Sabirova rixsi abdukadirovna yuldashev nosirjon muxam edjanovich



Yüklə 405,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/222
tarix22.03.2024
ölçüsü405,26 Kb.
#182702
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   222
R. A. Sobirova Biokimyo 1 q.

327


12-BOB
K A L S IY VA FOSFATLAR ALMASHINUVINING 
BOSHQARILISHI
Organizmda kalsiy quyidagi vazifalam i bajaradi:
1 .K alsiy tuzlari suyaklam ing minerai qismini tashkil etadi.
2. 
K alsiy ionlari fermentlaming kofaktorlaridir.
3. 
K alsiy ionlari kalmodulin bilan birikib, sAMF singari ta’sir 
etadi.
K alsiy almashinuvi fosfat almashinuvi bilan chambarchas 
bog‘ liqdir.
Katta yoshli odam organizmida 2 xil teng bo‘ lmagan fondni hosil 
qiluvchi 1,2 kg kalsiy bo‘ ladi. Birinchisi suyaklar kalsiysi. Suyaklar 
tarkibiga barcha kalsiyning 99 
%i,
fosfoming 87 %i, magniyning 
60 %i va natriyning 25 %i to‘g ‘ri keladi. K alsiy suyaklar tarkibida 
gidroksiapatit C a10(PO.)6(OH)2 ko‘rinishida bo‘ ladi. Suyaklam ing 
minerai tarkibiy qism i uning yarim massasini tashkil etadi. Qolgan 
organik tarkibiy qismining 90 %i kollagendan iborat. Minerai 
tarkibiy qismi katta zichlikka ega bo‘ lib, suyak umumiy hajmining 
chorak qismini tashkil etadi.
K alsiyning yana bir boshqa fondi — to‘qima va suyuqliklarda 
oqsillar bilan bog‘ langan yoki erigan holdagi Ca2+ ionlaridir. 
Hujayraichi kalsiysi ikkilamchi messendjer bo‘ lib, hujayrada bir 
qancha jarayonlar aktivligini boshqaradi. R eg‘ lyatsiya organik tabiatli 
reg‘ lyator m olekulalar va kalsiy. konsentratsiyasining o‘zgarishi 
bilan sodir boMadi. Ca2+ konsentratsiyasi hujayradan hujayralararo 
bo‘shliqqa chiqishi yoki aksincha kirishi va endoplazmatik to‘rdan 
sitozolga chiqishi yoki kirishi bilan o ‘zgaradi.
Ca2+ ioni konsentratsiyasi qonda va hujayralararo bo‘ shliqda
10 mg/dl, hujayraichi suyuqligida esa 1000 barobar kichik. 
Konsentratsiya farqi endoplazmatik to‘ r membranasi va plazmatik 
membranada mavjud Ca-ATFaza tomonidan ta’minlanadi. Bundan
328


tashqari, Na+,Ca2+- 359 almashuvchilari, H~,Ca2*-almashuvchiIari, 
Ca~’ o‘tkazuvchi boshqa kanallar ham re g iy atsiya d a ishtirok etadi.
Hujayra ichi Ca2* konsentratsiyasini ta’minlash uchun qonda 
va hujayralararo suyuqlikda uning konsentratsiyasi yuqori va 
stabil bo‘ lishi kerak. Bu esa endokrin gormonlar — paratgormon, 
kalsitonin va kalsitriol tomonidan boshqariladi.
Paratgorm on. 
Paratgormon 
qalqonsimon 
bezning 
orqa 
yuzasi- da joylashgan paratireoid bezlarda hosil bo'luvchi peptidli 
(84 aminokislota qoldig‘ i) gormondir. K alsiy konsentratsiyasi 
pasayganda uning sintezi tezlashadi, ortganda esa sekinlashadi. 
Paratgormonning yarim yashash davri 10 daqiqa. Nishon hujayralar 
suyak va buyraklardir (16.1 -jadval).

Yüklə 405,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə