Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Fanlar akademiyasi va ilmiy tashkilotlari bilan amalga oshirilgan ishlar



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə69/103
tarix31.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#114555
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH

12. Fanlar akademiyasi va ilmiy tashkilotlari bilan amalga oshirilgan ishlar
Fanlar akademiyasining 15 ta ilmiy tashkilotlarining umumiy qiymati 117 mlrd. so’mlik 80 dan ortiq ilmiy ishlanmalari tijoratlashtirilmoqda.
Fanlar akademiyasi buyurtmasiga muvofiq Materialshunoslik, Immunologiya va inson genomikasi va Biorganik kimyo institutlari uchun 11 tur ilmiy laboratoriya jihozlari bo’yicha 1340,78 ming AQSh doll. shartnomalar tuzildi.
Bundan tashqari, Fanlar akademiyasi Ion plazma va lazer texnologiyalar, Yadro fizikasi, Astronomiya, Kimyo va fizika polimerlari, Biorganik kimyo instituti, Materialshunoslik (savdo bo’lib o’tmagan jihozlari bo’yicha) Xorazm Ma’mun akademiyasi, Seysmologiya, Umumiy va noorganik kimyo, Zoologiya institutlariga 143 turdagi 3894,46 ming AQSh doll. ilmiy laboratoriya jihozlari xarid qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Fanlar akademiyasi buyurtmasi bo’yicha tasarrufidagi tegishli muassasalari uchun eng maqbul takliflarni tanlash asosida 1 613,5 ming AQSh doll. ilmiy laboratoriya jihozlari xaridlarini amalga oshirish maqsadida Davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga e’lon joylashtiriladi.
Mahalliy olimlarni ilmiy-texnik ma’lumotlarning xalqaro bazalaridan foydalanishlarini yo’lga qo’yildi;
“Springer Nature” nashriyoti bilan yana bir shartnoma imzolanib, o’quv seminarida faol ishtirok etgan yosh olimlar orasidan 100 nafari tanlab olinib, ilmiy maqolalar yozish bo’yicha 15 ta moduldan iborat onlayn o’quv kursi tashkil etildi.
“ProofReading Services” portaliga jami 451 ta maqola kelib tushdi. Ushbu maqolalardan portalda keltirilgan texnik talablarga mos keluvchi 49 ta maqola saralab olindi. Saralab olingan maqolalar Springer Nature kompaniyasi mutaxassislari tomonidan qabul qilinib, tegishli jurnal talablariga muvofiq tahrir qilindi. Tahrirlangan maqolalar va tegishli sertifikat maqola mualliflariga yuborildi. Hozirgi kunda 3 ta maqola horijiy jurnallarda chop etildi.
2020 yilda zamonaviy Milliy Laboratoriyalarni yaratish bo’yicha sa’y-harakatlar doirasida “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi. Unga muvofiq 2020 yilning 19 fevral kuni tarkibiy va funksional kompozision materiallar xalqaro ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini yaratish bo’yicha xorijiy loyiha mas’ullari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Fanlar akademiyasi Navoiy bo’limi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan chigitni bentonit gillari kukuni bilan qobiqlab ekish usulini tijoratlashtirish yo’lga qo’yildi. Ilmiy ishlanmani tijoratlashtirish, qishloq xo’jaligiga joriy etish hamda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadida, “Azkamar” MChJ bilan lisenziya shartnomasi imzolandi.
Joriy yilning 24 aprelida “BIG Data Analytical Technologies” Xalqaro Tadqiqot Laboratoriyasini tashkil etish loyihasi (Daniyaning Kopengagen universiteti) taqdimoti eshitildi. Olingan materiallar asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomiga Milliy laboratoriyalarni tashkil etish bo’yicha takliflar tayyorlanmoqda.
Maxalliy olimlar xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kirish huquqiga ega;
Ilmiy tashkilotlar xodimlari uchun xorijiy grant dasturlariga talabnomalarni tayyorlash bo’yicha o’quv dasturi ishlab chiqildi. 30-31 yanvarda Birinchi seminar chet ellik ekspert – S.Makarov jalb etilgan holda o’tkazilib, unda 100 dan ortiq ilmiy tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi. Mazkur seminar natijasida bugunga qadar 70 ta xorijiy grant dasturlari topildi, ularga ko’ra 65 ta ilmiy tashkilotlar tomonidan 140 ga yaqin talabnomalar tayyorlandi.
Shuningdek, iqtisodiyotning real sektorida mahalliy olimlarning innovasion "yashil" texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bo’yicha ilmiy dasturni moliyalashtirish uchun konseptual buyurtmani ishlab chiqish va BMTning Yashil iqlim jamg’armasiga (GCF) taqdim etish maqsadida sanoat-tadqiqot tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Umumiy qiymati 107,6 mln. AQSh dollariga teng 10 ta loyiha buyurtmasi olindi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə