Sabirova rixsi abdukadirovna yuldashev nosirjon muxam edjanovich



Yüklə 405,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/222
tarix22.03.2024
ölçüsü405,26 Kb.
#182702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   222
R. A. Sobirova Biokimyo 1 q.

7



BO‘LIM
DINAM IK BIOKIMYO ASOSLARI
1-BOB
M ODDALAR ALMASHINUVI
1.1. M oddalar almashinuviga kirish
Termodinamika nuqtayi nazaridan inson organizmi ochiq tizim
y a’ni tashqi m uhit bilan materiya va energiya almashuvchi tizimdir. 
Shu bilan birga organizm tirik tizimdir. Tirik tizim o ‘z-o‘zini 
qayta tiklovchi, o ‘z-o‘zini tashkillovchi, atrof-muhit bilan o ‘zaro 
faol aloqa qiluvchi qismlar yig‘ indisi sifatida qaralib, u quyidagi 
spetsifik belgilarga ega:
1) 
diskretlik (tirik tizim alohida qismlardan iborat) va yaxlitlik 
(tizimning barcha qismlari o ‘zaro ta ’sirlashadi);
2) 
strukturalanganlik;
3) 
antientropik y o ‘nalish;
4) 
ochiqlik (tizim tashqi muhit bilan energiya va modda 
almashinadi);
5) 
kimyoviy tarkibning birligi (tirik tizimning 98 foizi quyidagi
6 elementga to ‘g ‘ri keladi: kislorod (62 %), uglerod (20 %), vodorod 
(10 %), azot (3 %), kalsiy (2,5 %) va fosfor (1,0 %));
6) 
o ‘z-o‘zini boshqarish (tizimning fiziologik ko'rsatkichlarini 
bir maromda ushlab turish) va o ‘z-o‘zini tashkillashtirish (o‘z 
boshqaruv tizimi strukturasining o ‘zgarishi hisobiga tashqi muhitning 
o ‘zgarayotgan sharoitiga moslashish);
7) 
ko‘payish;
8) 
o ‘zgaruvchanlik;
9) 
o ‘sish va rivojlanish qobiliyati;
10) qo‘zg‘aluvchanlik.
8


Tirik organizmda moddalar almashinuvi quyidagilami o ‘z ichiga 
oladi:
a) 
atrof-muhitdan moddalaming organizmga kirishi (oziqlanish 
va nafas olish);
b) 
moddalaming organizmda harakatlanishi va o ‘zgarishi 
(oraliq almashinuv);
d) almashinuvning oxirgi mahsulotlarini chiqarish.
Organizmga moddalaming kirishi va metabolizmning oxirgi 
mahsulotlarini ajratish birgalikda organizm va atrof-muhit bilan 
modda almashinuvini tashkil qiladi. Quyiadgi jadvalda insonda 
moddalar almashinuvini 
tavsiflab 
beruvchi 
ba’zi 
kattaliklar 
keltirilgan.

Yüklə 405,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə