Samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə8/49
tarix05.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98225
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI

Proyektiv metodlar.
Proektiv metod - shaxsni o'rganish metodlaridan biri. Unda shunday eksperimental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar sinaluvchilar tomonidan talqin etilishi mumkin bo'ladi. Aynan sinaluvchining bergan talqinini tahlil etish orqali uning shaxsi haqida muayyan xulosalar chiqariladi.
Chunki muayyan eksperimental vaziyatni talqin etar ekan proeksiya mexanizmi tufayli sinaluvchi o'z ichki kechinmalari, o'y-xayollari, orzulari, qo'rquv va xavotirlarini tashqariga chiqaradi. Makatbgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaganda qo'llaniladigan odatdagi proektiv metodikalar quyidagilardan iborat: "Bola appertseptsiya testi", "Oilaviy ustanovkalarning Jekson testi", "Dyuss ertaklar metodikasi" va hokazolar. Ushbu metodikalarni qo'llash asosan individual ish jarayonida amalga oshirilib, ancha ko'p vaqt talab etadi. Proektiv metod asosida o'tkazilgan tadqiqot natijalarini talqin etishda tadqiqotchidan katta mahorat talab qilinadi.
Faoliyat mahsulini o'rganish metodi.
Faoliyat mahsulini o'rganish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni or'ganish haqida gap ketganda, birinchi navbatda, bolalarning tasviriy faoliyati mahsullarini tahlil qilish nazarda tutiladi. Shu tufayli tasviriy faoliyat mahsullarini o'rganishga asoslangan metodlar o'z nomi bilan grafik metodlar deb ataladi. Grafik metodlar o'z ichiga rasm chizish metodikalari - "Odamni chizgin", "Avtoportret", "Erkin mavzudagi surati", "Dunyo surati", "Oila rasmi", "Oilaning kinetik surati", "Uy, daraxt, odam" "Geometrik shakllardan odam rasmini yig'ish", "Daraxt" grafik testi, "Grafik diktant" va boshqalarni oladi. Yuqorida tilga olingan metodik vositalar adabiyotlarda batafsil tahlil etilgan.


Test. Test - shaxsga xos muayyan psixologik sifatning rivojlanish darajasini o'lchash uchun xizmat qiladigan topshiriqlar yig'indisi. Test metodida muayyan standart topshiriq va vaziyatlar (testlar) qo'llaniladi.
Ushbu metod bir qator ustun tomonlarga ega: tadqiqotni sinaluvchilarning katta guruhi bilan o'tkazish mumkin; natijalarni hisoblash va qayta ishlash ancha yengil va sodda. Metodning asosiy kamchiligi shundaki, u bolaning kelajakdagi rivojlanishi haqida ma'lumot berolmaydi.
Psixologiya fanida hozirda maktabgacha yoshdagi bola shaxsiga xos xususiyatlar, uning emotsional-irodaviy sohasiga xos sifatlar, motivatsion sohasiga tegishli xususiyatlar, individual-tipologik xususiyatlar, bolaning bilish jarayonlariga xos xususiyatlarni aniqlaydigan maxsus test to'plamlari mavjud.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə