Samarqand davlat universitetining


mavzu: Ishdan bo‘shatish nafaqasi



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə24/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

mavzu: Ishdan bo‘shatish nafaqasi

Reja:

  1. Ishdan bo‘shatish tushunchasi va tartibi.

  2. Mehnat shartnomasini bekor qilish bosqichlari.

  3. Mehnat shartnomasini bekor qilish paytida to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasi.

O‘zbekiston fuqarolarining mehnat qilish huquqi mustaqillik va istiqlol sharofati bilan yangi imtiyoz va qoidalar bilan boyitildi. Har bir fuqaro mehnat qilish va uning natijalaridan foydalanish, shu jumladan, unumli va ijodiy mehnat uchun o‘z qobiliyatini tasarruf etilish imkoniyati huquqiga, ishni erkin tanlash va ishdan bosh tortish, qulay mehnat sharoitlari, davlat tomonidan kafolatlangan mehnat huquqi minimumi va ishsizlikdan himoyalanish, teng mehnati uchun hech bir kamsitishsiz teng haq olish huquqiga ega.
«Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 37-modda).
Ishga qabul qilish singari mehnat shartnomasini bekor qilish ham bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va qonunda ko‘zda tutilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning biron-bir asosiga to‘g‘ri keladigan rusum qoidalar bajariladi.
Mazkur bo‘limda so‘z yuritiladigan mehnat shartnomasini bekor qilishning ikkinchi bosqichi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berish, mehnat shartnomasining bekor qilinishi yozilgan va boshqa zarur yozuvlar kiritilgan mehnat daftarchasini berish, ish haqi bo‘yicha hisob-kitob qilish. Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilinishi tegishlicha va o‘z vaqtida rasmiy-
lashtirilishi uchun javobgardir. Bu qonuniy talab hamma hollar uchun, jumladan mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilinganda ham amal qilinadi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Ba'zi korxonalarda bu xil buyruqlar keng qo‘llaniladigan shakli bo‘yicha rasmiylashtiriladi. Biroq har qanday holda ham mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirilayotganda buyruqda mehnat shartnomasini bekor qilishning asosi va sanasi ko‘rsatilishi kerak. Mazkur buyruq ushbu xodimni ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan imzolanishi kerak.
Ma'lumki, MK 247-moddasi ota-onalar va vasiylar shuningdek mehnatni muhofaza qilish ustidan nazorat qiluvchi organlar hamda voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi ichki ishlar idoralari xodimlari, agar o‘smirlar bajarayotgan ish ular tomonidan davom ettirilishi o‘smirlarning sog‘lig‘iga ziyon qiladigan yoki ularga boshqacha tarzda zarar yetkazadigan bo‘lsa bunday shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqli ekani ko‘zda tutilgan. Bu holda buyruqda nafaqat MK 247-moddasi, balki MK 106-moddasining qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkinligini ko‘zda tutuvchi 6-bandi ham mazkur holatda MK 247-moddasi dalil sifatida keltirilishi kerak.
Mehnat shartnomasi xodim tashabbusiga binoan kasallik, nogironlik, qarilik pensiyasiga chiqish, oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga yoxud aspiranturaga kirish, boshqa korxonaga ishlash uchun taklif qilish va qonunda imtiyoz va ustunliklar taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sabablar munosabati bilan bekor qilinganida mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqda ana shu sabablar ko‘rsatilishi kerak. Buyruqda ko‘rsatilgan mehnat shartnomasini bekor qilish sabablari hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak.
Buyruqda mehnat shartnomasi bekor qilingan kun ko‘rsatilishi kerak. MK 107-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Afsuski, amaliyotda oxirgi ish kunidan keyin keladigan kun ko‘rsatilgan buyruqlarni tez-tez uchratish mumkin. Masalan, oxirgi ish kuni 15-sentabr bo‘lgan xodim bilan mehnat shartnomasi 16-sentabrdan bekor qilingan deb ko‘rsatilgan. Bu holda buyruq aslida shunday bo‘lishi kerak «...Mehnat shartnomasi 15-sentabrdan bekor qilingan».
Shunday qilib, bu xil bahs-nizolar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun buyruq va mehnat daftarchasida mehnat shartnomasini bekor qilish kuni mehnat shartnomasi bekor qilish to‘g‘risidagi, oxirgi ish kuniga to‘g‘ri keluvchi buyruq chiqarilgan kundan oldin kelib ko‘rsatilmasligi kerak. Biroq oxirgi ish kuni tushunchasi ham amaliyotda bir xil emas. Ko‘pchilik xodimga ish haqi to‘langan oxirgi kunni ana shunday kun deb hisoblaydi. Bunday fikr doim ham to‘g‘ri kelavermaydi , chunki xodimga ish haqini saqlamasdan turib ham ish joyi saqlab qo‘yilgan holatlar mavjud. Aniqrog‘i xodim bilan mehnatga oid munosabatlar saqlangan oxirgi kunni oxirgi ish kuni deb hisoblash mumkin. Ayni shu sababli asosli sabablarsiz ishda bo‘lmaganlik uchun mehnat shartnomasini bekor qilayotganda buyruqda mehnat shartnomasini bekor qilish sanasi sifatida xodim proguldan oldin mehnat vazifasini oxirgi marta bajargan kun ko‘rsatiladi. Shuning uchun buyruqda va tegishli ravishda mehnat daftarchasida ayni progul boshlanishidan oldingi kun ko‘rsatilishi kerak.
Xodim ishdan qonuniy tarzda yoki chetlatilgani natijasida yoki xodimning avvalgi davom ettirishga to‘sqinlik qiluvchi sud hukmi munosabati bilan u mehnat vazifalarini bajarishni haqiqatda to‘xtagan hollarda shunday tartib qo‘llanilmoqda. Yuqorida aytilganidek, mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan imzolanishi kerak. Bu narsa MKning 107-moddasining 1-qismi talablaridan kelib chiqadi. Bunga binoan mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Amaliyotda bunday huquqdan odatda korxona rahbari uning xodimlar bo‘yicha o‘rinbosari alohida tarkib bo‘linma rahbari va boshqalar foydalanadi. Shu bilan birga ustavga binoan xodimlar ayrim manfaatlarini ishga qabul qilish huquqi qo‘yiladigan boshqaruv organiga beriladigan holatlar bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, mehnat shartnomasini bekor qilish mazkur xodimni ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs buyrug‘i bilan rasmiylashtirilishi kerak. Mazkur mansabdor shaxs mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning nusxasiga imzo chekishi va korxona muhri bilan tasdiqlashi kerak. Ish beruvchi MK 108-moddasiga asosan mazkur nusxani mehnat daftarchasi bilan birga xodimga mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni berishi shart.
Mehnat daftarchasini yuritish va mehnat shartnomasi bekor qil inganda uni berish tartibi hozirgi vaqtda avvalgiday korxonalarda mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar bilan tartibga solinmoqda. Shuni e'tiborga olish kerakki, amaldagi qonunchilik hech bir holatda ham xodimga mehnat daftarchasi berilishini kechiktirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan tashqari mazkur masala bo‘yicha nizo paydo bo‘lganda mehnatga oid nizoni ko‘rib chiqayotgan organ agar majburiy progul xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida mehnat daftarchasi unga o‘z vaqtida berilmaganligi sababli yuz bergani isbotlansa, bunday progul uchun xodimning pulga oid talabini to‘liq hajmda qondirishga haqlidir. Buning ustiga mehnat shartnomasi bekor qilishning yangi sanasi ko‘rsatilgan buyruq chiqariladi va xodimning mehnat daftarchasiga belgilangan tartibda yangi yozuv kiritiladi. Mazkur holda mehnat daftarchasi amalda berilgan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun hisoblanadi. Mehnat shartnomasi bekor qilinganida mehnat daftarchasi xodimning shaxsan o‘ziga yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘yicha istagan boshqa shaxsga berilishi kerak.
Mehnat shartnomasini ko‘rsatilgan manzilga pochta orqali yuborish uchun xodimning roziligi albatta kerak. Amaliyotda ko‘pincha bu ish xodimning yozma arizasi bo‘yicha qabul qilinadi. Mehnat daftarchasini olganda ko‘rsatilgan shaxslar xodimning o‘zi ham uni olgani haqida xodimni T-2 shaklidagi shaxsiy varaqasiga va mehnat daftarchalari harakatini hisobga olish daftarchasiga olingan sanasi ko‘rsatilgan holda imzo chekishlari kerak.
Agar xodim taklif bo‘lishiga qaramay mehnat daftarchasini olishdan bosh tortsa yoki pochta bildirishnomasi bo‘lishiga qaramay uni olish uchun kelmasa, yoxud uni pochta orqali yuborishlari uchun rozilik bildirmasa buni mehnat daftarchasi berishni cho‘zish deb baholab bo‘lmaydi va ish beruvchi tomonidan buning uchun hech qanday tovon to‘lanmaydi, biroq mehnat shartnomasini bekor qilish kunida ish beruvchining aybi bilan mehnat daftarchasi berilmasa, qonunda belgilangan muddatdan keyin yuborilgan pochta bildirishnomasi mehnatga oid nizoni ko‘rib chiqayotgan organ tomonidan e'tiborga olinmasligi ham mumkin, chunki qonunda pochta bildirishnomasi yuboriladigan aniq vaziyat belgilab qo‘yilgan (ya'ni mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda xodimning mehnat daftarchasini olish uchun kelmagan holati).
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan pul hisobkitobini qilish ham ish beruvchining burchidir. Xodimga tegishli pul hisob-kitobiga quyidagilar kiradi:

  • barcha ishlagan kunlar shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilingan kun uchun ish haqi;

  • agar mehnat shartnomasini bekor qilish kunida foydalanilmagan yillik ta'til mavjud bo‘lsa, uning uchun to‘lanadigan kompensatsiya;

MK ning 109-moddasida ko‘zda tutilgan asoslar va ushbu korxonaning jamoa shartnomasi bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilish paytida to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasi; xodim tomonidan mehnatga oid vazifalari bajarilishi sababli tegishli bo‘lgan boshqa to‘lovlar.
Muddati ko‘rsatilmagan mehnat shartnomasida uni muddatidan oldin bekor qilinganda, burchsizlik to‘lovi to‘lash to‘g‘risida tomonlarning o‘zaro majburiyati ko‘zda tutilgan hollarda ish beruvchi bundan tashqari MK ning 100-moddasida ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha u bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilinganda xodimga neustoyka to‘lashi shart. Neustoyka miqdori ish beruvchi tomonidan xodim manfaatlarini ko‘zlab, sarflangan xarajatlarni xodim ishlab bergan davr va boshqa hollarga ko‘ra tabellashtirish mumkin. MK 115-moddasining 1-qismiga muvofiq mehnat shartnomasi quyidagi asoslar bo‘yicha bekor qilinganda to‘lanadi: ish beruvchining tashabbusiga binoan bunda xodimning o‘zi aybdor xatti-harakatlar sababli mehnat shartnomasi bekor qilish mustasno. Xodimning yangicha mehnat sharoitida ishni davom ettirishdan bosh tortish munosabati bilan (MK 89-moddasining 1-bandi). Shu ishning ilgari bajarib ketgan xodim ishga tiklangan taqdirda (MKning 106-moddasining 2-bandi). Ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan (MK ning 106-moddasining 4-bandi ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar xodim tomonidan buzilgan hollar).
Mehnat shartnomasini bekor qilish paytida xodimga tegishli bo‘lgan hisoblab chiqarilgan pul uning miqdori haqida imzo bo‘lmagan taqdirda quyidagi paytda to‘lanishi kerak:

  1. Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganda:

  • mehnat shartnomasi bekor qilingan kunga qadar ishni davom ettirgan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda;

  • mehnat shartnomasi bekor qilingan kunga kelib ishlamayotgan xodimga hisoblangan pulni berish to‘g‘risida talab qilgan kunda.

  1. Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilinganda:

  • qonunga binoan yoki shartnoma bo‘yicha ish beruvchining mehnat shartnomasi bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirish shart bo‘lgan kundan qoldirmay;

  • xodimga tegishli kerak bo‘lgan summa miqdori to‘g‘risida nizo qilinmaydigan summani ko‘rsatilgan muddatda to‘lashga majburdir.

Xodimga tegishli kerak bo‘lgan pul (foydalanmagan ta'til uchun kompensatsiya, mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddati davri evaziga kompensatsiya, ishdan bo‘shatish nafaqasi va boshqa barcha hollarda kafolatlangan to‘lovlar) xodimning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi, MK 169-moddasiga asosan pensiya tayinlash paytida o‘rtacha ish haqini bisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanadi.
MK 164-moddasiga muvofiq, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa sudning qaroriga asosan xodimga to‘laydigan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin.

  1. Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat'i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:

— O‘zbekiston Respublikasida belgilangan majburiy to‘lovlarni undirish uchun;

  • sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;

  • ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun xo‘jalik ehtiyojlariga xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o‘tganligi munosabati bilan berilgan bo‘lib sarf qilinmay qolgan va o‘z vaqtida qaytarilmagan avans ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun. Mazkur paytda ko‘zda tutilgan ushlab qol ishlar avansni qaytarish va qarzni to‘lash uchun belgilangan muddat tamom bo‘lgan kundan yoxud haq to‘lash noto‘g‘ri hisobl ab chiqarilgan kundan boshlab ko‘pi bilan bir oy ichida amalga oshiriladi.

  1. Xodim ta'til olib bo‘lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta'tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlar uchun quyidagi sabablarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinadi, bu kunlar uchun pul ushlab qolinmaydi:

  • yangi mehnat sharoitida ishni davom ettirishdan bosh tortish munosabati bilan ilgariroq shu ishni bajarib kelgan xodim o‘z joyiga tiklanishi munosabati bilan.

  1. Xodim ish beruvchiga yetkazilgan zarar hajmi xodimning oylik o‘rtacha ish haqidan ko‘p bo‘lmasa, shu zarar o‘rnini qoplash uchun.

  2. Jarima agar u xodimga nisbatan u yo‘l qo‘ygan tartibbuzarlik uchun intizomiy jazo chorasi sifatida qo‘llanilgan bo‘lsa.

Ishdan mahrum bo‘lish oqibatlarini kamaytirish maqsadida yangi mehnat Kodeksida alohida asoslarga binoan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimlarga moddiy madad berishning qo‘shimcha kafolatlari ko‘zda tutilgan.
Mehnat Kodeksining 67-moddasiga muvofiq xodimlarga ish izlash davrida ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatda nafaqasi hisobga olingan holda o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi va mehnat shartnomasiga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi bozor iqtisodiyoti sharoitida to‘lovga noqobil korxonalar nochor deb topilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil mayda qabul qilingan «Bankrotlik to‘g‘risi»dagi qonunida yuridik va jismoniy shaxslar xo‘jalik yuritish subyektlarini bankrot deb topish shartlari va tartibi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasida MKga binoan ish beruvchi bankrot topilgan holda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan muhim kafolat mustahkamlanib qo‘yilgan.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan quyidagi hollarda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi:

  • ish beruvchining tashabbusi bilan xodim o‘zining mehnat vazifalarini bajarmaganligi sababli shartnomaning bekor qilinishi bundan mustasno, taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan Mehnat kodeksining 106-moddasi 1va 2-bandlarida nazarda tutilgan holatlarga binoan;

  • Mehnat kodeksining 106-moddasi 4-bandiga binoan bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi, ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar xodimning aybi bilan buzilgan hollar bundan mustasno;

  • xodim yangi mehnat shartnomasi asosida ishni davom ettirishni rad etganligi sababli.

Ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas.
5. Xodimning vafoti munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi. Ish beruvchi ko‘mish uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining kamida uch baravari miqdorida nafaqa to‘lashi shart. Mehnat jarohati, kasb kasalligi bilan vafot etgan taqdirda uning oila a'zosiga marhumning olti yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.
Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, mehnat shartnomalarini bekor qilish quyidagi shart-sharoitlar bo‘lganda, mumkinligini nazarda tutish muhimdir.
Birinchidan, agar mehnat shartnomasini bekor qilish hollari O‘zbekiston Respublikasining u yoki bu qonunida ko‘zga tutilgan bo‘lsa.
Ikkinchidan, mehnat shartnomasini bekor qilish tashabbusi xodimning yoki ish beruvchining xohishidan qat'i nazar 3-shaxs tomonidan chiqishi kerak.
Uchinchidan, mehnat munosabatlarini davom ettirish haqiqatdan ham mumkin bo‘lmay qolgan hollardagina mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida 3-shaxs talab qilishi mumkin.
Test

  1. «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir». Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida aks etgan?

  1. 36 C) 38

  2. 37 D) 39

  1. Mehnat kodeksning ...-moddasi 4-bandiga binoan bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi.

A) 106 C) 108
B) 107 D) 109

  1. Mehnat shartnomasini bekor qilish qanday hujjat bilan rasmiylashtiriladi?

  1. buyruq

  2. nizom

  3. qaror

  4. dalolatnoma

1

2

3

B

A

A




  1. Yüklə 287,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə