|
Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti Nazariy va amaliy mexanika kafedrasib1c5bbe02af98b6a7bff99222b365a67 ROBOTOTEXNIKAGA KIRISHTizimli yondoshuv.
Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida
mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g’inlarni o‘zaro
bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv:
shaxsning jarayonli sifatlarini
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlantirish va intensivlashtirish,
o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyati, tashabbuskorligini ochishga
yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv.
Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish
zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-
o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.
Demokratik tenglik, ta’lim beruvchi
va ta’lim faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda
birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim.
Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali
ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Axborotni taqdim etishning zamonaviy vositalari va qo‘llash.
Yangi
kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
O‘qitishning usullari va texnikasi.
Ma’ruza (kirish, mavzuga oid,
vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari,
amaliy ishlar.
O‘qitishni tashkil etish shakllari.
Dialog, polilog, muloqot hamkorlik va
o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O‘qitish vositalari.
O‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni)
bilan bir qatorda kompyuter va axborot texnologiyalari.
Dostları ilə paylaş: |
|
|