Samarqand davlat chet tillari instituti ingliz tili fakulteti maktabgacha va boshlang



Yüklə 390,5 Kb.
səhifə3/7
tarix21.05.2022
ölçüsü390,5 Kb.
#87572
1   2   3   4   5   6   7
3-kurs 302-guruh MBT KECHKI Isoqov Bobur kurs ishi\'

Kurs ishi maqsadi: Chaqaloqlik va go‘daklik davridagi bolalarning rvojlanishi va shakillanishini o‘rganish.
Kurs ishi vazifasi: Chaqaloqlik va go‘daklik davrida bolalarning to ona qornidan boshlab shakillanishi, rvojlanishi hayotga kelishi ona bilan muloqoti hayotiy rvojlanishi prinsiplarini o‘rganish.
Kurs ishi metodi: Kuzatish, ma’lumtlar to’plash,tahlil qilish, psixologik xususiyatkarni aniqlash.
Kurs ishi obyekti: chaqaloqlik va go'daklik yoshidagi bolalarni kuzatish va tahlil qilish.
Kurs ishi tuzilishi: Mazkur kurs ishi elementar chaqaloqlik va go‘daklik davridagi bolalarning keng ko‘lamli rvojlanishi oid manbalar va uslubiy tavsiyalarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishi ahamiyati: Fan-texnika va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi maktabgacha ta'lim oldiga o'sib kelayotgan yosh avlodlarga ta'lim-tarbiya berish jarayonini uzluksiz takomillashtirish vazifasini qo'yildi va mazkur kurs ishida aynan ushbu masalani hal qilish .

I.BOB. CHAQALOQLIK DAVRIDA PSIXOLOGILK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA SENSOR, PERTSEPTIV HAMDA KOGNITIV RIVOJLANISHI PREDMETLAR BILAN O‘YNASHI HIS-TUYG‘UNING O‘SISHI.

1.1 Chaqaloqlik davrida psixologilk rivojlanish xususiyatlari


Bolaning chaqaloqlik davri jismoniy jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Odatda odamning yoshi tug‘ilgan kunidan boshlab hisoblanadi. Lekin aslida odamning dunyoga kelishi, rivojlanishi tug‘ilmasdan ilgarigi, ya’ni ona qomidagi davridan boshlanadi. Bola onaning qornidaligi davrida, ya’ni to‘qqiz oy mobaynida juda tez va juda murakkab taraqqiyot davrini boshidan kechiradi, uning keyingi rivojlanishi ona qornidagi taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir.Shuning uchun bolaning tug‘ilganga qadar bo‘lgan taraqqiyotiga ham diqqat-e’tibor bilan qarash lozim, chunki tug‘ilgunga qadar ham bolaga tashqi muhit ta’sir qiladi. Lekin bu ta’sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqali bo‘ladi. Homiladorlik davrining har jihatdan normal o‘tishi bolaning ona qornidagi normal taraqqiyoti va har jihatdan to‘kis bolishini ta’minlaydi. Bolaning tug‘ilgandan keyin bir yoshgacha davri nisbatan kam harakat va “nutqsiz” taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o‘sishi va taraqqiyoti tor — oila va yasli doirasida kechadi. Ammo shunday bo'lsa ham bu davr har jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilangina ovqatlanadi, u hali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. Bu davrda bola ojiz bolib, kattalarning doimiy va to‘g‘ri parvarish qlishlariga muhtoj bo'ladi.Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha bo'lgan bolalarning tashqi qiyofalari katta odamlaming tashqi qiyofalaridan ancha farq qiladi. Yangi tugilgan bolaning boshi gavdasiga nisbatan juda ham katta (gavdasining to‘rtdan bir qismiga barobar), bo‘yin deyarli yo‘q darajada qisqa, gavdasi uzun, oyoq-qo‘llari gavdasiga nisbatan qisqa bo'ladi. Katta yoshli odamning boshi gavdasining sakkizdan bir qismiga to‘g‘ri keladi.Bundan tashqari chaqaloq bolaning yuzi juda kichkina bo'ladi, chunki yuqorigi va pastki jag‘lari hali ishlamaganligi tufayli rivojlanmagan bo‘ladi. Chaqaloq bolalar ichki organlarining holati va faoliyati ham katta odamlamikidan anchagina farq qiladi. Masalan, o‘pkadagi havo kiradigan mayda pufakchalarning soni miqdor jihatdan katta odamlarniki bilan barobar bo‘lsa ham, ular juda mayda bo'ladi (katta odamlarnikiga nisbatan uch barobar kichik bo'ladi). Shuning uchun chaqaloq bolalar katta odamlarga nisbatan uch barobar tez nafas oladilar. Chaqaloq bola bir minutda 50-60 marta nafas olsa, katta yoshdagi odam xuddi shu vaqt ichida 14-16 marta nafas oladi. Chaqaloq bola jismoniy jihatdan juda tez o‘sayotganligi tufayli sof havoga ayniqsa muhtoj bo'ladi. Ilk yoshdagi bolalarning taraqqiyotida, buni albatta hisobga olish zarur.Agar chaqaloq bola o‘ringa o ‘ng‘ay holatda yotqizilmasa, siqib yo‘rgaklansa va ochiq havoga olib chiqilmasa, uning nafas olishida qo‘shimcha qiyinchilik vujudga keladi.Chaqaloq bolaning yuragi katta odamning yuragiga nisbatan anchagina tez uradi. Masalan, katta odamning yuragi bir minutda o‘rtacha 70-75 marta ursa, chaqaloq bolaning yuragi 120 va undan ortiq marta uradi. Buning asosiy sababi chaqaloq bolalar yuragining har bir qisqarishida bosib chiqargan qon hajmining (miqdorining) ozligi, yurak muskullarining hali zaifligi bilan bogliq. Bundan tashqari, chaqaloq bolalar yuragining nisbatan tez urishi ular organizmida modda almashishi jarayonining intensivligi, jadalligi bilan ham bog'liqdir.Chaqaloq bolalarda badanning haroratini idora qilish hali yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Chaqaloq bolalarda tanasining vazniga qaraganda terisining umumiy sathi (yuzasi) nisbatan katta hamda terisi katta odamlar terisiga qaraganda ancha yupqa bo'ladi. Shu sababli ular normal taraqqiyot uchun kerakli haroratni yo‘qotib sovqotishi mumkin. Bolaning ortiqcha harakatlari ham, ovqat yeyishi ham temperaturasiga ta ’sir qiladi. Shu sababli chaqaloq bolalarni tarbiyalashda rejimning ahamiyati nihoyatda kattadir. Chaqaloq bolalarni hamisha o‘z vaqtida ovqatlantirish, uxlatish va o‘z vaqtida u bilan shug‘ullanish (gaplashish, o‘ynatish) kerak.Chaqaloq bolalarning ovqat hazm qilish a’zolari ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Ularning oshqozonlari hali juda kichkina, oshqozon va ichak muskullari rivojlanmagan, juda zaif bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning eng yaxshi ovqati ona sutidir. Bolalar katta odamlarga nisbatan tez-tez ovqatlantiriladi. Buning sababi ravshan. Agar katta odamlarga ovqat sarf qilgan quvvatlarni tiklash maqsadida kerak bo'isa, bolalar uchun esa ovqat sarf qilgan quvvatlarini tiklashdan tashqari o ‘sishlari uchun ham kerak. Bolaning organizmi to‘xtovsiz o ‘sadi, buning uchun esa juda ko‘p ozuqa moddalar kerak bo'ladi. Ozuqa moddalari bola ovqat orqali oladi. Shu sababli bolaning jismoniy jihatdan normal o ‘sishida o ‘z vaqtida ovqatlanishi va ovqatning sifati juda katta ahamiyatga ega. Normal tug'ilgan bolaning o‘rtacha vazni 2800-3500 g, bo‘yi 45-52 santimetr boladi, bir yil davomida uning vazni va bo‘yi ayniqsa sezilarli o‘zgaradi. Normal o ‘sib ulg‘ayayotgan bola yarim yoshga eytganida uning vazni ikki barobar, bir yoshga yetganida esa uch barobar ortadi. Bolaning vazni dastlabki oylarda, ayniqsa, bir-uch oyligida tez ortadi. Keyinroq borib vaznning ortishi birmuncha sekinlashib boradi va bir yoshga to'lgach, bolaning vazni 9 kg ga yetadi.Tarbiyachi bolalarning umumiy psixik taraqqiyotlari va psixologik sifatlarini turli faoliyatlar jarayonida o‘rganib, ular haqida to'la ma'lumotlarga ega bo'la olmaydi. To'la ma'lumotga ega bo'lish uchun tarbiyachi bolaning uy sharoitida, hulq-atvori va xatti-harakatlariga doir ma'lumotlardan ham xabardor bo'lish i shart. Tarbiyachi har bir bolaning fel-atvori va xatti-harakatlariga doir kuzatgan faktlarni yozma ravishda qayd qilib borishi va har bir bolaga maktabga chiqish oldidan to'la psixologik-pedagogik xarakteristika tuzishi.Bir yoshga to'lgunga qadar bolaning bo‘yi ham juda tez o‘sadi. Xuddi vazni kabi bolaning bo‘yi ham dastlabki oylarida ayniqsa tez o‘sadi. Keyin bo‘yining o‘sishi ham ancha sekinlashadi. Agar bola bir yoshga to'lguncha taxminan 25 sm ga o‘ssa, keyingi ikki yil ichida faqat 18 sm ga o‘sadi.Yangi tugilgan bolaning suyaklari, ya’ni skeleti hali katta odamlamiki singari qattiq va mustahkam bo'lmaydi. Chaqaloq bolaning skeleti deyarli yumshoq tog‘aydan iborat bo'ladi. Keyingi taraqqiyot davrida, ya’ni bir yoshga to'lguncha uning skeleti suyakka aylana boshlaydi. Agar bola chaqaloqlik davrida noto‘g‘ri parvarish qilinsa, uning skeletidagi turli qismlar noto‘g‘ri o ‘sib, biror yeri qiyshiq bo'lib qolishi mumkin. Ko‘pchlik hollarda bolaning noto‘g‘ri o ‘sishi, noto‘g‘ri yotishi natijasida umurtqa suyagi qiyshayib qolishi mumkin, chunki umurtqa suyagi juda elastik (egiluvchan) bo'ladi.So‘nggi yillarda bolalar organizmining noto‘g‘ri parvarishi bilan bog'liq bo'lgan skolioz kasalligi haqida ko‘p gapirilmoqda. Darhaqiqat, bolalarda paydo bo'lgan skolioz (umurtqa suyagining qiyshayib qolishi) kasalligi ko‘pchilik hollarda bolalar gavdasining normal o‘sishiga ota-onalar va tarbiyachilarning befarq munosabatda bo'lishlari tufayli yuzaga keladi. Skolioz (bukir) kasalligi juda og‘ir majruhlikdir. Skolioz asosan ichki yo'l bilan paydo bo'ladi. Ulardan birinchisi tug‘ma skolioz bo‘lsa, ikkinchisi individual hayot davomida orttirilgan skoliozdir. Biz asosan ana shu individual hayot davomida bo'ladigan skoliozning oldini olishimiz, ya’ni uning paydo bo'lishiga yo'l qo‘ymasligimiz kerak. Skolioz kasalligi dastavval mutlaqo bilinmaydi va juda sekinlik bilan rivojlanadi, vaqt o‘tishi bilan u ko‘zga tashlana boshlaydi.Skolioz kasalligi qiyin davolanadi. Uni davolashda ortoped- vrachlar juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keladilar. Skolioz kasaligi o‘g‘il bolalarda ham, qiz bolalarda ham uchraydi. Qiz bolalarning muskul va skeletlari o‘g‘il bolalarga nisbatan zaifroq bo‘lganligi tufayli ular skolioz kasaligiga moyilroq bo'ladilar. Bolalarda uchraydigan skolioz kasaligi muskul va skeletlarning tez o‘sishi va ushbu o‘sish davrida bolalarning noto‘g‘ri o‘tirishlari va yotishlari tufayli vujudga keladi. Skolioz kasaligiga uchragan bola o‘ta nogiron qiyofaga kirib qoladi.Skolioz kasaligiga uchramaslik uchun bola yotadigan to‘shak tekis, boshiga qo‘yiladigan yostiq ham ortiqcha baland bo'lmasligi kerak. Bola yurishni o'rganayotganda goh o‘ng, goh chap qo'lidan ushlab unga yordam berish lozim. Ana shu kabilarga rioya qilgandagina bolani skolioz (bukir) kasalligidan saqlab qolish mumkin.




1.2 Chaqaloqlikda pertseptiv va kognitiv rivojlanish hamda predmetlar bilan o‘ynash his-tuyg‘uning o‘sishi

Chaqaloq tug'ilgandayoq amalda qo‘llashga tayyor bo'lgan sensor va harakat malaka instinktlariga ega bo‘ladi, buning olamga moslashib olib o‘z rivojlanishida tezgina o‘sib ketishga yordam beradi. Chaqaloqda tug‘ilganidan boshlab, masalan, ko‘pgina murakkab harakatlar, asosan organizmni yetilish jarayonida genetik berilgan dastur asosida, shuningdek, reflektor, ya’ni bu harakatlar dasturi kaliti sifatida kodlangan o‘ziga xos ichki va tashqi rag‘batlar ta'sirida hayotining birinchi soatlaridan keyin maxsus tayyorgarliksiz, darhol yuzaga keladi. Go'daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovqatga. issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo‘naltirilgan xatti- harakatlarning tug‘ma, instinktiv shakillari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo‘lgan xatti-harakatlarni va yangi tajribalarni egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning borligi go‘dak yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridandir. Organik ehtiyojlarning yetarli darajada qondirib borilishi, to‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi, rejim va to‘g‘ri tarbiya natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan taassurotlarga ega bo‘lishiga. harakatga, muloqotga, nisbatan yangi turdagi ehtiyojlar turkumi yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Bola tug‘ilishining birinchi haftasidanoq, uning ko‘rish va eshitish sezgilari jadal sur’atda rivojlanadi. Tug'ruqxonalarda bolalar hayotlarini birinchi kunidayoq kunduzgi yorug'lik tushib turgan deraza tarafiga yuzi bilan instinktiv buriladi. O'tkazilgan tadqiqotlardan aniqlandiki, tug‘ilganiga bir yarim sutka bo'lgan bola miyasida ko‘rish organiga rangli qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga javob potensiallarini ko‘rish mumkin. Bu vaqtga kelib miyada shartli reflekslar shakllanishi joyiga keladi. Hid bilish eng muhim sezgi organi sifatida u tug‘ilgandan keyin darhol ishlay boshlaydi. Shunday o‘ziga. xoslikka oddiy ko‘rish, harakat va eshitish ham ega. Bola hayotining boshlang‘ich ikkinchi oyida og‘zini chetiga qandaydir predmet bilan teginganda, bunga javoban reflektor qobiliyatini namoyon etadi, barmoqlari ustiga tegilsa, ularni qattiq siqib oladi, qo'llari, oyoqlari boshi bilan umumiy koordinatlashmagan harakatlarni amalga oshiradi. Unda yana
harakatlanayotgan ob’ektlarni ko‘zi bilan kuzatish, ular tomoniga boshini o'girish qobiliyati ham mavjud.Chaqaloq narsalarning mazasini ajrata oladi. U boshqa narsalar mazasiga qaraganda shirin suyuqlikni xush ko‘radi va hatto shirinlik darajasini aniqlay oladi. Chaqaloq hidlarni sezadi, ularga boshini burish, yurak urishi va nafas olishi chastotasining o‘zgarishi bilan javob beradi. Yana bola organizmiga o‘zini saqlash va rivojlanishiga yordam beruvchi jarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida aytib o‘tish joizdir. Ular ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish. tana harorati, moddalar almashinuvi jarayonlari va hokazolarni boshqarish bilan bog‘liq. Shubhasiz, so‘rish, himoyaviy, mo‘ljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch harakati va qator boshqa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bularni barchasi bola hayotining ikkinchi oyida aniq ko‘rinadi.
O'tkir yorug'likdan bola «bevosita» ta'sirlanadi, ya’ni o'tkir yorug'likka qaray olmay, undan ko‘zini yumadi. Predmetlami ko‘z bilan idrok qila olmaydi, chunki ularda ko‘rish mexanizmi hali o‘sib yetmagan bo'ladi, bu mexanizmlar kattaroq yoshda paydo bo'ladi. Yetti - to‘qqiz kunlik bola ba'zan sekin harakatlanayotgan predmetga qarab qoladi, lekin uzoq vaqt qarolmaydi. Ko;zini bir nuqtaga qaratish psixik taraqqiyotda muhim rol o‘ynaydi. Bola ikki-uch oylik bo'lganda, yaqinidagi predmetlarni ikki ko‘zi bilan kuzata oladi, unda asosiy rang va shakllarni farq qila olish qobiliyati paydo bo'ladi. Olti oyligida u ranglarga nisbatan o‘z munosabatini ham bildira boshlaydi, yoqqan rangiga intilsa, yoqmaganini itaradi, undan yuzini o‘giradi. Yangi tugilgan bolaning eshitishi zaifiroq bo'ladi, shunga ko‘ra u hali o‘zi eshitib, odatlanib qolmagan juda kuchli qo‘zg‘ovchilarga javob beradi, lekin ovozning qaysi tomondan kelayotganligini ajrata olmaydi. Bola ikkinchi oyining oxirlariga borgandagina eshitayotgan tovushiga e’tibor bera boshlaydi, tovushning qayerdan kelayotganini qidirib, u yoq bu yoqqa qaraydi. Tovush manbaini topishni o‘rgangan uch oylik bola gapirayotgan kishini o‘z ko‘zlari bilan tez topib oladi, o‘sha tomonga qarab, gapiruvchiga o‘z munosabatini ifodalaydi. Ana shu vaqtdan boshlab, uning tevarak-atrofiga bo‘lgan munosabati ancha kengaya boradi.
Bolaning tobora diqqat bilan eshita va ko‘ra borishi uning umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. Lekin ko‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar faqat bolaning tevarak-atrof bilan o‘zaro munosabatida bo‘lishi natijasida takomillashadi. Bolaning o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olishi ma'lum hayot tajribasi natijasidir. Bolaning eshitish orqali idrok etishi ham oldindan tovushlarni ajratishga va ularni sintez qilishga o'rganib boradi. Bolaning eshitib bitib olishi shartli bog‘lanishlarning sifatiga bog‘liqdir. Yangi tug‘ilgan bolada diqqat qilish qobitiyati bo'lmaydi. Unda turli qo‘zg‘ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha qisqa bo‘lsa, uning o‘zi uchun tanish va yangi bo‘lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli bo'ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning o‘tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yordam beradi.
Bola organizmiga o'zini saqlash va rivojlanishiga yordam beruvchi jarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida aylib o‘tish joizdir. Ular ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olishi tana harorati, moddalar almashinuvi jarayonlari va hokazolarni boshqarish bilan bog‘liq. Shubhasiz, so‘rish, himoyaviy, mo‘ljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch harakati va qator boshqa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bularning barchasi bola hayotining ikkinchi oyida aniq ko‘rinadi.
Tug'ilganidan boshlab bolaning nafaqat sezgi organlari ishlashga tayyorligi ma'lum bo'lmay, balki bosh miyasi ham faol ishlay boshlaydi. Onalar chaqaloqning faqatgina psixika va xulqning tug‘ma shakllarnigina bilmasdan, balki organizimini tabiy rivojlantirish jarayonini aqlan bilishi kerak. Hayotining birinchi oylarida harakatlarning rivojlanishi alohida ahamiyatga ega.
Chaqaloq motorikasi tug'ilganidan boshlab yetarticha tashkiliylikka ega, u holatlarni boshqarishga mo'jallangan ko‘pgina mexanizimlarni o‘z ichiga oladi. Chaqaloqda ko‘pincha oyoq-qo'llarining yuqori harakatchanlik faolligi paydo bo'ladi, bu kelajakda koordinatlashgan harakatlarni murakkab majmuini shakllanishida ijobiy ;ahamiyatga ega. Chaqaloq bolalarda qo‘l-oyoqlar bukilib, barmoqlar musht bo'lib turadi.
Hayotining birinchi oylarida, bola bezovtalangan paytlarda, qo‘l va oyoqlarning harakati juda betartib, bir-biriga moslashmagan, beixtiyor holda bo'ladi. Keyin harakatlar asta-sekin «ongli»lashib boradi va bu luirakatlar yangi sezgilarning manbai bo'lib xizmat qiladi, bu murakkabroq harakatlarga o‘tishni tayyorlaydi. 3-3,5 oylik bola, unda aniq koordinatsiyalashgan harakat bo‘lmasa ham, qo'llarini o'yinchoqlarga uzatadi. Aniq koordinatsiyalashgan harakat 4 oyli bolada yaxshi ko‘rinadi. Bola o‘yinchoqni bemalol qo'liga ololadi. Uni tutib olib, u-bu yog‘iga qaraydi, og‘ziga tegizib ko‘radi va shu yo‘l bilan ko'plab har xil taassurotlar oladi. Ikki oylik bola, qorni bilan yotqizib qo'yilsa, boshini ko‘tara boshlaydi. Uch oylikda esa yotgan holda tirsagiga tiranib turadi va bemalol u yoq-bu yoqqa qaray oladi. Shu bilan birga, qo‘ltig‘idan tutib turilsa, oyog‘ida turadi. 8-8,5 oyligida boshqalarning yordamisiz o‘tira oladi, emaklaydi va biror narsaga suyanib oyog‘ida tura oladi. 12-13 oyligida o‘tirib, tura oladi, birovning yordamisiz qadam qo‘ya oladi, demak, bola yura boshlaydi. Bolaning vaqtida yurib ketmasligiga salomatligining nochorligi, chaqaloqligida ko‘p kasal bo‘lganligi va umumiy harakat hamda sezgi organlarining kech rivojlanishi sabab bo‘ladi. Bolaning harakatlari rivojlanishi hayotini birinchi yilida judayam tez maromda kechadi, o‘n ikki oy ichida erishilgan taraqqiyot hayratlarni.
Cheklangan qo‘I-oyoq, boshni tug‘ma umumiy elementar harakatli' to‘plamidan iborat imkoniyatga ega bo'lgan, amalda yordamga muhtoj mavjudotdan bola kichkina odamga aylanadi, u nafaqat ikki oyoqda oson turuvchi, balki muhitda nisbatan ozod va mustaqil harakatlanuvchi oyoqlar harakati bilan bir vaqtda fazoda qo‘l bilan murakkab boshqaruv harakatlarini va atrofdagi olamni tadqiq etishga mo'jallangan harakatlarni amalga oshira oladi. Yangi tug'ilgan bolada diqqat qilish qobiliyati bo'lmaydi. Unda turli qo‘zg‘ovchilar ta'sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha qisqa bo'lsa, uning o‘zi uchun tanish va yangi bo'lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli bo'ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma'lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning o‘tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yordam beradi.

Yüklə 390,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə