Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Agrar sohaga innovasiyalarni joriy etish va “Aqlli qishloq xo’jaligi” texnologiyalarini amaliyotga tadbiq etish bo’yicha



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə63/103
tarix31.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#114555
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH

8. Agrar sohaga innovasiyalarni joriy etish va “Aqlli qishloq xo’jaligi” texnologiyalarini amaliyotga tadbiq etish bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasining ijrosini ta’minlash maqsadida «Aqlli qishloq xo’jaligi»ni rivojlantirish bo’yicha takliflar Qishloq xo’jaligi vazirligiga taqdim etildi.
Isroil davlatining «Tal-Ya Agriculture Solution LTD» kompaniyasining cho’l hududlarida qo’llanadigan yangi innovasion texnologiyasidan foydalanish choralari ko’rilmoqda. Hozirda mazkur texnologiya Qoraqalpog’iston Respublikasida Orolbo’yi innovasion markazida tadbiq etish ishlari olib borilmoqda.
Cho’l hududlardagi qishloq xo’jaligi ekinlarini boshqarish sistemasini joriy etishda eng zamonaviy boshqaruv tizimlaridan foydalanish bo’yicha Isroil davlatining AGRINOZE Group kompaniyasi bilan hamkorlik o’rnatildi. Loyihaning asosiy maqsadi yer egalari va fermer ho’jaligining samaradorligini oshiradi, energiya va suv harajatlarini kamaytirish hamda ekinlar hosildorligini va rentabilligini oshirishga yordam beradi.
Vazirlik tashabbusi bilan Orolbo’yi innovasiya markazining Mo’ynoq ilmiy-ishlab chiqarish uchastkasida jami 16 turdagi cho’l o’simliklari va 23 turdagi manzarali o’simliklar ekildi.
Qoraqalpog’iston ilmiy tadqiqot instituti bilan birgalikda kunjut, kungaboqar va jo’xorining “shokolad” navi, Qoraqalpoq davlat universiteti va Nukus davlat pedogogika instituti bilan birgalikda kinoa, amaranta va rastoropsha donli va dorivor o’simliklari ekildi.
Yaponiyaning OYO korporasiyasi bilan yopiq ildizli tizimda saksovul yetishtirish texnologiyasi sinovdan o’tkazilmoqda. Ushbu texnologiya bo’yicha 3 ming dona blok-inkubatorlar tayyorlandi. Kioto universiteti (Yaponiya) tomonidan avtonom mini meteostansiya o’rnatilib, ob-havo, tuproq, yer osti suvlari o’zgarishini kuzatish tashkil etildi.
Koreyaning “Kcoopsagro” qishda isitish tizimisiz qovun yetishtirish tehnologiyasi o’zlashtirildi. Ushbu texnologiya ko’magida yilning xohlagan vaqtida hosil olish imkoniyati yaratiladi.
Koreya kompaniyasi va Xorazm qovunchilik markazi o’rtasida hamkorlik o’rnatildi. Bundan tashqari, Taxiatosh tumanida 5 ga joyda fermer xo’jaligida qovunchilik xo’jaligi tashkil etish bo’yicha kelishuvga erishildi.
Orolbo’yi xalqaro innovasiya markazi tomonidan “Mo’ynoq” va “Samanbay” ilmiy uchastkalarida 67 tur noyob qovun navlari, 20 tur dorivor o’simliklar, 1300 ta mevali daraxt ko’chatlari va ko’klamzorlashtirish maqsadida 38105 ta manzarali daraxt ko’chatlari ekildi. Lizimetrik tadqiqot o’tkazish uchun maxsus maydoncha qurilishi olib borilmoqda. Yomg’ir chuvalchangi yordamida vermikompost tayyorlash tajribasi o’tkazilmoqda. Chahbani Technologies (CHAHTECH SA, Tunis) kompaniyasi olimlari bilan hamkorlikda innovasion tuproq ostidan sug’orish texnologiyasi asosida irrigasiya tizimini joriy etish loyihasi ishlab chiqildi, loyihani moliyalashtirishga xalqaro donorlarni jalb etish choralari ko’rilmoqda.
Koreyaning “KJ-Tec Co., Ltd” kompaniyasi tomonidan Samarqand viloyatida “KJ Welmut” QK tashkil etildi. Umumiy qiymati 2 mln. dollar bo’lgan “Yarim pakana yong’oqni innovasion texnologiyalar asosida yetishtirish” loyihasi doirasida Koreyadan 50 ming doll. pakana va yarim pakana yong’oq urug’lari keltirilib, 4 ga maydonga (0,5 gektar issiqxonada) ekildi. Yetishtirilgan ko’chatlar Samarqand, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari xo’jaliklariga yetkazib berildi. Qo’shimcha ko’chatzor va yong’oq plantasiyalari yaratish maqsadida Jizzax viloyati Forish tumanida 100 ga yer maydon ajratildi.
Xorijiy kompaniyalar tashabbusiga muvofiq O’zbekiston fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda O’zbekiston menejerlar assosiasiyasi “Agrofeed” (Vengriya) bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminarlar o’tkazildi. Jumladan, “Agrofeed” (Vengriya), “Petersime” (Belgiya) kompaniyalari bilan ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etildi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə