Samarqand davlat universitetining


mavzu: Pensiya tayinlash uchun hujjatlarni tayyorlash va taqdim etish



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə32/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
kadrlar bo\'limi nizomi

mavzu: Pensiya tayinlash uchun hujjatlarni tayyorlash va
taqdim etish


Reja:

  1. Pensiya tayinlashga doir hujjatlarni tayyorlash.

  2. Pensiya va nafaqa ishlarini rasmiylashtirish tartibi.

Korxona, muassasa, tashkilot yoki shirkat xo‘jaligining boshqaruv ma'muriyati tomonidan xodimlar, shirkat xo‘jaliklari a'zolari va ularning oila a'zolariga pensiya tayinlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish pensiyaga taqdimnoma yoki uni tayinlashni rad etish haqidagi ishonchli radnoma tayyorlash bilan tugaydi.
Taqdimnoma arizachida pensiyaga bo‘lgan huquq to‘g‘risida korxona, muassasa, tashkilot va shirkat xo‘jaligi boshqaruvi, ma'muriyatning fikrini aks ettiruvchi va unga tegishligi qonun asosida pensiya tayinlashni tavsiya etuvchi hujjat hisoblanadi.
Taqdimnomaning huquqiy ahamiyati shundaki, u pensiya tayinlash to‘g‘risida tavsiyanoma hisoblanib, pensiya tayinlash uchun huquq yuzaga kelganligi to‘g‘risida dastlabki fikr hisoblanadi.
Taqdimnoma shu bilan birga pensiya huquqini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi hujjat, chunki bu bilan, odatda, pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tayyorlanishi va rasmiylashtirilishi poyoniga yetadi.
Har yilning boshida kelgusi yilda pensiya yoshiga yetadigan barcha xodimlar, shirkat xo‘jaligi va kooperativlarning a'zolari uchun ular ishlayotgan korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarning ma'muriyati (boshqaruvi) tomonidan ularning shaxsiy varaqalari va mehnat daftarchalari asosida ro‘yxatlar tuziladi.
Ro‘yxatga mazkur korxonaning ham umumiy, ham imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash huquqini oluvchi barcha xodimlari kiritiladi.

Ne

Arizachining
F.I.Sh

Tug‘ilgan vaqti

Kasbi

Umumiy mehnat staji

Maxsus mehnat staji

1

Ahmedov
Salim Raufovich

1948-yil
15-mart

Muhandis

38-5 oy
10 kun

yo‘q

2

Shokirova Mehriniso Yormatovna

1958-yil
10-aprel

Texnik xodim

25 yil 6 oy

Ko‘p bolali ona

3

Mahmudov Rahmat Karimovich

1953-yil
21-may

Quyuv sexida ishchi

36 yil 5 oy
20 kun

13 yil 4 oy
3-ro‘yxat
1qism

Ro‘yxatlar xodimlarning tug‘ilgan sanalari bo‘yicha ketma-ket tartibda tuziladi. Ro‘yxatlarda xodimning tug‘ilgan yili, oyi, kuni; tarkibiy bo‘linmaning nomi, lavozimi (kasbi), pensiya tayinlash uchun asoslar, hujjatlar bilan tasdiqlangan umumiy mehnat staji, yoshiga nisbatan imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash huquqini beruvchi maxsus mehnat staji ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Korxona ma'muriyati ro‘yxatda ko‘rsatilgan xodimlarga pensiya tayinlash uchun oldindan hujjatlar tayyorlashga kirishadi (ro‘yxat formasi ilova qilinadi).


Hujjatlarni tayyorlash ishi korxona, muassasa, tashkilot, shirkat xo‘jaligi xodimlar bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Pensiya hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodim zarur hollarda, yetishmayotgan hujjatlarni so‘rab olish, tegishli hollarda esa xodimning fikri bo‘yicha uning ish davrlarini tasdiqlashi mumkin bo‘lgan guvohlarni qidirib topish choralari ko‘rilishi kerak.
Korxona ma'muriyati xodim pensiya yoshiga yetgan kundan kechiktirmay, uning pensiya olish huquqiga ega bo‘lganligini bildirishi shartdir.
Korxona (muassasa, tashkilot, shirkat xo‘jaligi) ma'muriyati to‘plangan barcha hujjatlar asosida pensiya tayinlash uchun taqdimnomani rasmiylashtiradi.
Xodim pensiya tayinlash to‘g‘risida ariza bergan holda korxona ma'muriyati mazkur ariza ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab, 10 kun ichida hujjatlarni va o‘z taqdimnomasini to‘liq rasmiylashtiradi va arizachini ular bilan (taqdimnomaga imzo qo‘ydirib) tanishtiradi.
Hujjatlar va taqdimnoma xodimning arizasi bilan birga arizachi yashab turgan joydagi ijtimoiy ta'minot bo‘limiga ma'muriyat vakili orqali yuboriladi. Korxona ma'muriyati pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni to‘play olmagan hollarda, ijtimoiy ta'minot bo‘limiga mavjud hujjatlar topshiriladi va boshqa hujjatlar ijtimoiy ta'minot bo‘limiga 3 oy ichida topshirilishi shart.
Agar xodimga ma'muriyat tomonidan pensiya tayinlash rad etilgan (ya'ni pensiya tayinlash uchun huquq yuzaga kelmagan hollarda) bo‘lsa, bu haqda unga rad etish sabablari ko‘rsatilib, yozma ravishda xabar beriladi.
Pensiya tayinlash uchun murojaat qiluvchi shaxs ma'muriyat qaroridan norozi bo‘lgan hollarda, pensiya tayinlash to‘g‘risidagi arizani bevosita yashab turgan joyidagi ijtimoiy ta'minot bo‘limiga berishi mumkin.
Ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan fuqarolarga (yakka tartibda tadbirkorlik va dehqon fermer xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchilarga) hamda ularning oila a'zolariga pensiya tayinlash uchun yetishmayotgan hujjatlarni topishda ijtimoiy ta'minot bo‘limi yordam beradi.
Ijtimoiy ta'minot bo‘limlari pensiya tayinlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va taqdim etish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar va ma'lumotnomalar berishga majburdirlar.
Pensiya tayinlashga doir hujjatlarni bo‘lim rasmiylashtiradi. Pensiya tayinlashni (bir turdan ikkinchi turga o‘tkazishni)
so‘rab yozilgan ariza bilan birga tegishli hujjatlar topshirilgan kundan keyin O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi qonunining 45-moddasiga muvofiq pensiya tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlar, ular kelib tushgan kundan e'tiboran 10 kundan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi.
Pensiya tayinlash rad etilgan hollarda, bo‘lim tomonidan tegishli qaror chiqarilgandan keyin 5 kun ichida pensiya tayinlashni rad etish sababi va shikoyat qilish tartibini tushuntirib, pensiya tayinlash bo‘yicha murojaat etgan fuqaroga yoki korxona, muassasa, tashkilotga xabarnoma yuboradi va taqdim etilgan hujjatlarning aslini qaytaradi.
Bo‘limga kichik biznes, fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlar tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarda, ularning asosli berilishi bo‘yicha shubha tug‘dirgan, ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni pensiya tayinlangunga qadar tekshirishi mumkin.
Pensiya tayinlash yuzasidan murojaat tegishli hujjatlar bilan kelib tushgandan so‘ng, pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlash Komissiyasi 10 kunlik muddatda qaror (pensiya tayinlash, pensiya tayinlashni rad etish, taqdim etilgan hujjatlarni qayta tekshirish va boshq.) qabul qiladi.
Bo‘lim tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazilganidan so‘ng, Komissiya pensiya tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqadi.
Bunda, pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning asosli berilganligi tasdiqlansa, u holda Komissiya pensiyani, pensiya tayinlash uchun birinchi marotaba murojaat etgan kundan tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Agar tekshirilishi kerak bo‘lgan hujjatlarsiz ham fuqaroning pensiya olishga huquqi bo‘lsa, uning yozma roziligiga asosan, Komissiya tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda eng kam miqdorda pensiya tayinlanishi mumkin.
Agar fuqaro eng kam miqdordagi pensiya tayinlanishiga rozi bo‘lmasa, Komissiya pensiya tayinlash bo‘yicha qarorni, hujjatlar yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruv ishlari tugallangandan keyin qabul qiladi.
Pensiya tayinlash yoki qayta hisoblash uchun taqdim etilgan hujjatlar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tekshirishlar, tekshirish o‘tkazilgan sana ko‘rsatilgan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Tekshirish korxona, muassasa yoki tashkilot vakili ishtirokida o‘tkazilib, dalolatnoma bo‘lim xodimi, korxona, muassasa yoki tashkilot vakili imzolari va tekshirilgan korxona, muassasa, tashkilot va arxiv muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Tayinlash guruhi inspektori pensiya tayinlash uchun topshirilgan hujjatlarga asosan ma'lumotlarni kompyuter bazasiga kiritadi, mehnat stajini, o‘rtacha ish haqini, pensiya miqdorini hisoblab, hisob-kitoblarni chop etadi hamda Komissiyaning pensiya tayinlash yoki pensiya tayinlashni rad etish yuzasidan qaror loyihasini tayyorlaydi.
Hujjatlarni tartib bo‘yicha tikib, tayinlash guruhi rahbariga tekshirish uchun beradi. Pensiya tayinlash muddatini nazorat qilish uchun Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan maxsus nazorat varaqasi to‘ldiriladi. Pensiya tayinlash ishlaridagi hujjatlar mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida ko‘rsatilgan tartibda tikiladi.
Bo‘limning tayinlash guruhi rahbari ish staji, o‘rtacha ish haqi va pensiya miqdorining to‘g‘ri hisoblanganligini, pensiya tayinlash muddati to‘g‘riligini tekshirib imzo qo‘yadi.
Test

  1. Xodim pensiya tayinlash to‘g‘risida ariza bergan holda korxona ma'muriyati mazkur ariza ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab ... kun ichida hujjatlarni va o‘z taqdimnomasini to‘liq rasmiylashtiradi va arizachini ular bilan (taqdimnomaga imzo qo‘ydirib) tanishtiradi.

KADRLAR BILAN ISHLASHNI TASHKIL QILISH 87

  1. 30 kalendar kun

  1. Korxona ma'muriyati pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni to‘play olmagan hollarda, ijtimoiy ta'minot

bo‘limiga mavjud hujjatlar topshiriladi va boshqa hujjatlar ijtimoiy ta'minot bo‘limiga ichida topshirilishi shart.

KADRLAR BILAN ISHLASHNI TASHKIL QILISH 87

  1. Ijtimoiy ta'minot bo‘limlari pensiya tayinlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va taqdim etish masalalari bo‘yicha qanday hujjatlar berishga majburdirlar?

  1. tushuntirishlar

  2. ma'lumotnomalar

  3. iltimosnoma

  4. A va B

1

2

3

C

C

D




  1. Yüklə 287,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə