Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi


O‘quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/39
tarix15.07.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#119613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
b1c5bbe02af98b6a7bff99222b365a67 ROBOTOTEXNIKAGA KIRISH

O‘quv fanining maqsadi va vazifalari. 
Robototexnika fani fizika-matematika yo‘nalishidagi fan hisoblanadi. U 
matematika va fizika fanlarini amaliy ilmiy va injenerlik fanlari bilan bog’lovchi 
asos hisoblanadi.
Robototexnika talabalarda ilmiy va injenerlik ishlaridagi fikrlarini oshirish
masalalarni qo‘yabilish va ularni yechish, masalalarni sonli natijalargacha olib 
kelishda asosiy fan hisoblanadi. Ilmiy ishlar olib boruvchilar uchun qo‘yilgan 
masalani ilmiy va amaliy yechishlarini topishda Robototexnika fani keng 
qo‘llaniladi. 
Fan bo‘yicha talaba bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

Fanni o‘zlashtirgandan keyin talaba: 
Robototexnika fanining asosiy masalasi va ularni yechish, Robototexnikaning 
asosiy qonunlari va prinsiplari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
Robototexnika bo‘limlari: statika: kuchlar sistemasi va ularning muvozanat 
shartlari, kinematika: robot qismlarning harakati, harakat turlari harakat qonunlari 
va kinematik xarakteristikalari (tezlik, tezlanish, burchak tezlik, burchak tezlanish 
va h.k.), dinamika: robot, robot qismlari va mexanizmlarni o‘rganish va tahlil 
qilishlar haqida nazariy bilimlarga ega bo‘lishi; 
Fanning hamma bo‘limlari: statika, kinematika va dinamika masalalarini 
yechish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallashi; 
Robototexnika masalalarini yechish, tahlil qilish va mexanik xulosalar chiqara 
bilish malakalarini egallashi; 


Robototexnikaning nazariy va amaliy masalalarining qo‘yilishi va yechimlari
haqida tegishli xulosalar chiqarish kompetensiyalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi va uslubiy 
jihatdan uzviy ketma-ketligi

Robototexnika fani matematika, fizika, geologiya va boshqa mexanika fanlari 
bilan uzviy bog’langan. Robototexnika masalalari matematika metodlari bilan
yechiladi, undan keyin mexanik xulosa qilinadi. Fizika masalalari esa 
Robototexnikaning qonunlari, prinsiplari, teoremalari va tenglamalari yordamida 
yechiladi. Robototexnika fanining barcha masalalari yechimi uchun nazariy 
mexanika fani asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə