Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


To’garak mashg’ulotlarini tahlil qilish metodlar



Yüklə 2,57 Mb.
səhifə8/61
tarix27.06.2022
ölçüsü2,57 Mb.
#90164
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
2 5339481197535828357

To’garak mashg’ulotlarini tahlil qilish metodlar.

Mashg’ulot jarayonida o’quv materiallari: kitoblar, testlar, tarqatma materiallar, o’quv-yozuv jihozlari (marker, oq qog’oz, elim, qaychi, o’chirg’ich, chizg’ich, rangli kartochkalar va boshqalar) bo’lishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Ushbu ish bilan tanishgan ta’lim muassasasi xodimlari quyidagi ko’nikma va malakalarga ega bo’lishadi:
 mashg’ulotni tahlil etish maqsadini tushuntirish;
 ochiq to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish va tahlil etish;
 to’garak mashg’ulotlarning tahliliga tayyorgarlik ko’rish;
 to’garak mashg’ulotlari tahlili turlarini aytib berish;
 mashg’ulotlarni tahlil etishda, uning asosiy mezonlarini ishlab chiqish;
 mashg’ulotlarni aniq mezonlariga ko’ra tahlil qilish;
 kuzatilgan to’garak mashg’ulotini baholash;
 kuzatilgan to’garak mashg’ulotini hujjatlashtish.
Darsdan tashqari ta’lim tizimida uslubiy ishlarni tashkil etish va rivojlantirish, to’garak rahbarlari o’rtasida tajriba almashinuvi va to’garak mashg’ulotlarini sifatli tashkil etishni yo’lga qo’yish maqsadida to’garak mashg’ulotlarini tahlil qilish alohida ahamiyatga ega. Bunday tahlil o’quv jarayonini yanada sifatli tashkil etishning samaradorligini oshiradi.
To’garak mashg’ulotlari jarayonida pedagogning kichik guruhlar bilan ishlash faoliyati natijalarini aniqlash maqsadida bir necha mezonlar belgilanadi, ular quyidagilar:
 mazmun (berilgan mavzuning to’liq mazmuni bayon etilishi kerak);
 faollik (guruhdagi to’garak a’zolari faolligi nazarda tutiladi);
 dizayn (taqdim etilayotgan mavzuga ijodiy yondashishi);
 reglamenti (har bir to’garak mashg’ulotining yagona vaqtga amal qilinishi);
 taqdimot va natija (tahsil oluvchi, ekspert va tahsil beruvchi).
Mashg’ulot tahlilini shartli ravishda quyidagi 4 turga bo’lish mumkin:
1. Ilmiy.
2. Metodik.
3. Didaktik.
4. Umumpedagogik va umumpsixologik.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə