Sabirova rixsi abdukadirovna yuldashev nosirjon muxam edjanovich



Yüklə 405,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/222
tarix22.03.2024
ölçüsü405,26 Kb.
#182702
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   222
R. A. Sobirova Biokimyo 1 q.

qisqarishi. issiqlik ishlab
chiqarish va h.k.
Hujayraning struklur-
funktsional komponenetlari
1.2-rasm.
Katabolizm va anabolizmning sxemasi
Kataholizm
— bu murakkab organik molekulalaming oddiyroq 
oxirgi mahsulotlargacha parchalanishi va oksidlanishidir. Bunda 
parchalanayotgan moddaning murakkab strukturasida jo bo‘lgan 
energiya ajralib chiqadi. Energiyaning katta qismi issiqlik sifatida 
tarqab ketadi, kamroq qismi esa oksidlanish reaksiyalari kofermentlari 
boMmish NAD va FADlar tom onidan “ ushlab qolinadi 
ulaming 
bir qismi darhol ATF sinteziga sarflanadi. Oksidlanish reaksiyalarida 
vodorod atomlari ajralib chiqadi va ular hujayrada quyidagi ikki 
y o ‘nalishda ishlatiladi:
1) 
anabolik reaksiyalarda ishlatiluvchi NADF ni NADFH gacha 
qaytarilishi uchun;
13


2) 
mitoxondriyalaming nafas zanjirida ATF hosil qilish 
uchun ishlatiluvchi NAD va FAD lami to NADH va FADH,gacha 
qaytarilishi uchun.
Katabolizm 3 bosqichga ajraladi:

bosqich - oziqning hazmlanishi (ichakda kechadi) yoki 
m olekulalaming lizosomalarda parchalanishi (hujayrada kechadi). 
Bunda molekulada jo boMgan energiya taxminan 1% ajraladi va u 
issiqlik sifatida tarqaladi.
II 
bosqich - hujayraichi gidrolizi oqibatida yuzaga kelgan yoki 
qondan hujayraga o ‘tgan moddalaming piro‘zum kislotasi, atsetil- 
KoA va boshqa mayda organik molekulalarga aylanishi. Hujayra 
sitoplazmasi va mitoxondriyalarida kechadi. Energiyaning bir qismi 
issiqlik sifatida tarqab ketadi va taxminan 13 % energiya ATFning 
makroergik bog‘lar¡ sifatida to‘planadi.
III bosqich - atsetil-KoA uchkarbon kislotalar siklida karbonat 
angidridigacha oksidlanadi (metabolizmning oxirgi mahsuloti). 
Hujayra m itoxondriyalarida kechadi. Ajrab chiqqan vodorod 
atomlari NAD va FAD bilan bogTanib, ulami qaytaradi. Ular, o ‘z 
navbatida vodorodlami mitoxondriyalaming ichki membranasida 
joylashgan nafas fermentlari zanjirigauzatadi. Buyerdaoksidlanishli- 
fosforlanish jarayoni natijasida metabolizmning yana bir oxirgi 
mahsuloti - suv va biologik oksidlanishning asosiy mahsuloti - ATF 
hosil bo‘ladi. Bu bosqichda energiyaning bir qismi issiqlik sifatida 
tarqab ketadi va birlamchi moddaning taxminan 46 % energiyasi ATF 
va GTF shaklida ja m g ‘ariladi. Katta yoshli odamlarda moddalaming 
almashinuvning oxirgi mahsulotlarigacha parchalanishida sutkasiga 
umumiy 8000- 12000 kJ-(2000-3000 kkal) energiya ajralib chiqadi.
A naboliznt
(ba’zan uni biosintez deyiladi, ammo anabolizm ancha 
kengroq tushunchadir) - quyi molekulyar birikmalardan hujayraning 
yuqori molekulyar birikmalarining sintezidir. Ekzergonik jarayon 
hisoblangan katabolizmdan farqli anabolizm endergonik jarayon 
hisoblanadi, y a’ni u erkin energiya sarfini talab qiladi. Anabolizm 
uchun energiya manbayi boelib, katabolizm jarayonida sintezlanuvchi 
ATF 
molekulalari 
hisoblanadi. 
Demak, 
oziq 
moddalarining 
oksidlanish energiyasi ATF sintezini ta’minlaydi, u gidrolizlanganda 
ajraladigan energiyasi esa hujayra tomonidan turli ishlami bajarish 
uchun ishlatiladi (1.3-rasm).

Yüklə 405,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə