Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


Metodistlar toʼgarak tashkil etishdagi belgilagan meʼyor va bosqichlar



Yüklə 2,57 Mb.
səhifə11/61
tarix27.06.2022
ölçüsü2,57 Mb.
#90164
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
2 5339481197535828357

Metodistlar toʼgarak tashkil etishdagi belgilagan meʼyor va bosqichlar.

O’quv ishini nazorat qilish doimiy, rejali ob’ektlar bo’lishi kerak. Uni shunday tashkil qilish kerakki, u to’garak rahbarlarida ijobiy tashabbusni, o’quv ish holatiga javobgarlik hissini uyg’otsin.
Metodistlar to’garak mashg’ulotlarini tahlil qilishda quyidagi tayyorgarlik bosqichlarini ko’rishi lozim:
1. To’garak mashg’ulotlariga kirish maqsadini aniqlash;
2. To’garak mashg’ulotlarini tekshirishni rejalashtirish;
3. To’garak mashg’ulotlarini nazorat qilishga tayyorlanish;
4. To’garak mashg’ulotlariga kirish;
5. To’garak mashg’ulotlari tahlili.
O’quv muassasasi metodistlarining to’garak mashg’ulotlariga kirishdan maqsadi. Metodistlarning to’garak mashg’ulotlariga kirishlaridan maqsad:
1. To’garak mashg’uloti mazmunining o’quv dasturiga muvofiqligini aniqlash;
2. O’rganilayotgan materialning ilmiy rejasini va uning g’oyaviy yo’nalishini aniqlash;
3. To’garak mashg’ulotlarida didaktikaning asosiy tamoyillariga rioya qilinayotganligini tekshirish;
4. To’garak mashg’uloti turi o’qitishning metod va tamoyillarini to’g’ri tanlanganligini tekshirish;
5. To’garak mashg’ulotining tarbiyaviy ahamiyatini tekshirish;
6. To’garak rahbarining mashg’ulot o’tishga va mazkur mashg’ulotni olib borishga tayyorgarligini tekshirish;
7. To’garak mashg’ulotining to’g’ri tashkil qilinmaganligini baholash.
Maqsadiga ko’ra nazorat quyidagi turlarga bo’linadi:
Frontal (kundalik umumiy tekshirish).
Tematik nazorat bu nazoratning amalda eng ko’p tarqalgan turi hisoblanadi va pedagogning ish tizimini o’rganishdir. To’garak rahbarining ta’lim-tarbiyaviy ishining sifatini frontal usulda tekshirganda ular o’z vazifalarini qanchalik vijdonan va batartib bajarayotganliklarini, qanday yordamga muhtojliklarini aniqlash kerak.
To’garak mashg’ulotlariga bunday maqsadlarda kirish har bir o’quv yili doirasida bir me’yorda rejalashtiriladi. Ilgarigi ishlarida kamchiliklar (pedagogik mahoratning pastligi, mashg’ulotlarining yomon rejalashtirilganligi, to’garak a’zolari bilim va ko’nikma sifatlarining pastligi guruhda intizomning yomonligi) va shu kabilar sezilgan to’garak rahbarlarining o’quv mashg’ulotlarini tez-tez nazorat qilib turish maqsadga muvofiq bo’ladi.
To’garak mashg’ulotlarini tekshirishni rejalashtirish. O’quv muassasasi metodistlarining to’garak mashg’ulotlariga kirishlari puxta o’ylangan reja bo’yicha olib boriladi. Rejalashtirilgan nazorat o’z vaqtida xatolarning oldini olish va o’qitishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish imkonini beradi
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonning holat va mazmunini nazorat qilish rejasini o’quv muassasasining direktori (ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari va metodisti bilan birgalikda) har bir o’quv yiliga o’quv muassasasi hususiyatlari, pedagogik jamoasining kvalifikatsiyasi, o’quv yili yoki yarim yilligining natijalarini nazarda tutgan holda tuzadi. Pedagogik nazorat o’quv muassasasidagi metodik ish kompleksi bilan har tomonlama bog’langan bo’lishi kerak.
To’garak mashg’ulotlariga kirish to’garak mashg’ulotlari jadvali, to’garak rahbarlarining ish rejalari va boshqa shartlarga ko’ra rejalashtiriladi. Endigina to’garak rahbari faoliyatini yuritayotgan yoshlarning to’garak mashg’ulotlariga zaruriyat tug’ilganda kirish, ularning ishlari bilan tanishish hamda ular qanday yordamga muhtojligini aniqlash, tajribali to’garak rahbarlarining mashg’ulotlariga esa ularni o’rganish va tajribalarini o’quv muassasasining etarlicha tajribaga ega bo’lmagan yosh xodimlari o’rtasida tarqatish maqsadida kiriladi.
O’quv muassasasi pedagog xodimlarning to’garak mashg’ulotlariga kirishni o’quv yiliga mo’ljallab rejalashtirish maqsadga muvofiq. Mana shunday rejalar asosida mashg’ulotlarga kirishning oylik, haftalik rejalari ham ishlab chiqiladi. Ularda mazkur davrda mashg’ulotlarda o’rganilayotgan dasturning bo’limlari yoki mavzulari aniqlanadi, mashg’ulotlarga kiriladigan sanalar, tekshirishning shakli va metodlari ko’rsatiladi.
To’garak mashg’ulotlarini nazorat qilishga tayyorlanish. O’quv muassasasi uslubchilari tomonidan qilingan pedagogik nazoratning saviyasi va ta’sirchanligi avvalo ularning tayyorlanish darajasiga bog’liq. To’garak mashg’ulotlarini to’g’ri tahlil qilish uchun metodistlar ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni va tashkil qilinishining to’garak a’zolarini o’qitish va tarbiyalashning metod va shakllarini, hozirgi zamon ilmiy-texnika, pedagogika, metodikaga doir va boshqa adabiyotlarni kuzatib borishlari kerak.
To’garak mashg’ulotiga kirishdan oldin metodist:
 to’garak mashg’ulotiga kirish maqsadini aniqlaydi;
 kirishi mo’ljallangan to’garak mashg’ulotida o’rganiladigan o’quv materialining mazmunini bilib oladi;
 mazkur to’garak bo’yicha dastur talablari va shunga muvofiq o’quv qo’llanmasi, metodik adabiyotlar bilan tanishadi;
 to’garak mashg’uloti jurnalini ko’rib chiqadi;
 to’garak a’zolarining joriy o’zlashtirishlarini tahlil qilib, o’tilgan materialning to’garak mashg’ulotlari jurnalida qayd qilinishi, kelajak mavzular rejasiga muvofiq kelishini hamda bo’lajak to’garak mashg’ulotida o’rganiladigan mavzuni aniqlaydi.
To’garak mashg’ulotini tahlil qilish va mashg’ulot davomida o’z kuzatishlarini yozishni tahliliy namunasini o’ylab qo’yadi.
Nazariy to’garak mashg’ulotlarini tekshirishni boshlashdan oldin tekshiruvchiga o’quv xonasining holati, o’quv ko’rgazmali qo’llanmalarning belgilangan normativlariga muvofiqligi, ularning holati, zamonaviy ta’lim texnologiya vositalari hamda ko’rsatmali qurollar bilan ta’minlanganligi bilan tanishib chiqish tavsiya qilinadi.
To’garak mashg’ulotlariga kirish. To’garak mashg’ulotiga kirish, uni o’tishni tahlil qilish, ta’lim-tarbiyaviy jarayonni nazorat qilishning asosi hisoblanadi. Ta’lim muassasasi rahbarlarining to’garak mashg’ulotlariga kirishlari ularga to’garak a’zolarini o’qitish va tarbiyalashning haqiqiy ahvoli, pedagog xodimlarning muvaffaqiyati va kamchiliklari bilan tanishishning imkonini beradi, bu esa o’z navbatida ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yaxshilashga yordam beradi.
Nazariy to’garak mashg’ulotlariga kirishda mashg’ulot boshlanishidan oldin yoki to’garak a’zolari bilan birga kirish tavsiya etiladi. To’garak mashg’ulotlari haqida to’liq tasavvurga ega bo’lish uchun to’garak mashg’ulotining boshidan oxirigacha kuzatish kerak.
Agar to’garak rahbarining o’quv ishini joriy tekshirish mo’ljallansa, to’garak mashg’ulotlariga kirish haqida oldindan ogohlantirib qo’yish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Agar asosiy maqsad to’garak mashg’ulotlarini tematik o’rganish, yo’lyo’riq berish, to’garak rahbarining malakasini oshirish bo’lsa, bunday to’garak mashg’ulotlariga maxsus tayyorgarlik ko’rishlari uchun ularni oldindan ogohlantirib qo’yish maqsadga muvofiqdir. Ayrim hollarda etarlicha tajribaga ega bo’lmagan to’garak rahbarining to’garak mashg’ulotiga kirishdan oldin u bilan birgalikda mazkur mashg’ulotlarga qo’yiladigan talablarni tahlil qilish, uning ba’zi metodik masalalarini ijodiy hal qilishga yordam berish tavsiya qilinadi.
Tekshiruvchi tahlildan so’ng qisqa yozuvlar asosida to’garak mashg’uloti haqida to’g’ri xulosa tuza olish yoki batafsil tahlil qila olishi uchun kuzatuvchan, diqqatli bo’lishi, ko’rgan va eshitganlarini yodida saqlay bilishi kerak.
To’garak mashg’ulotiga kirgan vaqtda to’garak a’zolarining daftarlari bilan albatta tanishish, yozuvlarning batartibligi, savodliligi, daftarlarning to’garak rahbari tomonidan tekshirilishining doimiy va sifatiga e’tibor berish kerak.
Tekshirish natijalari maxsus hujjat xizmatini o’tovchi nazorat jurnaliga yoziladi. Har bir rahbar xodim bu jurnalga kirgan mashg’ulotlari xaqidagi o’z xulosalarini yozadi va batafsil tahlil qiladi, ta’lim-tarbiya jarayonidan olingan barcha faktlarni bajarishlari kerak bo’lgan tadbirlarni qayd qiladi. Jurnallardagi bunday yozuvlar asosida to’garak mashg’ulotlari tahlili yozilib, pedagogik xodimlarning mulohaza va takliflari, tarbiya va o’qitish bo’yicha ijobiy tajribalar bilan tanishib chiqishlari uchun uslubchilar xonasiga ilib qo’yiladi.




  1. Yüklə 2,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə