Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


Umumpedagogik va umumpsixologik tahlil



Yüklə 2,57 Mb.
səhifə10/61
tarix27.06.2022
ölçüsü2,57 Mb.
#90164
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
2 5339481197535828357

Umumpedagogik va umumpsixologik tahlil – bu to’garak mashg’ulotining ilmiy, metodik va didaktik jihatlarning majmuini nazarda tutadi:
 O’quv xonasining jihozlanganlik darajasi;
 O’quv xonasining sanitar-gigienik holati;
 To’garak a’zolari bilimiga qo’yiladigan bahoning adolatli va izohli bo’lishi;
 To’garak mashg’ulotida to’garak a’zolarining o’zlashtirish sifati;
 To’garak mashg’ulotida to’garak rahbari asosiy maqsadiga erisha olganligi;
 To’garak rahbarining to’garak mashg’ulotini tashkil etish va mashg’ulot bosqichlaridan to’g’ri foydalanishi;
 To’garak mashg’ulotining ilmiylilik jihati;
 To’garak mashg’ulotining metodik jihati;
 To’garak mashg’ulotining didaktik jihati.
2-MAVZU. TO’GARAK ISHLARINI TASHKIL QILISH VA O’TKAZISH METODLARI.
Reja:
1. Ochiq to‘garkalar tashkil etishdan koʻzlangan maqsadlar
2. Metodistlar toʼgarak tashkil etishda belgilagan meʼyor va bosqichlar
3. Toʼgarak tashkil etuvchining kamchiliklarini tahlili.
---------------------------------------------------------------------------------------------
Tayanch so‘z va iboralar: Metod, kamchiliklar, metodistlar maslahati, ochiq toʼgarakalar, kuzatish, pedagogik mahorat.



  1. Ochiq to‘garkalar tashkil etishdan koʻzlangan maqsadlar

Muayyan to’garak mashg’uloti bo’yicha o’quv dasturidagi mavzuni to’garak a’zolari, shuningdek, ushbu mavzuga qiziqish bildirgan va maxsus taklif etilgan pedagoglar ishtirokida turli shaklda o’tkaziladigan mashg’ulotlar ochiq to’garak mashg’ulotlari deb ataladi.
Ochiq to’garak mashg’ulotlarini tashkil etishdan maqsad ish yuzasidan tajriba almashish, ta’lim berishning ilg’or metodlarini yoyish, kamchiliklarni bartaraf etib, uni tuzatishga yordam berish.
Shuningdek, ta’lim muassasasi pedagoglarining fan, texnika va texnologiyalar sohalari bo’yicha jahonda erishilgan yutuq va yangiliklardan xabardor bo’lishlariga erishish va ular asosida zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalangan holda to’garak mashg’ulotini tayyorlash, o’tkazish va shu tariqa ta’lim sifatini oshirish hamda tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligini ta’minlashdan iboratdir.
Ochiq to’garak mashg’ulotlarini o’tkazish vazifalariga quyidagilar kiradi:
 to’garak a’zolariga sohadagi so’nggi yutuq va yangiliklarni etkazish;
 ta’lim sifatini boshqarishda fan, ishlab chiqarish va jamoatchilik ishtirokini ta’minlash;
 ilmiy-uslubiy jihatdan etuk to’garak mashg’uloti materiallarini targ’ibot etish;
 yosh pedagog kadrlarning kasb mahoratini oshirish;
 yuqori saviyadagi ochiq mashg’ulot mualliflarini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish.
Ochiq to’garak mashg’ulotlari, odatda, o’z sohasi bo’yicha taniqli yoki ilmiy daraja va unvonlarga ega bo’lgan tajribali to’garak rahbarlari tomonidan o’tkaziladi.
Har bir ochiq mashg’ulotga yaxshilab tayyorlanib, to’garak mashg’ulotining barcha bosqichlari va vaqtning taqsimlanishi puxta o’ylanishi, mashg’ulot ko’rgazmali o’quv qurollari, texnik vositalari, ta’lim metod va ta’lim shakllari bilan to’g’ri tanlangan bo’lishi kerak.
Ochiq to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish tartibi. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ochiq to’garak mashg’ulotlari o’quv rejadagi barcha to’garak mashg’ulotlarida o’tkazilishi mumkin. Ochiq to’garak mashg’ulotlarini o’tkazish rejasi o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ochiq to’garak mashg’ulotini o’tishdan avval kengaytirilgan reja tuzib, unda mashg’ulotdan ko’zda tutilgan o’quv tarbiyaviy ishlar maqsadi, uni amalga oshirish bosqichlari ko’rsatiladi.
Mashg’ulot mavzusi, uslubi, qo’llaniladigan texnik vositalar to’garak rahbari tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Ochiq to’garak mashg’ulotlarining sifatli o’tilishi to’garak rahbarining mashg’ulotga qay darajada tayyorlanganligiga bog’liq.
To’garak rahbari birinchi navbatda ochiq to’garak mashg’uloti rejasini puxta ishlab chiqish kerak, ochiq to’garak mashg’uloti rejasida mashg’ulotning mavzusi (mavzuchalar), mashg’ulotning maqsadi, mazmunini to’liq ochib beradigan savollar, mashg’ulot davomida zarur bo’ladigan ko’rgazmali qurollar, texnika vositalari va to’garak a’zolari bilimlarini nazorat qilish uchun savollar hamda to’garak mashg’ulotini o’tish elementlari (metodlari)dan foydalana olishi kerak.
Ochiq to’garak mashg’uloti vaqtidan mazmunli foydalanish uchun oldindan to’garak mashg’uloti rejasiga, aniq tushinarli savollarni kiritish kerak.
Har bir to’garak mashg’ulotining mavzusini 2-3 ta rejaga ajratib, mashg’ulot mavzusi yuzasidan savollar tayyorlab doskaga yozib qo’yilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bu mashg’ulot vaqtini tejab qoladi va to’garak a’zolarining diqqatini bir joyga jamlaydi. Mashg’ulot vaqti kamligini inobatga olgan holda mavzuning kerakli, qiziqarli tomonlarini tanlab oladi.
To’garak a’zolarining to’garak mashg’ulotlarni o’zlashtirishi mashg’ulotni to’g’ri tashkil etilishiga bog’liq. Lekin mashg’ulot o’tish sxemasi bir qolipda o’tkazilishi shart emas. Reja strukturasidagi bo’limlarni to’garak rahbari ijodiy yondoshib ketma-ketligini o’zgartirishi mumkin. To’garak a’zolarining mavzuni o’zlashtirishlariga qarab, qo’shimcha elementlardan foydalanishi mumkin.
Ochiq to’garak mashg’ulotlarini e’lon qilish. Ochiq to’garak mashg’uloti o’tkazilishi haqidagi axborot ta’lim muassasalarida bir hafta oldin e’lon qilinadi. E’londa ochiq to’garak mashg’uloti mavzusi, to’garak rahbarining familiyasi, ismisharifi, ilmiy darajasi, unvoni va toifasi hamda ochiq to’garak mashg’ulotni o’tkazish kuni, joyi va vaqti ko’rsatiladi.
Ochiq to’garak mashg’ulotlarida ushbu mashg’ulotni tashkil etayotgan muassasaning yosh pedagog-metodistlarining qatnashishi tavsiya etiladi.
Ochiq to’garak mashg’ulotlari muhokamasini uyushtirish. Ochiq to’garak mashg’ulotlarining mazmun-mohiyati va ilmiy-uslubiy saviyasi bo’yicha muhokamasi ochiq to’garak mashg’ulotidan so’ng, uslubiy kengashning navbatdan tashqari yig’ilishlarida davom ettiriladi.
Har bir ochiq to’garak mashg’uloti tugashi bilan unda ishtirok etgan pedagoglarda olingan taassurotlar yangiligida muhokama qilinadi. Muhokamani uslubiy kengash raisi boshlaydi. U mashg’ulotning maqsadini eslatib o’tadi va ochiq to’garak mashg’uloti o’tgan to’garak rahbariga so’z beriladi. Mashg’ulotda kerakli maqsadga erishdimi yo’qmi, mashg’ulotning qaysi jihatlari yaxshi o’tdi-yu, qanday kamchiliklar bo’ldi, to’garak a’zolarining bilimida qanday kamchiliklar aniqlandi va umuman o’tilgan ochiq to’garak mashg’ulotini qanday baholashi haqida gapiradi.
So’ngra mashg’ulot haqida unda qatnashgan pedagoglar va ta’lim muassasasi rahbari fikr bildiradi. Ular mashg’ulotni tahlil qiladilar, mashg’ulotning yutuq va kamchiliklarini, mashg’ulotning u yoki bu bosqichini qanday o’tganda yaxshi bo’lishi aytilib metodik tavsiyalar beriladi. Muhokama ishchanlik ruhida, har tomonlama tanqidiy va eng muhimi xayrihohlik bilan o’tishi kerak.
Ochiq to’garak mashg’ulotini o’tish katta diqqat-e’tiborni talab qiladi, hatto eng tajribali to’garak rahbari ham ba’zi narsalarni esdan chiqaradi. Ochiq mashg’ulotni malakali tahlil qilish, tarbiyaviy talablarning amaliy ahamiyatini ochib berish, barcha o’qituvchi va muhandis-pedagoglar uchun yaxshi maktab rolini o’taydi.
To’garak mashg’uloti tahlili, pedagog faoliyatini o’rganish va tekshirish, pedagogik ishning ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur bilishga asoslanilgan malakali yordamdir.
To’garak rahbarlari bir-birlarining mashg’ulotlariga kirishlari ularni tajriba almashish tartibida tahlil qilishlari va o’z ishlarini yanada takomillashtirish yo’llarini qidirishlari maqsadga muvofiqdir. To’g’ri tashkil etilgan nazorat to’garak rahbarlarining eng yaxshi tajribalarni aniqlash hamda uni ommalashtirish choralarini ko’rishda yordam beradi.


  1. Yüklə 2,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə