Samarqand davlat universitetining


Mehnat nizosini hal qilib berishni so‘rab sudga murojaat etish muddati



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə28/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

Mehnat nizosini hal qilib berishni so‘rab sudga murojaat etish muddati. Mehnat nizosini hal etish to‘g‘risidagi ariza sudga xodim o‘z huquqlari buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e'tiboran uch oy muddat ichida, ishdan bo‘shatilganlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan esa ishdan bo‘shatilganlik to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasi olingan yoki mehnat daftarchasi olingan kundan e'tiboran bir oylik muddat ichida topshiriladi.
Pul talabnomalari yuzasidan chiqariladigan qarorlarda summaning miqdori aniq ko‘rsatilishi zarur. Mehnat nizolarini ko‘ruvchi komissiyada kasaba uyushmasi komiteti bilan ma'muriyat vakillari nizoli masalani ko‘rishda bir bitimga kela olmasalar, xodim komissiya majlisi bayonidan ko‘chirma topshirilgan kundan boshlab 10 kunlik muddat ichida kasaba uyushmasining mahalliy komitetiga ariza bilan murojaat qilishga haqli. Qonunga ko‘ra ma'muriyat mehnat nizolarini ko‘ruvchi komissiyaning qarori ustidan kasaba uyushmasi komitetiga shikoyat qilish huquqiga ega emas, xodimning ariza berishi muddatini o‘tkazib yuborganligi keyinchalik undan ariza qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Kasaba uyushmasi komiteti mehnat jamoasining ariza va shikoyatlarini manfaatdor xodimlar ishtirokida 10 kun ichida ko‘rib chiqishlari lozim. Nizolarni hal qil ish vaqtida bor material bilan atroflicha tanishiladi, ishga kerakli dalillar so‘rab olinadi, guvoh ekspertlar chaqiriladi, masala yuzasidan qaror qabul qilinadi va taraflar 3 kun ichida tanishtiriladi, qarordan norozi tomon qarorni olgan kundan boshlab 10 kunlik muddat ichida tuman xalq sudiga murojaat qilishi mumkin.
Yakka mehnat nizolari. Mehnat nizolari komissiyalari tomonidan, mehnat kodeksining 269-moddasida ko‘rsatilgan nizolar bundan mustasno. Tuman sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun o‘z xohishiga ko‘ra, komissiyaga bevosita sudga murojaat etishga haqlidir.
Yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi, mehnat nizolariga doir ishlarni tuman sudlarida ko‘rib chiqish tartibi esa bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi bilan ham belgilanadi.
Quyidagilar mehnat nizosini ko‘rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga egadirlar:

  1. xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillari;

  2. mehnatning huquq bo‘yicha inspektori;

  3. ish beruvchi, mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, shuningdek, unga xodim tomonidan yetkazilgan zararni qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha;

  4. prokuror, Mehnat nizolari quyidagi hollarda bevosita tuman sudlarida ko‘rib chiqiladi:

  • agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan bo‘lsa;

  • ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat'i nazar ishga tiklash to‘g‘risida mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari ta'rifini o‘zgartirish to‘g‘risida majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa;

  • ular xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararlar to‘lanishi haqida bo‘lsa;

  • ular Mehnat kodeksining 78-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan hollarda ishga qabul qilish rad etilgani haqida;

— ular ish beruvchi va kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib hal etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan bo‘lsa.
Mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyalarida ko‘rilmagan degan vaj bilan xodimning arizasini ko‘rib chiqishni rad etishga qo‘yilmaydi.
Jamoalarga doir mehnat nizolari — bu ish beruvchi va xodimlar jamoalari o‘rtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash va mavjud shartlarini o‘zgartirish jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish o‘zgartirish va bajarish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Mehnatning yangi shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarini o‘zgartirish xususida jamoalarga doir mehnat nizolarini hal etish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yiladi. Ushbu moddaning 3-qismida aytib o‘tilgan ishlarni sudlarda ko‘rib chiqish hamda sudlarning qarorlarini ijro etish vaqtida mehnat kodeksida yakka mehnat nizolari uchun belgilangan tegishli qoidalar va muddatlar qo‘llaniladi.
Test

  1. Mehnat nizolarini qaysi organ ko‘rib chiqadi?

  1. korxona, muassasa komissiyalari

  2. kasaba uyushmasi komitetlari

  3. tuman (shahar) sudlari

  4. A, B, C

  1. Kasaba uyushmasi komiteti mehnat jamoasining ariza va shikoyatlarini manfaatdor xodimlar ishtirokida qancha muddat ichida ko‘rib chiqishlari lozim?

  1. 3 kun

  2. 10 kun

  3. bir oy

  4. uch oy

  1. Nizolarni hal qilish yakunida nizoli masala yuzasidan qaror qabul qilinadi va taraflar qancha muddat ichida tanishtiriladi?

  1. 3 kun

  2. 10 kun

  3. bir oy

  4. uch oy

1

2

3

D

B

A




  1. Yüklə 287,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə