Samarqand davlat universitetining


Intizomiy jazolarni qo‘llash tartibi



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə13/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

Intizomiy jazolarni qo‘llash tartibi. Intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qo‘llaniladi.
Intizomiy jazo qo‘llanishdan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi. Nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilgan kundan boshlab 6 oy o‘tgandan moliya xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa sodir etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tgandan so‘ng jazoni qo‘llab bo‘lmaydi. Jinoiy ish bo‘yicha yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi. Intizomiy jazo (xodimga) to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror xodimga ma'lum qilinib, tilxat olinadi.
Mehnat intizomini ta'minlash. Mehnat intizomini mehnat uchun rag‘batlantirish va mukofotlash usullari bilan normal tarzda ishlashga zarur tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratib berish, noinsof xodimlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash orqali ta'minlanadi.

  1. mavzu: Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar

Reja:

  1. Xodimni ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar.

  2. Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlarga qo‘yiladigan talablar.

Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati MKning 80-moddasida ko‘rsatilgan. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:

  • pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatni, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va turar joyidan ma'lumotnomani;

  • mehnat daftarchasi (birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno) o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma'lumotnomani;

  • harbiy xizmatga majburiyatlar harbiy biletni, chaqiriluvchilar harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;

  • qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini bitirganligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ishga kiruvchi tomonidan pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat taqdim etilishi quyidagi maqsadlarda ko‘zda tutiladi:

  • ishga kiruvchining shaxsi va ishga qabul qilish uchun yo‘l qo‘yiladigan yoshi haqida ishonch hosil qilish;

  • uning harbiy majburiyatga munosabatini aniqlash;

  • ushbu joyda ro‘yxatdan o‘tganligi haqida ishonch hosil qilish. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar ularga amaldagi qonun hujjatlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 22-dekabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizom», «Xorijiy shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashashga ruxsatnomalari to‘g‘risida nizom» va boshqalar) talablariga javob berishi kerak. «O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizom»ning 42-moddasi fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasportlar bilan shuningdek propiskasiz ishga qabul qilinishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini nazarda tutadi. MK hali pasportga ega bo‘lmagan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilinishiga yo‘l qo‘yar ekan, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.




  1. Yüklə 287,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə