Sabirova rixsi abdukadirovna yuldashev nosirjon muxam edjanovich


ATF sintez qilinishi mumkin bo‘lgan yoMIar



Yüklə 405,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/222
tarix22.03.2024
ölçüsü405,26 Kb.
#182702
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   222
R. A. Sobirova Biokimyo 1 q.

3.2. ATF sintez qilinishi mumkin bo‘lgan yoMIar
ATF - energiyaga boy molekuladir, chunki uning tarkibida ikki 
fosfoangidridli bog‘ mavjud. ATF uchidagi fosfoangidrid bog‘i 
gidrolizlanganda adenozindifosfat (ADF) va fosfat kislota hosil 
bo‘ladi. Bunda, hujayradagi normal sharoitlarda (pH-7,0, harorat 
37°C) erkin energiyaning o ‘zgarishi 7,3 kkal/mol ga teng bo‘ladi. 
ATF ko‘plab anabolik jarayonlarning endergonik reaksiyalari uchun 
energiya manbayi boMib xizmat qiladi. ATF ning erkin energiyasi 
tufayli organizm hayot faoliyati asosida yotgan turli xil ishlar 
(mushaklarning qisqarishi, moddalarning faol tashilishi va shu 
kabilar) bajariladi.
Energetik funksiya bilan birga, ATF tanada yana boshqa bir qator 
muhim vazifalarni bajaradi:
boshqa nukleozid trifosfatlar bilan birgalikda ATF nuklein 
kislotalar sintezida boshlang‘ich mahsulotdir;-
NH.
I


o
^Q n _ A_D _ rt-n^r\_ru
ATF (adenozintrifosfat) OH OH
4 7


ATF ko‘plab biokimyoviy jarayonlarni tartibga solishda 
muhim oTin tutadi: u ko‘p fermentlar uchun allosterik ta’sirga 
ega bodib, ularning boshqaruv markazlariga birikib, fermentativ 
faoliyatni oshiradi yoki pasaytiradi;
ATF ba’zi gorm onlar signalini hujayralarga uzatuvchi 
ikkilamchi vositachi - siklik adenozinmonofosfat oTmishdoshidir;
ATF sinapslarda mediatorlik vazitasini bajaradi va boshqa 
hujayralararo signalni o ‘tkazishda ham ishtirok etadi.
ATF organizmda ADFni fosforillanish y o ‘li bilan sintezlanadi: 
ADF + H3P 0 4 + energiya —> ATF + Fl20
Zam onaviy tushunchalarga koTa, ATF ning inson tanasida sintezi 
ikki yo‘l bilan yuz berishi mumkin:
1) 
substratli fosforillanish yo‘li;
2) 
oksidlanishli fosforillanish orqali.
Substratli 
fosforillanish 
mitoxondriya va mitoxondriyadan 
tashqarida kechishi mumkin. Ushbu jarayon makroergik bogTi 
birikmalar hisobiga kechadi. Bunday bogTar uzilganida, ADF 
va fosfat kislotadan ATF molekulasi sintezlanishi uchun yetarli 
miqdorda energiya ajraladi. Substratli fosforillanishga misol sifati- 
da, glyukozaning anaerob oksidlanishida ATF sintezini yoki Krebs 
halqasida suksinil-KoAdan suksinat hosil boMishida GTF molekulasi 
sintezini keltirish mumkin. Oksidlanishli fosforillanish faqatgina 
mitoxondriya membranasida joylashgan nafas zanjirida sodir boMishi 
mumkin. ADFning fosforillanish reaksiyalari va keyinchalik ATFni 
energiya manbayi sifatida ishlatish jarayonlari siklik jarayon b o iib , 
bu energiya almashinuvining mohiyatini tashkil qiladi.

Yüklə 405,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə