  davrida  paydo  bo'lgan.  Urug'larning  muqaddas  hayvonlari 

(totem) bo'lib, kishilar o'zlarini shu hayvondan tarqalgan, deb hisoblaganlar. Masalan, 

jifondi 

(ilonli), 



jilontamg'ali 

(ilontamg'ali), 



qulon,  oqbura,  qorabura, 

(bura,  buvra, 

bug'ra – bichilmagan erkak tuya), 

qarg'a, shag'al 

(shaqal – chiyabo'ri), 



echki, ho'kiz 

etnonimlari shular jamlasidandir. Hayvon nomlari bilan atalgan etnonimlar ba'zan shu 

urug' ajdodining laqabi ham bo'lishi mumkin. 

Ko'pgina  etnonimlar  urug'-aymoq  tamg'asi  nomi  bilan  atalgan.  Ya'ni  har  bir 

urug'ning  o'z  tamg’asi  bo'lgan.  Masalan,  mollarini,  otlarini  boshqalarnikidan  farq 

qilish  uchun  tamg'alab  qo'yishgan. 



Bolg'ali,  kosovli,  qaychiti,  taroqli,  cho'michli, 

qirg'ili 

kabi urug'larning tamg'alari shaklan ana shu uy-ro'zg'or asboblariga o'xshash 

bo'lgan.  Etnonimlar  orasida  kishi  ismlari  ham  uchraydi: 

amir  –

 

temir,  bo'ronboy, 



jalmat, ollaberdi, fozil, chig'atoy; 

joy nomlaridan kelib chiqqan etnonimlar ham bor: 



beshqo'ton,  buloqboshi,  soylik,  urganji,  qayirma,  qorabuloq,  sharqiyalik 

(Shohruhiyalik – Shohruhiya – Ulug'bekning otasi Shohruh nomi bilan atalgan shahar 

nomidan)  va  boshqalar.  O'zbek  etnonimlarini  semantik 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə