Sabirova rixsi abdukadirovna yuldashev nosirjon muxam edjanovich


-rasm. D, vitaminining kalsitriolga aylanishi



Yüklə 405,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/222
tarix22.03.2024
ölçüsü405,26 Kb.
#182702
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   222
R. A. Sobirova Biokimyo 1 q.

16.1-rasm.
D, vitaminining kalsitriolga aylanishi
Kalsitriolning nishon a ’zolari - ingichka ichak va suyak. 
Ingichka ichakda kalsiy va fosfatlarning so‘rilishini, suyaklarda 
kalsiy metabolizmini jonlantiradi. Boshqa steroid gormonlarga 
o‘xshab, xromatin bilan ta’sirlashib m a’ lum bir oqsillar sintezi 
tezligini o‘zgartiradi. Ichak hujayralarida kalsiyni bog‘ lovchi va 
so‘rilishini ta’minlovchi oqsillar sintezini kuchaytiradi. Shunday
330


qilib. paratgormon va vitamin D suyaklardan kalsiy mobilizatsiyasi 
va uning qondagi konsentratsiyasini oshirishda sinergik ta'sir qiladi.
Vitamin 

yetishm ovchiligida 
bolalarda 
raxit 
kasalligi 
rivojlanadi. Kasallikning asosiy belgilari o‘suvchi suyaklaming 
m ineralizatsiyasining buzilishidir. Natijada bu suyaklar egiluvchan 
bo‘ lib qolib, skeletning deform atsiyasi kuzatiladi: tizza, boldir 
va ko‘krakqafasi noto‘g ‘ri shakllanadi. Raxit vitamin D bilan 
davolanadi, lekin uning kalsitriolga aylanishini buzilishi bilan 
boradigan shaklida vitamin D bilan davolab bo‘ lmaydi.
Vitamin D ning davolovchi ta’siri ichaklarda kalsiyning so rib 
olishi bilan tushuntiriladi. Lekin uni suyaklar m ineralizatsiyasidagi 
ishtiroki isbotlanmagan. Aksincha tajribada suyaklardan kalsiyning 
m obilizatsiyasidagi ishtiroki tasdiqlangan.
Raxitning yengil shakllari yosh bolalarda ko‘p uchrab turadi. 
Bu dastlabki 1-2 yilda vitamin D ni bola oziqasida yetishm asligi 
bilan bog‘ liq. Agar bola quyosh nurida yetarli bo‘lmasa, kasallik 
yanada rivojlanadi. Vitamin D ga boy bo‘ lgan mahsulotlar baliq 
yog i va jigaridir. Kattalarda sutkalik ehtiyoj - 40 mkg. Uzoq vaqt 
davomida vitamin D ning organizm ga m e’yoridan ortiq kirishi 
suyaklar dem ineralizatsiyasiga olib keladi va yumshoq to‘qimalarda 
kalsiyning to‘planishi va siydik y o ‘ llarida toshlarning paydo 
boMishiga olib keladi.
K alsitonin. Peptidli gormon kalsitonin (32 ta aminokislota 
qoldig'ini saqlaydi) paratireoid bezlar bilan qalqonsimon bezlaming 
C-hujayralarida sintezlanadi. Qondagi kalsiy miqdori ko‘payganda 
kalsitonin sekretsiyasi kuchayadi. Nishon hujayralar bo‘ lib suyaklar 
hisoblanadi, suyaklarda u kalsiyning safarbar bo‘ lishini susaytirib 
turadi.



Yüklə 405,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə