Samarqand davlat universitetining


-mavzu: Mehnat daftarchasini to‘ldirish tartibi



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə22/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

11-mavzu: Mehnat daftarchasini to‘ldirish tartibi

Reja:

  1. Mehnat daftarchasini to‘ldirish tartibi.

  2. Mehnat daftarchalariga yozuvlarni kiritish.

  3. Mehnat daftarchasining dublikati.

Mehnat daftarchalari O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida, qoraqalpoq yoki O‘zbekiston Respublikasining davlat tillarida ish beruvchi tomonidan xodimning ishtirokida to‘ldiriladi.
Mehnat daftarchasiga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi:
Xodim to‘g‘risida: ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, ma'lumoti, kasbi, mutaxassisligi;
Ish to‘g‘risida: ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida.
Shuningdek, xodimning iltimosiga ko‘ra mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlaganlik va vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrlari haqidagi yozuvlar ham kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari sabablari mehnat daftarchasiga yozilmaydi.
Mehnat daftarchasiga intizomiy jazolar to‘g‘risidagi ma'lumotlar yozilmaydi. Mehnat daftarchasiga ishga qabul qilinishi, boshqa doimiy ishga o‘tkazilishi kabi barcha turdagi yozuvlar buyruqning mazmuniga mos bo‘lishi shart.
Ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga ko‘chirish va mehnat shartnomalarini bekor qilish to‘g‘risidagi mehnat daftarchasiga kiritiladigan har bir yozuv bilan ish beruvchi ushbu daft archa egasini shaxsiy varaqasini imzolash yo‘li bilan 3 kun muddat ichida tanishtirilishi lozim. Xodimning ishi, boshqa doimiy ishga ko‘chirilishi va hokazolar to‘g‘risida noto‘g‘ri yoki noaniq yozuvlar aniqlangan taqdirda, ular bunday yozuvni kiritgan ish beruvchi tomonidan to‘g‘rilanadi va tasdiqlanadi. Yangi ish joyidagi ish beruvchi buning uchun xodimga tegishli yordam ko‘rsatishi lozim.
Zarur hollarda ish beruvchi xodimlarning iltimosiga binoan mehnat daftarchalaridan ish to‘g‘risidagi ma'lumotlarning ko‘chirmasini yozib, tasdiqlab beradi. Noto‘g‘ri yoki noaniq ma'lumot yozib qo‘ygan korxona tugatilgan bo‘lsa, unda xatoni uning huquqiy vorisi, agar vorisi bo‘lmagan taqdirda, shu tugatilgan korxona bevosita bo‘ysungan yuqori tashkilot tuzatadi. Ular ham bo‘lmagan taqdirda tegishli arxiv tomonidan kiritiladi.
Xodimning ishi yoki boshqa doimiy ishga ko‘chirilishi va shu kabilar haqidagi to‘g‘rilangan ma'lumotlar buyruqning asl nusxasiga aynan mos bo‘lishi kerak. Agar buyruq yo‘qolib qolgan bo‘lsa, yoki u xodim bajargan ishga nomuvofiq bo‘lgan taqdirda, mehnat daftarchasidagi ishi haqidagi ma'lumotlari to‘g‘rilab yozib qo‘yish, bajargan ishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarga asoslanib amalga oshiriladi. Guvohlar ko‘rsatmasi mehnat daftarchasiga o‘zgartirishlar kiritishga asos bo‘lmaydi.
Mehnat daftarchasining «Ish to‘g‘risidagi ma'lumotlar» bo‘limida ilgarigi yozilgan xato yoki noaniq yozuvlarni chizib o‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish organlari tomonidan xodim g‘ayriqonuniy ravishda bo‘shatilgan yoki boshqa doimiy ishga ko‘chirilgan deb topilib ilgarigi ishga qayta tiklanganda, yozuvlar yuqorida keltirilgan tartibda bekor qilinadi. Jumladan, sonli-raqamli yozuv bekor qilindi, oldingi ishiga tiklandi deb yoziladi. Bunday hollarda ishga tiklash to‘g‘risidagi buyruq 4-ustunda ko‘rsatiladi.
Xodim to‘g‘risidagi ma'lumotlar mehnat daftarchasining birinchi betiga yoziladi. Familiyasi, ismi, otasining ismi qisqartirishsiz to‘liq yoziladi va (tugatilgan) tutilgan kuni, oyi, yili pasporti yoki tug‘ilganligi haqidagi guvohnomaga asoslanib to‘ldiriladi.
O‘rta, o‘rta maxsus va oliy ma'lumot to‘g‘risidagi yozuvlar faqat tegishli hujjatlar (attestat, guvohnoma, diplom)ga asosan yoziladi.
To‘liqsiz o‘rta va to‘liqsiz oliy ma'lumotlar to‘g‘risidagi yozuv ham tegishli hujjatlar (talabalik bileti, imtihonlar daftarchasi, o‘quv yurti ma'lumotnomasi)ga asoslanib yoziladi. Kasbi mutaxassisligi to‘g‘risidagi ma'lumot mehnat daftarchasiga ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat yoki tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjat asosida yoziladi. Mehnat daftarchasi to‘ldirilgandan so‘ng xodim kiritilgan ma'lumotlarning to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Mehnat daftarchasini berishga mas'ul bo‘lgan shaxs imzolagandan so‘ng unga korxonaning muhri bosiladi.
Mehnat daftarchasidagi ismi-sharifi va tug‘ilgan kuni to‘g‘risidagi yozuvlarga o‘zgartirishlar tegishli hujjatlar asosida va ushbu hujjatlarning soni va berilgan sanalariga havola qilingan tarzda oxirgi ish joyidagi ish beruvchi tomonidan kiritiladi. O‘zgartirilgan yozuvlar mehnat daftarchasining birinchi betiga kiritiladi. Ilgarigi familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tug‘ilgan kuni to‘g‘risidagi yozuv ustidan bir chiziq chizilib, yangi ma'lumotlar yozib qo‘yiladi. Yozuvlar muqovaning ichkari betiga yozilib korxona rahbarlarining yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxs imzosi hamda korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Ilgari ishlamagan, mehnat daftarchalariga ega bo‘lmagan talabalarga ishlab chiqarish amaliyotda va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari to‘g‘risidagi yozuvlar mehnat daftarchalariga ular kelgusida ishlaydigan ish beruvchilar tomonidan tegishli ma'lumotlarga asoslanib kiritiladi.
Basharti ish davomida xodimga yangi malaka darajasi berilsa, bu haqda tegishli yozuv qayd etiladi. Uzluksiz mehnat stajining tiklanishi va saqlanishi to‘g‘risidagi yozuvlar ham ushbu bo‘limda qayd qilinadi. Ishdan bo‘shatish sababi to‘g‘risidagi yozuvlar amaldagi qonun shakliga va qonunning havola qilingan tegishli moddasi, bandiga muvofiq yozilishi kerak.
Mehnat daftarchasiga xodim to‘g‘risida ma'lumotlarga xodimning familiyasi, ismi, sharifi, tug‘ilgan sanasi uning pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) asosida to‘liq, qisqartirishsiz kiritiladi.
Xodimning mehnat daftarchasiga xodim to‘g‘risidagi ma'lumotlarga o‘zgartirishlar yo‘riqnomaning 2.11-bandiga muvofiq tegishli hujjatlar asosida kiritiladi. Masalan, turmush qurish yoki nikohni bekor qilishda familiya o‘zgarganda — nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma, nikohni bekor qilish to‘g‘risida guvohnoma asoslarida kiritiladi. O‘zgartirishlar kiritishda o‘zgartirish kiritish tartibiga qat'iy rioya qilish zarur, ya'ni: mehnat daftarchasining birinchi sahifasida xodimning avvalgi familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tug‘ilgan sanasi ustidan bitta chiziq tortilib (chiziq shunday tortilishi kerakki, keyinchalik avvalgi yozuvlarni o‘qish imkoniyati bo‘lsin), ularning yoniga yangi ma'lumotlar kiritiladi.
Mehnat daftarchasining birinchi sahifasiga o‘zgartirishlar kiritishga asos bo‘lgan hujjatlar, ularning raqami va berilgan sanasi muqovaning ichki chap tomoniga yoziladi va mehnat daftarchalari uchun mas'ul shaxs imzosi va korxonaning xodimlar bo‘limi muhri bilan tasdiqlanadi. Xodimning ma'lumoti, kasbi va mutaxassisligi o‘zgarganda, ilgari kiritilgan yozuvlar ustidan chiziq tortilmaydi va yangi ma'lumotlar mehnat daftarchasining birinchi sahifasiga qo‘shimcha tarzda yoziladi. Asos qilib olingan hujjatning nomi (diplom, attestat, guvohnoma) va raqami muqovaning ichki chap tomoniga yoziladi va mehnat daftarchalari uchun mas'ul shaxs imzosi va korxonaning xodimlar bo‘limi muhri bilan tasdiqlanadi.
«Ishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar» bo‘limiga yozuvlar ish beruvchi tomonidan xodimni ishga qabul qilish haqida chiqargan buyruqqa muvofiq ravishda quyidagicha kiritiladi:
— korxonaning nomi uchinchi ustunga sarlavha shaklida kiritiladi va raqamlanmaydi (korxonaning nomi uning Ustavida qayd etilgan nomga to‘liq mos kelishi kerak);

  • yozuvning tartib raqami birinchi ustunga kiritiladi;

  • ish boshlangan sana ikkinchi ustunda ko‘rsatiladi;

  • ishga qabul qilish haqidagi yozuv uchinchi ustunga, korxona nomi ostiga ish beruvchining buyrug‘i asosida kiritiladi;

  • ish beruvchi chiqargan buyruq sanasi va raqami to‘rtinchi ustunga kiritiladi.

Ishga qabul qilish haqidagi yozuv kiritilayotganda quyidagi yozuvlar kiritilmaydi:

  • xodim dastlabki sinov bilan qabul qilingani;

  • xodim uchun to‘liqsiz ish vaqti belgilangani.

Quyidagi yozuvlar xodimning xohishiga ko‘ra (yozma arizasiga binoan) uning mehnat daftarchasiga kiritiladi:

  • xodim vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar;

  • o‘rindoshlik asosida ishlagan davrlar. Tashqi o‘rindoshlik bo‘yicha ish to‘g‘risidagi ma'lumotlar xodimning o‘rindoshlik asosida ishlayotgan ish joyidan berilgan ma'lumotnoma asosida asosiy ish joyida kiritiladi.

Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ushbu bo‘limga quyidagi yozuvlar kiritiladi:

  1. birinchi ustunga yozuvning tartib raqami qo‘yiladi;

  2. ikkinchi ustunda mehnat shartnomasi bekor qilingan sana ko‘rsatiladi;

  3. uchinchi ustunga «Mehnat shartnomasi bekor qilindi» degan yozuv kiritiladi (xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qanday asosga ko‘ra, bekor qilinganidan qat'i nazar, uning mehnat daftarchasiga ushbu yozuv kiritiladi va mehnat shartnomasini bekor qilish sabablari, Mehnat kodeksining tegishli bandi va moddasi ko‘rsatilmaydi);

  4. to‘rtinchi ustunga mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risida yozuvni kiritish asosi, ya'ni «buyruq» so‘zi va uning raqami va sanasi ko‘rsatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat daftarchasiga chet elda (shartnoma asosida) ishlagan ish davri haqidagi yozuvlar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari to‘langan taqdirda, agar davlatlararo bitimlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan tegishli ma'lumotlarga asoslanib kiritiladi.
«Ishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar» noto‘g‘ri yoki noaniq yozilgan bo‘lsa, tegishli tuzatishlar shu yozuvni qayd etgan ish beruvchi tomonidan kiritiladi va tasdiqlanadi. Xodimning mehnat daftarchasiga noto‘g‘ri yoki noaniq yozuvni kiritgan korxona tugatilgan hollarda tuzatishlar xodimning yangi ish joyidagi ish beruvchi tomonidan asoslanuvchi hujjatlar (buyruqlar, mehnat shartnomasi, shaxsiy varaqa va boshqalar) asosida kiritiladi.
Mehnat daftarchasining «Ishi to‘g‘risida ma'lumotlar» bo‘limiga xato yoki noto‘g‘ri kiritilgan yozuvlarning ustidan chiziq tortish, o‘chirish va shu kabilarga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, ilgari kiritilgan yozuvlarni tuzatib, bu yozuvlar tuzatilganligi haqidagi yozuvlarni tasdiqlash maqsadida mehnat daftarchasining bo‘sh joylariga «tuzatish to‘g‘ri» so‘zlarni yozish va muhr bilan tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
«Ishi to‘g‘risida ma'lumotlar» bo‘limiga noto‘g‘ri kiritilgan yozuvlar, birinchidan, bu yozuvlar haqiqiy emas deb, ikkinchidan, lozim hollarda xodimning mehnat daftarchasiga to‘g‘ri yozuvni kiritish orqali tuzatiladi.
Agar sud yoki mehnat nizolarini ko‘rib chiqish organining qaroriga binoan, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan bo‘lsa va avvalgi ishga tiklangan bo‘lsa, «Ishi to‘g‘risida ma'lumotlar» bo‘limining uchinchi ustunida quyidagi so‘zlar yoziladi: ... sonli (mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi) yozuv haqiqiy emas, avvalgi ishga tiklandi va to‘rtinchi ustunga avvalgi ishiga tiklash buyrug‘i, uning raqami va sanasi yoziladi.
Agar xodimlar bo‘limi xodimining e'tiborsizligi tufayli yozuv yanglishib kiritilgan bo‘lsa «Ishi to‘g‘risida ma'lumotlar» bo‘limining uchinchi ustuniga «... sonli yozuv haqiqiy emas va u yanglish kiritilgan» deb yoziladi va to‘rtinchi ustunga hech qanday yozuv kiritilmaydi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimning mehnat daftarchasi xodimning shaxsan o‘ziga berilishi lozim va u T-2 shaklidagi varaqaga va «Mehnat daftarchalari hisobini olib borish kitobi»ga mehnat daftarchasini olgan sanani ko‘rsatib imzo qo‘yishi kerak.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni mehnat daftarchasi va hisob-kitob puli uning egasi tomonidan olinmagan taqdirda, ish beruvchi tomonidan unga pochta orqali bildiruv xati jo‘natishi lozim.
Mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng mehnat daftarchasi egasi tomonidan olinmagan taqdirda, u korxonada boshqa mehnat daftarchalaridan alohida holda ikki yil saqlanadi va ushbu muddat tugagandan so‘ng, belgilangan tartibda arxivga topshiriladi va u yerda ellik yil saqlanadi.
Mehnat daftarchasining egasi uni olishga boshqa shaxsga ishonch bildirgan holda, u ishonchnoma asosida boshqa shaxsga berilishi mumkin. Agar mehnat daftarchasining egasi ish beruvchiga unga pochta orqali mehnat daftarchasini yuborish haqida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsa, mehnat daftarchasi uning manziliga pochta orqali yuboriladi.
Xodim vafot etganda, mehnat daftarchasi uning yaqin qarindoshlariga beriladi yoki ularning roziligi bilan pochta orqali yuboriladi.
Yuriqnomaning 4.1-bandiga muvofiq, mehnat daftarchasi yo‘qolgan yoki foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan (yirtilgan, yozuvlari bo‘yalgan va shu kabilar) hollarda mehnat daftarchasining dublikati xodimning oxirgi ish joyidan beriladi. Buning uchun xodim bu to‘g‘risida ish beruvchiga yozma murojaat qilishi va ish beruvchi Yo‘riqnoma talabiga binoan, 15 kalendar kunlik muddatda xodimga mehnat daftarchasining birinchi sahifasining o‘ng tomoniga «Dublikat» deb yozilgan yangi mehnat daftarchasini berishi lozim.
Mehnat daftarchasining dublikatiga xodim oxirgi ish joyiga kirishdan oldingi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan ish staji to‘g‘risida ma'lumotlar va oxirgi ish joyidagi ishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiritiladi.
Avvalgi ish joyidagi ish to‘g‘risidagi ma'lumotlar mehnat daftarchasining dublikatiga kiritilayotganda birinchi navbatda «Ishi to‘g‘risida ma'lumotlar» bo‘limining uchinchi ustuniga umumiy mehnat staji yillar, oylar, kunlar ko‘rsatilgan holda kiritiladi. Ushbu yozuv kiritilgandan keyin umumiy staj alohida ish davrlari bo‘yicha yoziladi; ikkinchi ustunda ishga qabul qilish sanasi, uchinchi ustunda xodim ishlagan korxona, bo‘lim nomi va lavozimi ko‘rsatiladi, to‘rtinchi ustunda ushbu yozuvlarni kiritishga asos bo‘lgan hujjatning nomi, raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
Oxirgi ish joyidagi ishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ish beruvchining tegishli buyruqlari asosida kiritiladi. Ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar va mehnat daftarchasining buzilgan blankasi uning egasiga qaytarib beriladi. Bu holda yaroqsiz holga kelgan mehnat daftarchasining birinchi sahifasiga «O‘rniga dublikat berilgan» deb yoziladi va xodim tomonidan saqlab qo‘yiladi.



  1. Yüklə 287,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə