Samarqand davlat universitetining



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə19/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi


Partiyaviyligi:

  • Ma'lumoti:

  • (oila tarkibi, har bir oila a'zosining
    tug‘ilgan yili ko‘rsatilsin
    2)
    3)

    (qachon va qaysi o‘quv yurtlarni tugatgan)

    -j O. '7i -t-
    '*S "
    1 1 1 1
    1 1 1 1




    8)




    9)




    10)
    11. Pasport N°

    6. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi:

    yil, “ ” da




    Tuman, shahar ichki ishlar tomonidan




    berilgan.

    Diplom raqami
    7. Berilgan sana “ ”

    12. Turar joyi:







    1. Umumiy staji:


    13. INN raqami
    Uy telefoni


    To‘ldirilgan vaqti 20__ yil «___» Imzosi:
    II. HARBIY HISOBGA TURISHI HAQIDA MA'LUMOTLAR

    Hisob guruhi
    Hisob turkumi

    Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan

    hisobga olingan ixtisosi N°

    Tarkibi

    Harbiy xizmatga yaroqliligi




    Turar joyidagi tuman mudofaa ishlari bo‘li-

    Harbiy unvoni







    mining nomi



    III. LAVOZIMGA TAYINLANISHI, BOSHQA LAVOZIMGA O‘TKAZILISHI

    Sanasi

    Bo‘limning nomi

    Lavozimi

    Razryadi va maoshi

    Farmoyish raqami va sanasi

    Mehnat daftarchasi egasining imzosi

    1

    2

    3

    4

    5

    6











































































































































































































































    IV. BERILGAN TA'TILLAR


    Ta'til turi

    Qaysi davr uchun

    Ta'til sanasi

    Farmoyish raqami va sanasi

    Boshlanishi tugashi

    1

    2

    3

    4

    5




































































































































































































    V. QO‘SHIMCHA MA'LUMOTLAR
    Ishdan bo‘shash sababi va sana
    T-2 shaxsiy varaqasi 5 qismdan iborat:

    1. Xodim haqida umumiy ma'lumotlar — xodimning pasporti, guvohnomalari, mehnat daftarchasi, diplom yoki mutaxassislik bo‘yicha tegishli hujjatlari asosida to‘ldiriladi.

    2. Xodimning harbiy hisobda turishi haqidagi ma'lumotlar — harbiy guvohnoma yoki ro‘yxatda turganlik hujjati asosida to‘ldiriladi.

    3. Ishga tayinlash va boshqa lavozimga o‘tkazish bo‘yicha ma'lumotlar — buyruqlar asosida to‘ldiriladi.

    4. Berilgan ta'tillar, mukofotlari, buyruqlar asosida to‘ldiriladi.

    5. Qo‘shimcha ma'lumotlar — xodim tomonidan berilgan qo‘shimcha ma'lumotlar asosida to‘ldiriladi.

    T-2 shaxsiy varaqasi kadrlar bo‘limi inspektori tomonidan to‘ldiriladi va saqlanadi.
    T-2 shaxsiy varaqasi alfavit tartibda maxsus qutida saqlanadi. Undan tashqari alfavit tartibda saqlanish davrida T-2 blankasi harbiy xizmatga majburlar va harbiy xizmatga majbur emaslar alohida tartibda saqlanadi. Harbiy xizmatga majburlar — katta ofitser, kichik ofitser va oddiy askar tarkiblari alohida alfavit tartibida saqlanadi.


    1. mavzu: Ishga qabul qilishni rasmiylashtirish tartibi

    Reja:

    1. Ishga qabul qilish shartlari va uni rasmiylashtirish.

    2. Mehnat shartnomasini tuzish.

    3. Mehnat shartnomasida taraflarning huquq va majburiyatlari.

    Ishga kirishni istovchi, barcha zarur hujjatlarni taqdim etgan hamda topshiriladigan ishni bajarish uchun kerakli ishchanlik qobiliyati va kasbiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxs bilan mehnat shartnomasi tuziladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 72-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi (O‘zR MKning 74-moddasi).
    Mehnat shartnomasining shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1997-yil 1 1-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan «Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni namunaviy shakli»ni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Mazkur hujjatda yozma holdagi mehnat shartnomasini tuzish yuzasidan tavsiyalar berilgan.
    Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun beriladi. Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari ko‘rsatiladi.
    Mehnat shartnomasi xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanib, imzolangan muddati qayd etib qo‘yiladi. Mansabdor shaxsning imzosi imzoning haqiqiy va vakolatli ekanligini ta'kidlash maqsadida korxona muhri bilan tasdiqlanadi (O‘zR MKning 74moddasining 5-bandi). Mazkur tavsiyalarda ko‘rsatilganidek, xodimning talabiga ko‘ra, mehnat shartnomasi u biladigan tilda tuziladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma bilan bir xil kuchga ega bo‘ladi.
    Mehnat shartnomasi tuzilayotganda zaruriy va qo‘shimcha shartlar ko‘rsatiladi.
    Mehnat shartnomasining zaruriy shartlariga quyidagilar kiradi:

    • ish joyi — xodim qabul qilinayotgan korxona, muassasa, tashkilot (uning tarkibiy bo‘linmasi) nomi;

    • mehnat funksiyasi — lavozim yo‘riqnomasi, malakaga oid vazifalar va boshqa me'yoriy hujjatlar bilan belgilanadigan muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozim, rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va boshqa lavozimlarning malaka bildirgichi bo‘yicha bajariladigan ish;

    • ishni boshlash kuni — qonunlarga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi, agar unda ishni boshlash sanasi aytilmagan bo‘lsa, bu shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va xodim shartnoma imzolangan kundan keyingi ish kunidan kechikmay ish boshlashi kerak.

    To‘lanadigan ish haqi miqdori tomonlarning kelishuviga binoan belgilanadi va qonunlarda belgilangan eng kam ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
    Mehnat Kodeksining 80-moddasiga asosan KMT ma'muriyati ishga qabul qilayotganda ishga kirayotgan shaxslardan quyidagi hujjatlarni talab qilishga haqlidir:
    pasport to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat. 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, Mehnat daftarchasi, ishga birinchi marotaba kirayotgan shaxslar esa so‘nggi mashg‘ulot haqidagi turar joydan mahalla qo‘mitasidan uy-joylardan foydalanish tashkilotlaridan ma'lumotnomani;
    o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma'lumotnoma;
    O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar safidan ozod bo‘lganlar harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlar, chaqiriluvchilar harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma taqdim etadilar.
    Qonunga muvofiq maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlarga (vrachlar, haydovchilar, o‘qituvchilar) kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplomi yoki mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa hujjatni ko‘rsatishi shart.
    Mehnat daftarchasi albatta qonunda ko‘rsatilgan tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Pasport yoki mehnat daftarchasisiz ishga qabul qilinmaydi. Amaldagi qonunga ko‘ra, Oliy o‘quv yurtlariga professor, o‘qituvchilar tarkibiga konkurs bo‘yicha ishga qabul qilishda, shuningdek, ilmiy tadqiqot institutlariga ilmiy xodimlar vazifalariga konkurs o‘tkazishda xarakteristika, tavsiyanomalar talab etiladi. O‘rindoshlik bo‘yicha ishlash uchun har ishni korxona va ma'muriyatning kelishuvi bilan amalga oshiriladi. Bunday vaqtda o‘rindoshlikda ishlashga ruxsat berilganlikni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish kerak.
    O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi bo‘yicha ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. O‘n besh yoshga to‘lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning yozma ravishda roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta'lim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini o‘n to‘rt yoshga to‘lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalarni sog‘lig‘iga va kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan va ta'lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarga qo‘yiladi. Ishga qabul qilishda g‘ayriqonuniy ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Quyidagilar ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy rad etish deb hisoblaydi:

    • ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni asossiz ishga qabul qilmaslik;

    • ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart bo‘lgan (belgilangan ish joylar hisobidan ishga yuborilgan shaxslarni, homilador ayollarni va 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarni) hollarda ishga qo‘ymaslik.

    Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bilan ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etish sababini asoslab uch kun muddat ichida yozma javob berishi shart, bu javob ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim. O‘zaro yaqin qarindosh yoki qudaanda bo‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar va shuningdek, er-xotinning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) ulardan biri ikkinchisiga bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilishi taqiqlanadi.
    Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni: pasport yoki uni o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatni, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar esa — tug‘ilganligi to‘g‘risida guvohnoma va turar joydan ma'lumotnoma. Mehnat daftarchasini, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olingan ma'lumotlarni;
    Harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiruvchilar tegishli harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma, muayyan ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga kirayotganlar oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.
    Ishga qabul qilish vaqtida kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab etish man etiladi. Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Korxona rahbarini ishga qabul qilish korxona mulki egasining huquqi bo‘lib bu huquqni u bevosita, shuningdek, o‘zi vakil qilgan organlar orqali yoki boshqa organlar orqali amalga oshiriladi.
    Ishga qabul qilish haqidagi buyruq — mehnat shartnomasining mazmuniga to‘la muvofiq ravishda chiqariladi. Buyruq xodimga ma'lum qilinib, tilxat olinadi. Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatdan ishlashga ruxsat etilgan bo‘lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganidan qat'i nazar, ish boshlagan kundan e'tiboran mehnat shartnomasi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan deb hisoblanadi. Mehnat shartnomasi xodimning unga topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishga qobiliyati borligini bilish maqsadida dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin.
    Ishga yuborilgan shaxslar ishga qabul qilishgandan, shuningdek, olti oygacha muddatga ishga qabul qilish haqida xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzilgan dastlabki mehnat sinov belgilangan.
    Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Xodim o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida, basharti bu qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan bo‘lsa, mehnat shartnomalari tuzish mumkin.
    Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo‘yicha, shuningdek, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Mehnat shartnomasi qonunlar bilan quyidagilar belgilanadi: ish joyi (korxona yoki uning bo‘linmasi) xodimning mehnat vazifasi mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan lavozim, ishning boshlanish kuni.
    Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Mehnat shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek, mehnat shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi. Mehnat shartnomalarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo‘lsa shunday tartibda amalga oshiriladi. Mehnat shartlarini o‘zgartirish 89—90-moddalarida tutilgan holda yo‘l qo‘yiladi. Ish beruvchi xodimning roziligisiz mehnat shartnomalarini o‘zgartirish faqat texnologiyadagi ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar ishlar hajmining qisqartirilganligi, bunday o‘zgarishlar xodimlar sonini yoki ishlar, xususiyatining o‘zgarishiga olib kelishi oldindan ma'lum bo‘lgan holda ish beruvchi ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnat shartnomalarini o‘zgartirish xususida korxonaning xodimlari vakillari organlari bilan oldindan maslahatlashib olinadi.
    Ish beruvchi mehnat shartnomalaridagi bo‘lajak o‘zgarishlar haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirib tilxat olishi shart. Ko‘rsatilgan vaqtni qisqartirish uchun faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartnomalari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli bekor qilinishi mumkin. Bunda xodimga o‘rtacha oylik ish haqi miqdori kam bo‘lmagan miqdorda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi. Xodim ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomalari o‘zgartirilganligi ustidan sudga shikoyat qilishga haqli. Nizoni ko‘rish vaqtida ish beruvchining zimmasiga avvalgi mehnat shartlarini saqlab qolish imkoniyati yo‘qligini isbotlab berish majburiyati yuklatiladi. Mehnat to‘g‘risidagi qonun va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda, xodim ish beruvchidan mehnat shartnomalarini o‘zgartirishga talab qilishga haqlidir. Xodimning mehnat shartnomasini o‘zgartirish haqidagi arizasi berilgan kundan e'tiboran uch kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
    Xodimning mehnat shakllarini o‘zgartirish haqidagi talablari rad etilgan taqdirda ish beruvchi unga rad etishning sababini ma'lum qilishi kerak. Xodimga uning talablarini rad etish sabablarini ma'lum qilmaslik xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish rad etilganligi xususida shikoyat qilishi uchun to‘sqin bo‘la olmaydi.
    Mehnat shartnomasida shartlashib olinmagan ish joyini o‘zgartirish mehnat shartlarini o‘zgartirish deb hisoblanmaydi. Bu haqda xodim bilan kelishishi talab qilinmaydi. Boshqa doimiy ishga o‘tkazishga — unga boshqa mutaxassislik, malaka lavozimiga oid ishlarni topshirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin. Agar obyektiv sabablarga ko‘ra mehnat shartnomasida belgilab qo‘yilgan mehnat vazifasi doirasida ishni davom ettirish mumkin bo‘lsa, ish beruvchi xodimga mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan ishni, bunday ish bo‘lmagan taqdirda esa korxonada mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart. Xodim boshqa ishga o‘tishdan bosh tortgan yoki o‘ziga muvofiq keladigan ish bo‘lmagan taqdirda mehnat shartnomasini umumiy asoslari bo‘yicha bekor qilishi mumkin.



    1. Yüklə 287,62 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə