Sabirova rixsi abdukadirovna yuldashev nosirjon muxam edjanovich



Yüklə 405,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/222
tarix22.03.2024
ölçüsü405,26 Kb.
#182702
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   222
R. A. Sobirova Biokimyo 1 q.

Progesteron hosil bo‘ lishi. 
Progesteron menstrual siklning lyu- 
tein fazasida sariq tañada, homiladorlik davrida esa fetoplatsentar 
kompleks tomonidan sintezlanadi. Kam miqdorda ayollar va erkak- 
larda buyrak usti bezi po‘ stloq qism ida ham sintezlanadi. Menstrual 
siklning follikulyar fazasida progesteronning qon plazm asidagi 
konsentratsiyasi, odatda, 5 nmol/1 dan kam bo‘ ladi, lyutein fazasida 
esa 40 - 50 nmol/1 gacha oshadi. Qonda progesteron transport qi- 
luvchi globulin — transkortin va albumin bilan bog‘ lanadi, faqat 
2% qism igina erkin holda bo‘ lib, biologik faollikni namoyon qiladi. 
Nishon-hujayralar ichiga kirgach progesteron yadro ichidagi spetsifik 
retseptorlar bilan bog‘ lanadi. Gormon-retseptor kompleksi hosil bo‘ 
lib, DNKning promotor qism iga birikadi va genlar transknpsiyasini
348


aktivlashtiradi. Progesteronning yarim parchalanish davri 5 minutni 
tashkil etadi. Jigarda gormon glyukuron kislotasi bilan konyugirlanib, 
suvda eruvchi holga o'tadi va buyrak orqali chiqarib yuboriladi.
Progesteronning 
biologik effektlari. 
Progesteron asosan 
organizmning reproduktiv tizim iga ta’sir ko‘rsatadi. Progesteronning 
sintezlanishi tana bazal haroratining 0,2 - 0,5°C ga ortishiga olib 
keladi, tana haroratining bunday ko‘tarilishi ovulyatsiyadan keyin 
darhol kuzatiladi va menstrual siklning lyutein fazasi davomida 
saqlanadi. Yuqori konsentratsiyalardaprogesteronbuyrakkanalchalari 
hujayralarida joylashgan aldosteron retseptorlari bilan konkurent 
bog‘ lanadi. Natijada bu retseptorlarga aldosteron ta’sir eta olmay 
qoladi va natriy reabsorbsiyasi kam ayib ketadi.
Progesteron, shuningdek, m arkaziy nerv tizim iga ham ta’sir 
ko‘rsatadi, xususan, predmenstrual davrda xulq-atvoming o‘ziga xos 
o‘zgarishiga sabab bo‘ ladi.
Estrogenlarjigardaparchalanadi, ular sulfatyoki glyukuronkislotasi 
bilan efir hosil qiladi, bunda estriol asosan glyukuronid holida, 
estron esa asosan sulfat kislotali efir ko‘rinishida buyraklar orqali 
chiqarib yuboriladi. Progesteron avval jigarda nofaol pregnandiolga 
aylanadi, keyin glyukuron kislotasi bilan efir hosil qilib siydik bilan 
chiqarib yuboriladi.
Tibbiyot am aliyotida tabiiy estrogenlar va ulam ing sintetik 
analoglari keng qoTlaniladi, sintetik analoglar tabiiy gormonlardan 
farqli ravishda oshqozon-ichak traktida parchalanmaydi. Sintetik 
estrogenlarga dietilstilbestrol va sinestrol kiradi, ular stilben 
uglevodorodining hosilalaridir:
dietilstilbestrol 
sinestrol
Bu ikkala preparat va stilbenning boshqa bir qator hosilalari 
onkologik am aliyotda ham qoTlaniladi: ular prostata bezi o‘smasini 
davolashda ishlatiladi.
349


Follikulstim ullovchi gormon (FSG) va lyuteinlovchi gormon 
(LG) gipofizning gonadotrop gormonlaridir. Ular m olekulyar 
m assasi 30 kD bo‘ lgan hamda a- va [3-subbirliklardan iborat boMgan 
glikoproteinlardir. a-subbirliklar 92 aminokislota qoldigTdan va
2 yon uglevod zanjiridan iborat bo‘ ladi hamda tireotropinning 
a-subbirligiga o ‘xshash bo‘ ladi. P-subbirliklar har bir gormonda 
individual tuzilishga ega bo‘ ladi.

Yüklə 405,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə