Samarqand davlat universitetining


mavzu: Mehnat ta'tillarini tayinlash va rasmiylashtirish



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə30/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
kadrlar bo\'limi nizomi

mavzu: Mehnat ta'tillarini tayinlash va rasmiylashtirish

Reja:

  1. Mehnat ta'tillarini tayinlash tartibi.

  2. Mehnat ta'tillarini rasmiylashtirish tartibi.

  3. Mehnat ta'tillari turlari va muddatlari.

Xodimlar yillik mehnati ta'tillaridan foydalanishlari uchun mulkchilik shaklidan qat'i nazar, KMT bilan mehnat munosabatlarida bo‘lishlari zarur. Yillik mehnat ta'tilida bo‘lgan xodimlarning ish joylari saqlanib qoladi. Bu davrda xodimlarni boshqa ishga o‘tkazish, ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
MKning 134—139-moddalariga ko‘ra xodimlarga har yili olti kunlik ish haftasi hisobida kamida 15 ish kuniga teng muddat bilan ta'til beriladi. Mehnat ta'tili butun yil davomida istalgan vaqtda beriladi. Bunda xodimlarning istaklari hamda manfaatlari hisobga olinadi.
Ta'tillar berish jadvali kalendar yil boshlanishidan kechiktirilmay tasdiqlanadi. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta'tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi. Xodimlarga ish davrida, ularning xohishiga ko‘ra yillik ta'tilning MKning 134-moddasida belgilangan eng oz muddatidan ortiqcha qismi uchun pullik kompensatsiya to‘lanishi mumkin. Xodimlarda ishning birinchi yilida ta'til shu KMTda uzluksiz olti oy ishlagandan keyin beriladi.
Ta'til olish huquqini beradigan mehnat stajiga quyidagilar kiradi:

  • ish yil davomida haqiqatda ishlagan vaqt;

  • xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham lekin uning ish joyi saqlangan vaqt, bolani parvarishlash uchun qisman haq to‘lanadigan ta'til va ish haqi saqlanmagam holda beriladigan muddati ikki haftadan ko‘p bo‘lgan ta'tillar bundan mustasno;

  • mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilganligi natijasida qilingan haq to‘lanadigan majburiy progul vaqti, basharti xodim keyinchalik avvalgi ishiga tiklangan bo‘lsa;

  • tarmoq kelishuvlari jamoa shartnomalari va korxonaning o‘zga hujjatlari, shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa davrlar.

Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda yillik qo‘shimcha ta'tillarni olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarishning alohida qoidalari nazarda tutilishi mumkin.
MKning 244-moddasiga muvofiq 18 yoshga to‘lmagan xodim va xizmatchilarga har yilgi ta'til yoz paytida yoki ularning xohishiga qarab, yilning istalgan vaqtida beriladi. Basharti shu yil xodim 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan ish staji uchun 30 kalendar kun hisobidan, 18 yoshga to‘lgandan keyingi ish staji uchun esa umumiy tartibda hisoblab chiqariladi.
Har yili qo‘shimcha mehnat ta'tillari quyidagilarga beriladi. Mehnat jarayonida sog‘lig‘iga fizikaviy, kimyoviy, biologik va ishlab chiqarishning boshqa zararli omillari ta'sir etadigan xodimlarga noqulay mehnat sharoitida ishlaganliklari uchun yillik qo‘shimcha ta'til beriladi. Korxonalarda, qo‘shimcha ta'til olish huquqini beruvchi shaxslar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati, ta'tillarning muddati, ularni berish tartibi va shartlari tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomasi bilan agar ular tuzilmaydigan bo‘lsa kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib ish beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan mehnat shartnomalarini baholash uslublari asosida belgilaydi.
Qonunchilikka ko‘ra qo‘shimcha mehnat ta'tili odatda asosiy yillik mehnat ta'tiliga qo‘shib beriladi. MK 134-moddasida belgilanganidek, yillik ta'til muddati o‘n besh ish kunidan iborat miqdorda belgilangan bo‘lsa qo‘shimcha ta'tillar qonunchilikda belgilangan miqdorda ma'lum kasb va lavozimlarda ishlaydigan xodimlarga asosiy yillik mehnat ta'tiliga qo‘shib beriladi. MK 136-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan xodimlarga yillik mehnat ta'tili berilayotganda buyruq quyidagi tartibda beriladi:
Yillik va qo‘shimcha ta'tillar davrida xodim mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan yoki davlat, jamoat vazifalarini bajarishga jalb qilingan taqdirda, shuningdek, qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi yoki davlat, jamoat vazifalarini bajarishga jalb etilganligi tufayli yillik ta'tili boshqa vaqtga ko‘chirilganda, unga bu davr uchun ish haqi to‘lanadi. Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta'til va uning muddatlari ishlab chiqarish imkoniyatlarini, ta'tilga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olib ish beruvchi tomonidan belgilanadi. Masalan, bundan ta'tillar nikohga kirish paytida, bemorlarni parvarish qilib turish zarur bo‘lgan va boshqa vaqtlarda bo‘lishi mumkin. Oilaviy sabablarga ko‘ra beriladigan qisqa muddatli ta'til yillik ta'til olish huquqini beradigan mehnat stajiga kiradi,
Mehnat kodeksida bevosita ko‘zda tutilgan hollarda xodimlarga uzunroq muddatga ish haqi saqlanmagan holda ikki va uch yilga ayollarga bolani parvarishlash yuzasidan ta'til berish (MK ning 234-moddasi), o‘quv yurtlarga kirish imtihonlari topshirish uchun xodimlarga beriladigan ta'tillar (MKning 252-moddasi, 254—256-moddalari), ijodiy ta'tillar (MKning 258-moddasi), homiladorlik va tug‘ish ta'tillari (MKning 233-moddasi) va hokazo.
Test

  1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 134-moddasiga ko‘ra xodimlarga necha ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik asosiy ta'til beriladi.

  1. o‘n besh

  2. 30 kalendar kun

  3. 1 oy

  4. xodim va ish beruvchining o‘zaro kelishuviga ko‘ra

  1. Xodimlarga yillik asosiy ta'til birinchi ish yili uchun qancha muddat ishlangandan keyin beriladi?

  1. 30 kun

  2. olti oy

  3. besh oy

  4. uch oy

  1. Qanday hollarda ta'til xodimlarga ularning xohishi bo‘yicha olti oy o‘tmasdan oldin beriladi?

  1. ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta'tili oldidan yoki undan keyin.

  2. I va II guruh nogironlariga.

  3. o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga.

  4. A, B, C

1

2

3

A

B

D



Yüklə 287,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə