Samarqand davlat universitetining


mavzu: Xodimlarni hisobga olish



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə17/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

mavzu: Xodimlarni hisobga olish

Reja:

  1. Xodimlarni hisobga olish tushunchasi.

  2. T-2 shaxsiy varaqa blankasini yuritish tartibi.

T-2 sonli shakldagi shaxsiy varaqadan foydalanish, uni yuritish va saqlash ishlariga yondashuvlar to‘g‘risidagi axborotni tizimga solish quyidagicha amalga oshiriladi.
Shaxsiy varaqa tutishdan maqsad. Har bir korxona, tashkilot va muassasa xodimlarini boshqarish tizimida xodimlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonani yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishning barcha bosqichlarida xodimlar hisobini yuritish asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki u korxonaning kadrlar tarkibidagi ahvolni va sifat o‘zgarishlarini aks ettiradi.
Shaxsiy varaqa (T-2 sonli idoralararo namunaviy shakl):

  • korxonaning kadrlar xizmati ishga qabul qilish vaqtida hujjatlashtirish jarayonida majburiy tartibda rasmiylashtiradigan hujjatlar guruhiga kiradi;

  • mehnat shartnomasi tuzilgan barcha xodimlar, jumladan o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslar uchun to‘ldiriladi;

  • «Mehnat bo‘yicha hisobot» 1-T (yillik) va 1-T (oylik) davlat statistika hisoboti shakllarini tuzishda asos qilib olinadigan korxona birlamchi hisob hujjatlarining namunaviy shakllari qatoriga kiradi;

  • barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning, shu jumladan ta'lim muassasalarining muhandis-texnik xodimlari, ishchilari, xizmatchilari va o‘quvchilari orasidagi harbiy xizmatga majbur va chaqiriq yoshidagi shaxslar hisobi yuritiladigan birlamchi hujjat hisoblanadi;

  • tegishli ma'lumotnomalar, buyruqlar, buyruqlardan olinib, belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalar va ko‘chirmalar, ish haqi to‘lash qaydnomalari bilan bir qatorda, xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar qatoriga kiritish mumkin.

Shaxsiy varaqani yuritish majburiyligi «Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma» talabi bilan tasdiqlanadi. Bu yo‘riqnomaning 2,3-bandiga muvofiq, ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi mehnat daftarchasiga kiritiladigan har bir yozuv bilan ish beruvchi ushbu daftarcha egasini shaxsiy varaqani imzolash yo‘li bilan 3 kun muddat ichida tanishtirishi lozim.
Istisno tariqasida bo‘ysunish bo‘yicha bir-biridan uzoq masofada yoki turli hududlarda joylashgan korxonalarda ishlayotgan xodimlarning mehnat daftarchalariga kiritilgan yozuv bilan tegishli xabarnomalar jo‘natish va u to‘g‘rida shaxsiy varaqada belgilab qo‘yish yo‘li bilan ruxsat etiladi.
Shaxsiy varaqa (T-2 sonli shakl) kadrlar xizmatining xodimi tomonidan to‘ldiriladi, axborot xodim taqdim etgan asl hujjatlar — pasport, mehnat daftarchasi, harbiy bilet, o‘quv yurtini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom, shuningdek, ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqlar va boshqa hujjatlar asosida varaqaga kiritiladi.
Barcha yozuvlar varaqaga qo‘lda, siyohli yoki ko‘k, qora yoxud binafsha rangli sharikli ruchkada, tushunarli qilib, qisqartmalar va tuzatishlarsiz yoziladi. Xodim to‘g‘risidagi ma'lumotlar o‘zgarganda kadrlar xizmatining xodimi tegishli ma'lumotlarni uning shaxsiy varaqasiga kiritadi.
Shaxsiy varaqalar, qoida tariqasida, tarkibiy bo‘linmalar (boshqarmalar, bo‘limlar, inspeksiyalar, sexlar va shu kabilar) bo‘yicha xodimlarning familiyalariga qarab, alifbo tartibida yig‘iladi va shu tariqa shaxsiy tarkib kartotekasi shakllantiriladi.

Yüklə 287,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə