Samarqand davlat arxitektura-qurilish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/117
tarix20.06.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#89799
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   117
talimda axborot texnologiyalari

Nazorat savollari
1. Dunyo ta’limining rivoji, roli, holati to’g’risida nima deya olasiz?.
2. Ta’limning tavsifiy bahosi nimadan iborat?.
3. Ta’lim muassasasini zamonaviy axborot – ta’limiy muhitini yaratish qanday amalga
oshiriladi?
16-mavzu. Masofaviy o'qitish. Elektron o'quv kurslari (EO'K)ni loyihalash. Elektron o'quv
kursining modeli. EO'Kni yaratishda gipermatn texnologiyasining imkoniyatlari (2 soat).
Mavzu rejasi:
16.1. Masofaviy o'qitish.
16.2. Elektron o'quv kurslari (EO'K)ni loyihalash.
16.3. Elektron o'quv kursining modeli. EO'Kni yaratishda gipermatn texnologiyasining imko-
niyatlari.
Tayanch so’z va iboralar:
masofaviy na’lim, elektron o'quv kurslari, loyihalash, model,
gipermatn texnologiya.
16.1. Masofaviy o'qitish
Masofaviy ta’lim
– o’qitishning o’ziga xos, mukammallashgan shakli bo’lib, u o’zida yangi
axborot texnologiyalari va multimediya tizimiga asoslangan ta’limning kundazgi, kunduzgi –
sirtqi, sirtqi va kechki elementlarini mujassam etadi.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari va elektor nashrlar an’anaviy o’qitish
shakllarining kamchiliklarini bartaraf etishga imkon beradi va bunda ularning barcha
afzalliklarini o’zida saqlab qoladi.
Bunda o’qituvchining vazifasi – ta’lim oluvchilarning o’rganilayotgan fanga bo’lgan
qiziqishini yanada oshirish, ularda mustaqil ta’lim olish malakasini shakllantirish va aqliy
salohiyati ortishini ta’minlash, ularni nostandart masalalarni hal etish va noqulay vaziyatlardan
chiqib ketishni o’rgatishdan iborat. U masalalarni yechish davomida ta’lim oluvchiga
ko’maklashish, uning yo’l qo’ygan, samarali o’qitishni tanlash kabi vazifalarni bajarishda
qo’llaniladi.
Masofadan ta’lim insonning ijtimoiy tajribalarini qamrab olgan madaniyat, uning shaxs
sifatida shakllanishi va rivojlanishi natijalariga sifat jihatidan katta ta’sir ko’rsatadi va xulq –
atvori me’yorlarini belgilaydi.
Demak, masofadan ta’lim shaxs madaniyati tafakkur sohasini qamrab oladi, ya’ni, ong va
turmushning barcha sohalarida insonning ijodiy faoliyatini belgilaydi, uning mavjud
imkoniyatini har tomonlama rivojlantiradi.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə