Samarqand davlat chet tillari instituti ingliz tili fakulteti maktabgacha va boshlang



Yüklə 390,5 Kb.
səhifə4/7
tarix21.05.2022
ölçüsü390,5 Kb.
#87572
1   2   3   4   5   6   7
3-kurs 302-guruh MBT KECHKI Isoqov Bobur kurs ishi\'

II.BOB. GO’DAKLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA GO‘DAKLIK DAVRIDA NUTQNING VUJUDGA KELISHI, KOGNITIV VA PERTSEPTIV JARAYONLARI RIVOJLANISHI UCHUN SHAFT -SHAROITLAR.
2.1 Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari va go‘daklik davrida nutqning vujudga kelishi.
Go‘daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, atrofidagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo‘lgan boladan juda jadal ravishda rivojlanadigan, faol, tez ilg‘aydigan, harakatchan, yordamga chaqira oladigan quvnoq bolaga aylanish davridir. Go‘dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, teran ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o‘rganadi. U atrof-olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo‘li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e'tibor beradi va predmetlarni harakatlantirish yordamida shu tovushlarni o‘zi yaratishga harakat qiladi. U o‘z onasi va boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi. Juda qisqa vaqt ichida, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi.
Ilk yoshdagi bolaning harakat faoliyati uning rivojlanish darajasini va nerv tizimining funksional holatini aks ettiradi. N.D. Levitovning ko‘rsatishicha, yangi harakatlarni egallash analizatorlarning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘langandir, zotan kichkina bola olamni sezish yordami bilan biladigan mavjudot bo‘lganligi sababli, harakatlarning o‘z vaqtida taraqqiy etishi bola umumiy psixik taraqqiyotini ko‘rsatuvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Ilk yoshdagi bolalarning muskullari juda bo‘sh bo'ladi.
Go‘daklik yoshida bolalarni harakat ko‘nikmalari, ayniqsa qo‘l va oyoqlarning murakkab sensor koordinatlashgan harakatlari tez shakllanadi. Bu harakatlar keyinchalik bolalarni bilish va aqliy qobiliyatlarini yuzaga kelishida judayam sezilarli rol o‘ynaydi. Bola qol va oyoq harakatlari hisobiga olam haqida axborotlarni ahamiyatli qismini oladi. Qo‘lning murakkab harakatlari idrokning birlamchi shakliga kiradi va odamning aqliy faoliyatini mukammallashuvini ta'minlovchi uning ajralmas qismiga aylanadi. Bola qo'lning katta impulsiv faolligi hayotining birinchi haftasida namoyon bo'ladi. Bu faollik qo'llarni silkitish, ushlash, barmoqlar harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bola 3-4 oyligida predmetlarga qo‘l uzata boshlaydi, kattalarning yordami bilan o‘tiradi. 5 oyligida u harakatsiz predmetlarni qo‘li bilan ushlay oladi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jumladan, kattalarning tovushlariga e'tibor bera boshlaydi.Go‘daklik davridagi bolaning hayoti to‘liq kattalar bilan hamkorliqdagi emotsional munosabat bilan bog‘liq bo‘lib, bola kayfiyatining yaxshi bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 4-5 oyligidan boshlab, bola o‘z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu yoshdagi bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo‘lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo‘lib hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo‘lishlariga unga o'z diqqatlarini qaratishlariga odatlanishi, uning o‘yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to‘g‘ri olib borilishi bolaning kattalar bilan bo'ladigan muomala- munosabatini predmetlar, o‘yinchoqlar bilan munosabatining almashinishiga olib keladi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha xatti-harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos bo'ladi. Kattalarning bolaga nisbatan emotsional munosabati, ularning gaplariga bolaning o‘z diqqatini qaratishi, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so‘zlami yodida saqlab qolib, emotsiya bildirishi, diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo'ladi. Ikki oylik davridan boshlab bolada oddiy ranglarni ajratish, 3-4 oyligidan boshlab, esa predmetlarning shaklini ajratish layoqati yuzaga kela boshlaydi.
Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yuzini va ovozini o‘zgalarnikidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi.
3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o‘z harakatlari bilan ko‘rish, eshitish yoki gapirishni xohlayotganligini ko‘rsatadilar. 8 oyligidan boshlab esa, bola o‘zgacha muhit va begonalar qo‘liga tushsa, o‘z xavotirini yig‘isi orqali namoyon etadi. Bu xavotli 14-18 oyligida asta-sekinlik bilan kamaya boshlaydi.
2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlarning shakli va hajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir yoshga yetgan bolada atrof muhitni bilishga qiiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko‘zga (tashlanadi.
Go’dak bolalar jismoniy jihatdan tez rivojlanishi bilan birga psixik jihatdan ham juda tez rivojlanadilar. Chaqaloq bolalar psixikasining rivojlanishi, birinchidan, analizatorlarning takomillashuvi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, mustaqil harakatlarining o'sishi bilan bog’liqdir. Analizatorlarning tez takomillashuvi natijasida bola uch oylik bo’lgandan so’ng unda dastlabki shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Demak, ana shu davrdan boshlab bola psixikasi tez rivojlanish yo’liga kiradi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, u dastavval bolada harakat analizatorlari bilan bog’liq bo’lgan, undan so’ng eshitish va ko’rish analizatorlari bilan bog’liq bo'lgan shartli reflekslar yuzaga keladi. Ana shu tariqa barcha analizatorlarga nisbatan har xil murakkablikda shartli reflekslar tobora ko’plab yuzaga kela boradi. Shartli reflekslarning yuzaga kelishi bola psixikasining rivojlanishi uchun moddiy zamin bo’ladi.
Keyitichalik, ya’ni ikki-uch oylik bolalarda analizatorlar faoliyatining takomillashuvi natijasida ta'sir qilayotgan qo’zg’atuvchilarni farqlash qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Dastavval turli ovozlarni, so’ngra ayrim yorqin ranglarni, ta’mlarni, farqlay boshlaydi. Nihoyat, uch oylik bola atrofidagi juda ko'p narsalardan odamni farqlaydigan va odamga nisbatan qandaydir boshqacha reaksiya qiladigan bo'ladi. Uch oylik bola oldiga kelgan odamga tikilib, emotsional munosabatda bo’la boshlaydi. odamga uzoq vaqt tikilib qaraydi. Lablarini harakatlantirib, tilini aylantirib, go’yo odamning nutqiga taqlid qilmoqchi bo’ladi. Ana shu
davrdan boshlab bolalar bilan imkoni boricha mehribonlik ohangida gaplashib turish kerak. Ana shunday munosabatlar natijasida bolada qandaydir aktivlik, kattalarga talpinish reaksiyasi yuzaga keladi. Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo’lgan munosabatdan yuzaga keladigan emotsional reaksiyalarni jonlanish kompleksi deb ataganlar. Bu kompleksda bola uning bilan munosabatda bo’layotgan odamga muloyim tikilib, jilmayadi, qo’l va oyoqlari bilan talpinib qandaydir ovoz chiqaradi. Bolada qandaydir kuchli mamnunlik hissi yuzaga keladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, agar bolalar bilan keragidan ortiq darajada. munosabatda bo’lib, ularda jonlanish kompleksini yuzaga keltira borilsa, ular kattalarga o’rganib qoladilar va o’yinchoqlarga qaramay' qo’yadilar.
Go’dak bola yoshiga to’lguncha juda ko’p harakatlarni o’zlashtirib oladi. Bolaning qiladigan turli-tuman harakatlari orasida qo’l harakatlari psixik taraqqiyoti uchun muhim bo’lgan harakatlardir. To’rt oylik bola narsalarga qo’l cho'zadigan bo’ladi, ammo u hali o’zining qo’l harakatlarini idora qila olmaydi. Bola besh oylik bo’lgach, narsalarni ushlab, uni paypaslab, timirskilab ko’radigan bo’ladi Bolaning qo’l harakatlari atrofidagi narsalarni bilish quroliga aylanadi, chunki u narsalarni paypaslab, timirskilab ko’rish orqali ularning ayrim xususiyatlarini bilib oladi.
Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni egallab borishi juda katta rol o’ynaydi. Bola olti oylik bo’lgach, mustaqil o’tira oladigan bo’ladi. Bola o’tira boshlagandan so’ng uning nazar doirasi kengayib, unda yangidan-yangi taassurotlar paydo bo’ladi. Bola ko’z o’ngida yangi taassurotlarning paydo bo’lishi idrok, diqqat, xotira kabi psixik jarayonlarning rivojlanishiga katta yordam beradi. Bola sakkiz oylik bo’lgach yana bir murakkab bo’lgan harakatni, yani emaklashni boshlaydi. Bola psixikasining rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati kattadir. Emaklay boshlagach, bolaning atrofidagi narsalar bilan munosabatda bo'lish imkonoyati kengayadi. Natijada mustaqil harakat qilib, yangidan yangi narsalarni taniy boshlaydi. Bolani hamma narsa qiziqtiradi. U bir narsani olib ikkinchi narsaga urib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Odatda bu yoshdagi bolalar biror narsaning qopg’og’ini ochib yopishni yoqtiradilar. Bunday harakatlar bolaning qo’l muskullarini mustahkamlaydi va narsalarning turli xossalarini bilib olishga yordam beradi.
Og’ir kasallikka uchramay, jismoniy jihatdan sog’lom o’sgan bola 9- 10 oylik bo’lganda yura boshlaydi. Bolaning mustaqil tarzda yura boshlashi, uning hayotida nihoyat katta hodisadir. Bola yura boshlagandan so’ng uning psixik taraqqiyoti uchun juda katta imkoniyatlar yuzaga keladi. Yura boshlagan bolaning faolligi kun sayin ortib, erkin harakat qilish doirasi kengayadi. Bemalol yura oladigan bola tor uy doirasidan tashqariga chiqish inkonoyatiga ega bo'ladi. Bu esa idrok doirasini kengaytirib mazmumdor bolishiga yordam beradi.
Olti-yetti oylik bolalarda taqlid qilish harakatlari paydo bo’la boshlaydi. Bola psixikasining taraqqiyotida taqlidning roli juda kattadir. Bola juda ko’p harakatlarni va nutqni asosan taqlid qilish orqali egallaydi. Bolani besh-olti oylikdan boshlab nutqni tushunishga o’rgata boshlash lozim. Buning uchun bolaga o’yinchoq yoki biron narsani bir necha marta nomini aytib ko’rsatish kerak. Keyinchalik bolaga ba’zi narsalaming nomi aytilganda, u ko'zlari bilan shu narsani qidirib topadigan bo’ladi. Bu narsa bolaning kattalar nutqini tushuna boshlaganidan darak beradi. Bola nutqni ozmi-ko’pmi tushima boshlaganidan so’ng unga faqat narsalarning nomi emas, balki ayrim sodda harakatlarning nomlarini o’rgata boshlash lozim. Harakatning nomini og’zaki takrorlab ayni vaqtda shu harakatning bajarilishini ham bir necha marta ko'rsatilsa, bola harakatning nomini eshitishi bilan uni bajarishga o’rganadi. Masalan, chapak-chapak, deb takrorlab turib chapak chalinsa bola ushbu so’z aytilishi bilan chapak chaladigan, yosh bolaga “assalom alaykuin”, deb ta’zim qilib ko’rsatilsa, bola shu so’zni eshitishi bilan ta’zim qiladigan bo'ladi.
Bola ayrim so’zlarga tushuna boshlagach, kattalar bilan ko’proq aloqada bo’lishni xohlaydi. Ana shundan foydalanib, bola bilan imkoni boricha ko'proq munosabatda bo’lishga, uning nutqini o’stirishga harakat qilish lozim. Buning eng oson yo’li bola bilan mashg’ul bo’lgan paytda unga eng sodda so’z elementlarini to’g’ri ayta bilishni o’rgatishdir.Chunonchi, kuchukning rasmini ko’rsatib “mana, vov-vov”, mushukning rasmini ko’rsatib, “mana, miyov-miyov”, xo'roz yoki tovuqning rasmini ko’rsatib, “mana ku-ku” deyish kerak.Bunda bolalar “vov-vov”, “miyov-miyov”, “kuk-ku” kabi so’z elementlarini ravon talaffuz qilishga o’rganadilar. Bundan tashqari 9-10 oylik bolalarga o’z tana a’zolarining nomlarini ham o’rgata boshlash kerak. Bolaga - “mana buni”, “mana og’zi”, “mana ko’zi”, “mana qoshi”, “mana qo’li” deb bir necha marta takrorlab ko’rsatilgandan keyin, bola o’z a’zolarining nomini aytish bilan ularni birin-ketin ko'rsatadigan bo'ladi. Keyinchalik bolalarda ana shunday sodda so'zlarni umunlashtirish qobilyatini ham o'stirish kerak. Bolaga “oyingning ko’zi qani”, “qo’g’irchoqning buni qani”, “akangning qo’li qani?” kabi savollar berilsa, bola a’zolarini to’g’ri ko’rsatishga o’rganadi. Bola dastlabki paytlarda tilga tushuna boshlashi katta odamlarning talafifuz intonasiyalari va ularga ko’rsatib qiladigan ishora harakatlari bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun hali yoshiga to’lmagan bolalar har bir so'zni shu so’z orqali ifodalangan konkret narsalar bilan bog’lay olmaydilar. Boshqacha qilib aytganda, yoshiga yetmagan bolalarda ayrim so’zlarni tushunish hali ikkinchi signal darajasiga (ya’ni signalning signali darajasiga) ko’tarilgan emas. Bu degan so’z shuki, hali yoshiga yetmagan bolalar so’zlarini shu so’zlar orqali belgilangan narsalar bilan assosiativ tarzda bog’lash orqali emas, balki intonasiya va imo- ishora, harakatlar orqali tushunadilar. Bolalar nutqining o’sishi ular idroki, xotirasi, taffakkuri, xayoli va irodasi kabi yuksak psixik jarayonlarining rivojlanishiga yordam beradi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bolaning psixikasi uning aktiv faoliyati, turli-tuman harakatlari, o’z atrofidagi narsalarni ko’proq bilib olishi jarayonida rivojlanar ekan, uning erkin harakatlari uchun qulay sharoit yaratish zarur. Bola harakatlarini cheklash esa psixikasining normal rivojlanishiga ma'lum darajada zarar yetkazadi. Shu sababli bolani harakat qilishga imkon bermaydigan holatga solib qo’yish haddan tashqari qattiq siqib yo' rgaklamaslik, uzoq vaqt yo’rgaklangan holatda qolib ketmasligi kerak .Bir yoshga to’lgan davrdan boshlab bolalarga ayrim gigienik odatlarni singdirib borish kerak. Odat qanchalik yoshlikdan boshlab singdirilsa, u shunchalik mustahkam, ya’ni odamning qalbiga shunchalik chuqur joylashadi. Bolalarga dastavval ozodalik odatlarini singdirib borish kerak. Buning uchun ovqatlantirishdan oldin, bolaning oldiga fartukcha yoki sochiqcha tutub qo’yish va ovqatni qoshiqda oz-ozdan olish kerak. Agar ovqat bolaning og’iz atroflariga surkalib tegib ketsa, shu zahotiyoq artib turish kerak. Ana shularning hammasi so’z bilan ifodalab bajarilsa, bola zehn solib turadi va tez orada shunga odatlanib qoladi. Keyinchalik ovqatlanishdan oldin fartukcha yo sochiq tutmasangiz, bolaning o’zi talab qiladigan bo’ladi.

Yüklə 390,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə