Sabirova rixsi abdukadirovna yuldashev nosirjon muxam edjanovich



Yüklə 405,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/222
tarix22.03.2024
ölçüsü405,26 Kb.
#182702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   222
R. A. Sobirova Biokimyo 1 q.

© «LUKSPRINT» 
2021.


MUQADDIMA
Biokimyo - bu hayot tizimining mavjudligi va harakatining mo- 
lekulyar asoslarini o ‘rganadigan fan. U tirik materiyani o ‘rganish- 
dagi yondoshuvga qarab statik, dinamik va funksional biokimyoga 
boMinadi.
Statik biokimyo biomolekulalaming tuzilishi va organizmning 
kimyoviy (sifat va miqdoriy) tarkibini o ‘rganadi.
Dinamik biokimyo tirik organizmlaming hayot faoliyati mobay- 
nida kimyoviy birikmalaming o ‘zgarishi va bu jarayonda ener- 
giyaning o ‘zgarishini o ‘rganadi.
Funksional biokimyo fiziologik jarayonlar asosida yotgan 
biokimyoviy reaksiyalami o ‘rganadi. Ba’zan uni a ’zolar va tizimlar 
biokimyosi deb ham ataladi.
Tadqiqot obyekti yoki yo‘nalishiga qarab zamonaviy biokimyo 
quyidagi mustaqil bo‘limlarga bo‘linadi: 1) umumiy biokimyo;
2) bioorganik kimyo; 3) hayvonlar biokimyosi; 4) o ‘simliklar 
biokimyosi; 5) mikroorganizmlar biokimyosi; 6) tibbiy biokimyo;
7) veterinariya biokimyosi; 8) texnik biokimyo; 9) evolyutsion 
biokimyo; 10) radiatsion biokimyo; 11) kosmik biokimyo; 12) 
enzimologiya; 13) molekulyar biologiya.
Biokimyoning rivojlanishida 3 davr farqlanadi.
1. 
Ilmiy biokimyodan oldingi davr - amaliy bilimlaming 
(pishloq tayyorlash, sharob tayyorlash, ko‘nchilik, non tayyorlash 
va hokazolar) to ‘planish davri, qadimiy davrlardan to XIX asr 
o ‘rtalarigacha.
2 . 
Klassik biokimyo - fiziologiyadan mustaqil fan sifatida 
ajralish davri (XIX asming ikkinchi yarmi). Bu davrda asosiy 
biopolimerlar (oqsillar va nuklein kislotalar) tuzilishining umumiy 
plani hamda organizmda moddalar o ‘zgarishining asosiy yo‘llari 
ochildi. Tadqiqotlar organizm, to ‘qima va hujayra darajasida 
o ‘tkazildi.
3


3. 
Zam onaviy biokimyo - biokimyoviy tadqiqotlami yangi 
bosqich - m olekulyar darajaga o ‘tishi munosabati bilan XX asming 
ikkinchi yarmidanyuzagakeldi. Ushbuholatgatadqiqotdayangi fizik- 
kimyo\ iy usullam i (rentgenstruktur tashxis, elektron mikroskopiya, 
gaz va suyuqlik xromatografiyasi, nishonlangan atomlar usuli, 
infiaqizil 
va 
ultrabinafsha 
spektrofotometriyasi, 
fluoressent, 
biolyum inessent tashxis, elektroforez, mass-spektrometriya, ultra- 
sentrifugalash, yadro- magnit rezonansi, elektron paramagnit 
rezonans va h.k.) qo Hash imkonini yaratdi.
Tavsiya etilayotgan darslik dinamik biokimyo masalalari, ya ni 
moddalar almashinuvi (metabolizm) va uni boshqaruv masalalaiiga 
bag‘ishlangan. 
Ushbu 
darslikning 
asosiy 
foydalanuvchilari 
tibbiyot oliy o ‘quv yurtlari talabalari ekanligini hisobga oigan 
holda, mualliflar mavzuni hujayra, a’zo va to ‘liq organizmning 
fiziologik funksiyalarini molekulyar jarayonlar bilan bog‘liq holda 
talqin qilishdi. Bunda metabolik reaksiyalarning buzilishi va ular 
asosida yotgan patologiyalar ham ko‘rildi. Tibbiyot oliy o ‘quv 
yurti talabalari, aynan biokimyo organizm faoliyatini tushunishning 
molekulyar asosi hamda uni bilish, patologik jarayonlam ing 
rivojlanish mexanizmlarini tushunishga yordam berishini yodda 
tutishlari zarur.
Darslik lotin alifbosida ilk marotaba chop etilayotganligi sababli 
ayrim xato va kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi mumkin. Shu 
sababli bildirilgan har qanday fikr va mulohazalar uchun mualliflar 
tomonidan oldindan minnatdotchilik bildiriladi.

Yüklə 405,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə