Sabirova rixsi abdukadirovna yuldashev nosirjon muxam edjanovich



Yüklə 405,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/222
tarix22.03.2024
ölçüsü405,26 Kb.
#182702
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   222
R. A. Sobirova Biokimyo 1 q.

14.3. Ayol jinsiy gornionlari
Ayol jin siy gormonlari asosan tuxumdon va sariq tañada 
sintezlanadi, bundan tashqari buyrak usti bezi, urug‘donlar va 
platsentada ham ishlab chiqariladi. Estrogenlar birinchi marta 1927- 
y ili homilador ayol siydigi tarkibida aniqlangan. 1929-yili esa A. 
Butenandt va E. Doyzi siydikdan estron moddasini ajratib olishdi, 
bu kristall holida olingan eng birinchi steroid edi.
Hozirda ayol jin siy gormonlarining kim yoviy strukturasi va 
biologik funksiyasi bo‘yicha farq qiladigan ikki g ‘ruhi m a’ lum: 
estrogenlar (asosiy namoyondasi — estradiol) va progestinlar (asosiy 
vakili — progesteron). Ayol jin siy gormonlaridan asosiylarining 
kim yoviy tuzilishi 14.4-rasmda keltirilgan.
344


Progesteron
17 ß-Estradiol
HO
OH
E stron
Estriol
14.4-rcism.
A yo llar jin s iy gorm onlari
Eng faol estrogen — estradiol — asosan follikulalarda 
sintezlanadi; qolgan ikki estrogen estradiolning hosilalari hisoblanadi, 
ular buyrak usti bezlari va platsentada ham sintezlanadi. Barcha 
estrogenlar 18 uglerod atomini tutadi. Tuxumdonlarda estrogenlar va 
progesteronning sekretsiyasi siklik xarakterga ega, bunda menstrual 
siklning 1-fazasida asosan estrogenlar sintezlansa, 2-fazasida 
ko‘proq progesteron sintez- lanadi. Zamonaviy tasawurlarga ko‘ra, 
tuxumdonlarda estrogenlar sintezlanishi follikulalam ing teka 
hujayralarida androgenlar (andros- tendion) sintezi bilan birga sodir 
bo‘ ladi:
Androgenlar keyin granulyoza hujayralarida aromatizatsiya- 
lanadi. Teka hujayralarida LG retseptorlari sintezlanadi. Granulyoza 
hujayralarida esa FSG retseptorlari ishlab chiqariladi. LG teka 
hujayralari retseptorlari bilan bog‘ langanida xolesterolning yon 
zanjirini uzuvchi fermentni faollashtiradi, natijada pregnenolon, 
androstendion hosil boTadi. FSG granulyoza hujayralari retseptorlari 
bilan bogTanganida aromataza ferment kompleksini faollashtiradi, 
bu ferment kompleksi ta’sirida teka hujayralari tomonidan 
sekretsiyalangan androgenlar estrogenlarga aylanadi. Aromataza 
ferment kompleksi tarkibida sitoxrom P450-oksidaza bo'ladi, bu 
kompleks ta’sirida androgenlaming arom atizatsiyalanishi 0 2 va
345


NADFH ishtirokida sodir boMadigan 3 gidroksillanish reaksiyasini 
o ‘z ichiga oladi.
Teka hujayralarining bevosita o‘zida estrogenlar kam miqdorda 
sintezlanadi. Estrogenlaming katta qismi sariq tanada, fetoplatsentar 
kom pleksda (hom iladorlik vaqtida), buyrak usti bezlari po'stloq 
qism ida, y o g ‘ hujayralarida, jigar, teri vayuqori darajadagi aromataza 
fao lligi aniqlangan boshqa to‘qimalarda androgenlaming periferik 
arom atizatsiyalanishi yo ‘ li bilan ishlab chiqariladi.
G ranulyoza hujayralarida nisbatan faolligi pastroq estrogen —
estron sintezlanishi mumkin, estron qonga chiqqanida undan faolligi 
yanada pastroq bo‘ lgan estriol hosil bo‘ Iadi. Jigarda 17p-estradiol 
aromatik halqaning C2 uglerod atomi bo‘yicha gidroksillanishi va 
olting‘g ‘rt yoki glyukuron kislotalari bilan konyugatlar hosil qilishi 
natijasida inaktivlanadi. Bu mahsulotlar o ‘t suyuqligi yoki siydik 
bilan chiqarib yuboriladi.
Qondagi estrogenlaming 95% qismi oqsil bilan bogTangan 
bo‘ ladi, estrogenlaming oqsil bilan bogTanmagan erkin qism igina 
biologik faollikka ega bo‘ ladi.
B olalik davrida yetilm agan tuxumdonlar kam miqdorda gormon 
ishlab chiqaradi va estrogenlaming qondagi miqdori past bo‘ladi. 
Pubertat davrda gipotalamo-gipofizar tizimning qondagi jin siy
gormonlarga sezgirligi pasayadi. Gonadotropin-rilizing gormonining 
im pulsli sekretsiyasi LG va FSG sekretsiyasining sutkalik ritmini 
o‘matadi. Har bir menstrual siklning boshida FSG va LG ta’sirida 
birlamchi follikulalar rivojlanadi. LG teka hujayralariga ta’sir 
qilib androgenlar sintezini stim ullaydi, FSG esa androgenlaming 
arom atizatsiyasini kuchaytiradi, bu ikki gormonning ta’siri tufayli 
rivojlanayotgan follikul estrogenlami sekretsiya qiladi. Estrogenlar 
o‘z navbatida teskari manfiy aloqa tufayli FSG sekretsiyasini 
kam aytiradi. Tuxumdonlardan ajraladigan ingibin oqsili ham FSG 
sekretsiyasini tormozlaydi (14.5-rasm).

Yüklə 405,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə