Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


 Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash bo’yicha ishlar to’g’risida



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə71/103
tarix31.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#114555
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   103
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH

14. Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash bo’yicha ishlar to’g’risida
Respublika miqyosida barcha ixtisosliklar bo’yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga davlat byudjeti hisobidan qabul kvotalari soni 10 foizga oshirildi. Natijada, 2019 yil jami doktoranturaga qabul qilinganlar soni 1119 nafarni tashkil etgan bo’lsa, 2020 yilda bu ko’rsatkich 1546 nafarga yetkazildi.
Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalaridagi ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar yetishmovchiligini oldini olish maqsadida birinchi marotaba maqsadli doktoranturaga qabul yo’lga qo’yildi.
Tasarrufida ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar mavjud bo’lgan vazirlik va idoralardan 2021 yil uchun oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limga bo’lgan ehtiyoj aniqlandi.
Bundan tashqari, http://phd.mininnovation.uz cayti ishga tushirilgan bo’lib, unga 36 ta vazirlik va idoralar, ular tasarrufida bo’lgan ilmiy darajali kadrlar tayyorlash institutlari mavjud 163 ta OTM va ilmiy tashkilotlar ma’lumotlarni joylashtirdi. Ayni paytda ushbu saytda 117 nafar doktoranturada1443 nafar tayanch doktoranturada tahsil olayotgan va 2162 nafar mustaqil izlanuvchilik institutida o’qiyotgan izlanuvchilar bo’yicha ma’lumotlar bazasi jamlandi.
Dasturda ishlashni o’rgatish maqsadida vazirlik xodimlari tomonidan 3 marotaba seminar-trening o’tkazildi, 2 ta yo’riqnoma ishlab chiqildi2 ta video yo’riqnoma yaratildi va vazirliklar, idoralar, OTM va ilmiy tashkilotlarga taqdim qilindi.
Shu bilan birga, doktorlik dissertasiyalari ustida faoliyat olib borayotganlar to’g’risida elektron baza shakllantirildi. Unga ko’ra hozirda respublika bo’yicha doktorlik dissertasiyalari ustida faoliyat olib borayotganlar soni 8452 nafarni tashkil etadi, shundan, tayanch doktoranturada 3330 nafar, doktoranturada 266 nafar hamda mustaqil izlanuvchilikda 4856 nafar.
Bundan tashqari, tasarrufida OTM va ilmiy tashkilotlari mavjud bo’lgan vazirlik va idoralardan 2021 yil uchun jami 3728 nafar talabgorga qabul kvotalari bo’yicha buyurtmalar shakllantirilgan bo’lib, shundan, tayanch doktoranturaga 2968 nafar, doktoranturaga 563 nafar, maqsadli tayanch doktoranturaga 175 nafar hamda maqsadli doktoranturaga 22 nafarni tashkil etadi.
Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimi mavjud oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va ularda tahsil olayotgan doktorantlar to’g’risida 14 ta hududlar kesimida ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.
2021 yil uchun respublika bo’yicha jami 1 800 nafar doktoranturaga qabul kvotalari uchun o’rin ajratildi, bu o’tgan yilga nisbatan 1,2 baravarga ko’p (2020 yilda 1 546 nafar doktoranturaga qabul kvotasi ajratilgan). Shundan, tayanch doktoranturaga 1 555 nafar, doktoranturaga 141 nafar o’rin ajratildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bu yilda birinchi marta 2021 yil uchun maqsadli doktoranturaga 104 nafar izlanuvchiga qabul kvotasi bo’yicha joy ajratildi. Shundan, maqsadli tayanch doktoranturaga 102 nafar, maqsadli doktoranturaga 2 nafar o’rin ajratildi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə