FSG va LG sekretsiyasining boshqarilishi. Bu 2 gormonning
sintezi va sekretsiyalanishi gipotalamusda ishlab chiqariladigan
dekapeptid — gonadotropin-rilizing-gormon tomonidan boshqariladi,
uning sekretsiyasi epizodik xarakterga ega bo‘ lgani uchun LG va
FSG ning ham sekretsiyasi impulsli xarakterda bo‘ ladi.
Ayollarda estrogenlar va progesteron teskari manfiy aloqa
mexanizm i orqali ham gipotalamus, ham gipofiz darajasida LG va
FSG sekretsiyasiga ta’sir etadi.
Erkaklarda Leydig hujayralarida sintezlangan testosteron va
uning metabolizmi jarayon ida hosil bo‘ lgan estrogen gipotalamik
gonadoliberinlar va gipofiz gonadotrop gormonlari sintezi va
sekretsiyasini teskari manfiy bog’ lanish mexanizmi orqali bloklaydi.
Bundan tashqari, follikul granulyoza hujayralari va Sertoli
hujayralarida sintezlanadigan ingibin oqsili gipofiz tomonidan FSG
sekretsiyasini tormozlaydi. FSG ning yarim yashash davri taxminan
150 minut, LG ning yarim yashash davri esa - 30 minut atrofida.
F SG va LG nins ta ’sir mexanizmi va biologik effekti. LG va FSG gonadotrop gormonlari tuxumdon va urug donlardagi
o‘zlarining nishon-hujayralari membranasi yuzasidagi retseptorlar
bilan bog‘ lanadi va adenilatsiklaza tizim ini faollashtiradi. Hosil
bo‘lgan sAMF proteinkinaza A ni faollashtirib, LG va FSGning
ta’sir samarasini yuzaga chiqaradigan boshqa oqsillami fosforillaydi.
Ayollarda lyuteinlovchi gormon sariq tañada progesteion
sintezini, erkaklarda esa L eydig interstitsial hujayralari tomonidan
testosteron sintezlanishini stim ullaydi. FSG ayollar tuxumdonlarida
follikul yetilishini va estrogenlar sintezini, erkaklarda esa Sertoli
hujayralariga ta’sir qilib, spermatogenez jarayonini stimullaydi.
14 .4 . G ip ofizn ing gonadotrop g o rm o n lari 350
MUND A R IJA MUQADDIMA.................................................................................................3
QISQARTMALAR RCTYXATI................................................................ 5