Samarqand davlat universitetining


mavzu: Xodimlarning mehnat faoliyatlarini rasmiylashtirish



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə21/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

mavzu: Xodimlarning mehnat faoliyatlarini rasmiylashtirish

Reja:

  1. Xodimlarning mehnat faoliyatlarini rasmiylashtirish tartibi.

  2. Mehnat daftarchalari — xodimlarning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat sifatida.

  3. Ichki mehnat tartibi qoidalari.

Mehnat daftarchalari xodimlarning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat bo‘lib, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat'i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda besh kundan ortiq ishlagan, shu jumladan, muayyan muddatga yollanganlarga, shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urta qilinishi ko‘zlangan taqdirda, shtatlar jadvalidan tashqari xodimlarga ham yuritiladi.
Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs bo‘lmagan fuqarolarga hamda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda ishlovchilarga mehnat daftarchalarini berish, mehnat stajini belgilash pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan beriladi. Ilk bor o‘zining mehnat faoliyatini shunday ishlarda boshlagan xodimlarga mehnat daftarchalarini berish jamg‘armaning tuman bo‘linmalari tomonidan rasmiylashtirilib beriladi.
Mehnat stajining davomiylik muddati to‘g‘risidagi yozuv Pensiya jamg‘armasiga tegishli ajratmalarning to‘langanligi haqida berilgan hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda jamg‘armaning tuman bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur faoliyat davrida bo‘lgan shaxslarning mehnat daftarchalari ularning egalari boshqa ishga joylashganlariga qadar Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlarida saqlanadi.
Ish beruvchilar har bir xodim uchun mehnat daftarchalari ochadilar, zarurat bo‘lganda ish davrini ish stajiga kiritish uchun xodimlarning ish davri to‘g‘risida ma'lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritib boradilar.
Pensiyalari muddatidan oldin tayinlangan shaxslarning mehnat daftarchalariga umumiy asoslarda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgunga qadar, yoki ishga kirguncha mahalliy mehnat organlarida saqlanadi.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:
— pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatni, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va turar joydan ma'lumotnomani;

  • mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. O‘rindoshlik asosda ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joydan ma'lumotnomani;

  • harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishli harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqida guvohnomani;

  • qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma'lumotnoma yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan huj jatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Mehnat daftarchalari O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida, qoraqalpoq yoki O‘zbekiston Respublikasining davlat tillarida ish beruvchi tomonidan xodimning ishtirokida to‘ldiriladi.
Mehnat daftarchasiga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi:
Xodim to‘g‘risida: ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, ma'lumoti, kasbi, mutaxassisligi;
Ish to‘g‘risida: ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida.
Shuningdek, xodimning iltimosiga ko‘ra mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlaganlik va vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrlari haqidagi yozuvlar ham kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari sabablari mehnat daftarchasiga yozilmaydi.
Mehnat daftarchasiga intizomiy jazolar to‘g‘risidagi ma'lumotlar yozilmaydi. Mehnat daftarchasiga ishga qabul qilinishi, boshqa doimiy ishga o‘tkazilishi kabi barcha turdagi yozuvlar buyruqning mazmuniga mos bo‘lishi shart.
Ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga ko‘chirish va mehnat shartnomalarini bekor qilish to‘g‘risidagi mehnat daftarchasiga kiritiladigan har bir yozuv bilan ish beruvchi ushbu daftarcha egasini shaxsiy varaqasini imzolash yo‘li bilan 3 kun muddat ichida tanishtirilishi lozim. Xodimning ishi, boshqa doimiy ishga ko‘chirilishi va hokazolar to‘g‘risida noto‘g‘ri yoki noaniq yozuvlar aniqlangan taqdirda, ular bunday yozuvni kiritgan ish beruvchi tomonidan to‘g‘rilanadi va tasdiqlanadi. Yangi ish joyidagi ish beruvchi buning uchun xodimga tegishli yordam ko‘rsatishi lozim.
Zarur hollarda ish beruvchi xodimlarning iltimosiga binoan mehnat daftarchalaridan ish to‘g‘risidagi ma'lumotlarning ko‘chirmasini yozib, tasdiqlab beradi. Noto‘g‘ri yoki noaniq ma'lumot yozib qo‘ygan korxona tugatilgan bo‘lsa, unda xatoni uning huquqiy vorisi, agar vorisi bo‘lmagan taqdirda, shu tugatilgan korxona bevosita bo‘ysungan yuqori tashkilot tuzatadi. Ular ham bo‘lmagan taqdirda tegishli arxiv tomonidan kiritiladi.
Xodimning ishi yoki boshqa doimiy ishga ko‘chirilishi va shu kabilar haqidagi to‘g‘rilangan ma'lumotlar buyruqning asl nusxasiga aynan mos bo‘lishi kerak. Agar buyruq yo‘qolib qolgan bo‘lsa, yoki u xodim bajargan ishga nomuvofiq bo‘lgan taqdirda, mehnat daftarchasidagi ishi haqidagi ma'lumotlari to‘g‘rilab yozib qo‘yish, bajargan ishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarga asoslanib amalga oshiriladi. Guvohlar ko‘rsatmasi mehnat daftarchasiga o‘zgartirishlar kiritishga asos bo‘lmaydi.
Mehnat daftarchasining «Ish to‘g‘risidagi ma'lumotlar» bo‘limida ilgarigi yozilgan xato yoki noaniq yozuvlarni chizib o‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish organlari tomonidan xodim g‘ayriqonuniy ravishda bo‘shatilgan yoki boshqa doimiy ishga ko‘chirilgan deb topilib ilgarigi ishga qayta tiklanganda, yozuvlar yuqorida keltirilgan tartibda bekor qilinadi. Jumladan, son-

  1. raqamli yozuv bekor qilindi, oldingi ishiga tiklandi deb yoziladi. Bunday hollarda ishga tiklash to‘g‘risidagi buyruq 4-ustunda ko‘rsatiladi.

Xodim to‘g‘risidagi ma'lumotlar mehnat daftarchasining birinchi betiga yoziladi. Familiyasi, ismi, otasining ismi qisqartirishsiz to‘liq yoziladi va (tugatilgan) tutilgan kuni, oyi, yili pasporti yoki tug‘ilganligi haqidagi guvohnomaga asoslanib to‘ldiriladi.
O‘rta, o‘rta maxsus va oliy ma'lumot to‘g‘risidagi yozuvlar faqat tegishli hujjatlar (attestat, guvohnoma, diplom)ga asosan yoziladi.
To‘liqsiz o‘rta va to‘liqsiz oliy ma'lumotlar to‘g‘risidagi yozuv ham tegishli hujjatlar (talabalik bileti, imtihonlar daftarchasi, o‘quv yurti ma'lumotnomasi)ga asoslanib yoziladi. Kasbi mutaxassisligi to‘g‘risidagi ma'lumot mehnat daftarchasiga ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat yoki tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjat asosida yoziladi. Mehnat daftarchasi to‘ldirilgandan so‘ng xodim kiritilgan ma'lumotlarning to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Mehnat daftarchasini berishga mas'ul bo‘lgan shaxs imzolagandan so‘ng unga korxonaning muhri bosiladi.
Mehnat daftarchasidagi ismi-sharifi va tug‘ilgan kuni to‘g‘risidagi yozuvlarga o‘zgartirishlar tegishli hujjatlar asosida va ushbu hujjatlarning soni va berilgan sanalariga havola qilingan tarzda oxirgi ish joyidagi ish beruvchi tomonidan kiritiladi. O‘zgartirilgan yozuvlar mehnat daftarchasining birinchi betiga kiritiladi. Ilgarigi familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tug‘ilgan kuni to‘g‘risidagi yozuv ustidan bir chiziq chizilib, yangi ma'lumotlar yozib qo‘yiladi. Yozuvlar muqovaning ichkari betiga yozilib korxona rahbarlarining yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxs imzosi hamda korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Mehnat daftarchasidagi «Ishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar» nomli bo‘limining 3-ustuniga korxonaning to‘liq nomi yoziladi. Sarlavha tagidagi 1-ustunga tartib raqami ko‘rsatiladi:

  1. ustunda ishga qabul qilingan sana yoziladi;

  2. ustunga bo‘lim, bo‘linma, qism, ishlab chiqarishga qabul qilindi deb shuningdek, ish nomi, kasbi yoki mansabi va berilgan malaka darajasi aniq ko‘rsatiladi;

  3. ustunga qaysi hujjatga asosan yozilganligi (sanasi, tartib raqami) qayd qilinadi.

Belgilangan tartibda ma'lumotnoma tarif-malaka ma'lumotnomasida va xizmat mansablarining yagona ro‘yxati, yoxud lavozimlar jadvalida ro‘y bergan o‘zgarish yoki qo‘shimchalar to‘g‘risidagi ma'lumotlar xodimlar e'tiboriga yetkazilib, so‘ng ularning mehnat daftarchalariga ish beruvchining buyrug‘i asosida tegishli o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritiladi.
Bordiyu, xodimga ishlab turgan davrida yangi darajasi berilgan bo‘lsa, unda bu haqda belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilishi shart. Xodim ikkinchi va undan keyingi kasblarni o‘rgangan taqdirda, bu to‘g‘rida mehnat daftarchasiga ushbu kasbl arning malaka darajalari ko‘rsatilib qayd qilinadi. Xodim yangi o‘rgangan kasbi bo‘yicha ish bajargan taqdirda mehnat daftarchasiga bu to‘g‘risida tegishli yozuv kiritiladi.
Mehnat daftarchasiga xodimning yozma arizasiga binoan, o‘rindoshlik ishi to‘g‘risidagi ma'lumot xodimni o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilgan ish beruvchi tomonidan yoziladi. Uning ishdan bo‘shaganligi to‘g‘risidagi ma'lumot ham xuddi shu tarzda yoziladi. Xodimning mazkur korxonaning o‘zida boshqa doimiy ishga o‘tkazilishi xuddi ishga qabul qilinganidek amalga oshiriladi. Xodim ishlab turgan davrda korxonaning nomi o‘zgartirilsa, unda bu to‘g‘rida mehnat daftarchasining 3-ustunida alohida satr bilan «Falon korxona, falon sanada, falonchi nom bilan amalga oshadi» deb yoziladi.
4-ustunda esa, qayta aytilishini asoslab buyruq sanasi va son raqami qo‘yiladi. Mehnat daftarchasiga ega bo‘lgan talabalar, o‘quvchilarga, aspirantlarga o‘quv yurtlari tomonidan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida o‘qigan vaqtlari to‘g‘risida yozuv kiritiladi.
Ilgari ishlamagan, mehnat daftarchalariga ega bo‘lmagan talabalarga ishlab chiqarish amaliyotda va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari to‘g‘risidagi yozuvlar mehnat daftarchalariga ular kelgusida ishlaydigan ish beruvchilar tomonidan tegishli ma'lumotlarga asoslanib kiritiladi.
Basharti ish davomida xodimga yangi malaka darajasi berilsa, bu haqda tegishli yozuv qayd etiladi. Uzluksiz mehnat stajining tiklanishi va saqlanishi to‘g‘risidagi yozuvlar ham ushbu bo‘limda qayd qilinadi. Ishdan bo‘shatish sababi to‘g‘risidagi yozuvlar amaldagi qonun shakliga va qonunning havola qilingan tegishli moddasi, bandiga muvofiq yozilishi kerak.
Mehnat daftarchasining «mukofotlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar» bo‘limida tegishli farmonlar asosida ordenlar va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risida, faxriy unvonlar va davlat mukofotlari berish to‘g‘risida, yuqori tashkilotlar tomonidan ko‘krakka taqiladigan nishonlar, diplomlar, faxriy yorliqlar berilganligi to‘g‘risida ma'lumotlar qayd etiladi.
Rag‘batlantirish to‘g‘risidagi ma'lumotlar bo‘limida quyidagi ma'lumotlar yoziladi: ichki mehnat tartibi qoidalari va intizom ustavlarida ko‘zda tutilgan ishdagi muvaffaqqiyatlar uchun rag‘batlantirishlar (tashakkur e'lon qilish, mukofot berish, qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash, muassasalarning faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash, hurmat kitobiga, hurmat taxtasiga kiritish va boshqalar). Amaldagi qonunlarga muvofiq boshqa rag‘batlantirishlar: diplomlarga sazovor bo‘lgan kashfiyotlar to‘g‘risida, foydalanilgan ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari va shu munosabat bilan to‘langan pul mukofotlari to‘g‘risida ish haqi sistemasida ko‘zda tutilgan boshqa holatlar.
Korxona mulkdori bilan korxona rahbari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi. Ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom qoidadagi nizom va ustavlar bilan belgilanadi.
Xodimning o‘z mehnat vazifalarini buzish qo‘pol tusga egaligi yoki ega emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo‘ya harakatning og‘ir-yengilligiga hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga qarab hal etiladi. O‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek, mehnat shartlariga ko‘ra o‘rindoshlik ishi cheklanishi sababli o‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi.
Mulkdorlik almashishi sababli korxona rahbarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi.
Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta'tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.


Yüklə 287,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə