Samarqand davlat universitetining


mavzu: Korxonada xodimlarni tayyorlash va ularni malaka oshirishga yuborishni tashkil etish



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə29/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
kadrlar bo\'limi nizomi

mavzu: Korxonada xodimlarni tayyorlash va ularni malaka
oshirishga yuborishni tashkil etish


Reja:

  1. Korxonada xodimlarni tayyorlash va ularni malaka oshirishga yuborishni tashkil etish tushunchasi.

  2. Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi.

  3. Mutaxassislarni professional qayta tayyorlash jarayonining yakuni.

«Aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida»gi qonunda belgilanganidek, davlat tomonidan fuqarolarni yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‘qitish, mahalliy mehnat o‘rinlarida yoki ularning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida stipendiya to‘lab malaka oshirish imkoniyati yaratilganligi ularning mehnat qilish huquqining muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda shogirdlikka, xodimlar malakasini oshirishga va o‘qitish ishlariga rahbarlik qilish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar kelib chiqadi. Shogirdlikka oid huquqiy munosabatlar tuzilgan shartnoma asosida kelib chiqadi va ular ishsiz fuqaroni yangi kasbga o‘qitish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ma'lumki, bozor munosabatlari sharoitida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasining oshirilishi — ularni ijtimoiy foydali ish bilan ta'minlashga ko‘maklashuvchi eng muhim omil va aholini ijtimoiy himoya qilish izchil choralaridan biri sifatida qaralishi lozim. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 1994-yil 24-apreldan «Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlanib, Adliya vazirligi 1999yil 362-sonli raqam bilan ro‘yxatga olingan. Mazkur nizomda O‘zbekiston Respublikasi ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimi orqali ularni kasbga o‘qitish va qayta o‘qitish, malakasini oshirish bosqichlari va tartibi belgilangan. Nizomda ko‘rsatilishicha, bu tizim tarkibiga:

  • O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini muhofaza qilish vazirligining ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir masalalar bilan shug‘ullanadigan tuzilmaviy bo‘linmalari;

  • mehnat o‘rinlarining joylardagi o‘quv markazlari;

  • korxona, muassasa va tashkilotlarning o‘quv bo‘linmalari;

  • oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari (akademik litseylar qoshidagi o‘quv muassasalari);

  • tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan tijorat va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar, uyushmalar;

  • shogirdlikka kasb o‘rgatish imkoniyatlariga ega bo‘lgan «Hunarmand» uyushmasiga a'zo bo‘lgan tadbirkor xalq ustalarining maktablari.

Mehnat o‘rinlarida ro‘yxatga olingan ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:

  • ishsiz shaxs zarur kasb, malakaga ega bo‘lmagani tufayli unga qabul qiladigan ish tanlash mumkin bo‘lmaganda;

  • ishsiz shaxsning kasb ko‘nikmalariga mos keladigan ish yo‘qligi sababli kasbini (mutaxassisligini, mashg‘ulot turini) o‘zgartirish zarur bo‘lganda;

  • ishsiz shaxs kasbga bog‘liq bo‘lgan kasalligi tufayli, uzoq tanaffusdan keyin ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar joriy qilinishi munosabati bilan avvalgi kasbi bo‘yicha ishlash qobiliyatini yo‘qotganda amalga oshirilishi mumkin.

Bu qoida uning turidan qat'i nazar, pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan va mehnat o‘rinlarida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarga ham (basharti shunday zarurat bo‘lsa) joriy qilinadi. Ularning mehnat o‘rinlari ish qidiruvchi ish sifatida ro‘yxatga olinish saqlab qolinadi. Nizomda ko‘rsatilganidek, korxonalarning tugatilishi, qayta tashkil etilishi xodimlar sonining qisqartirilishi tufayli ishdan bo‘shayotgan xodimlarning kasb ta'lim, ularning xohishiga ko‘ra, tizimning ist algan o‘quv bazasida tashkil etilishi mumkin. Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimini boshqarish mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hududiy mehnat o‘rinlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, joylardagi mahalliy mehnat o‘rinlari qoshida maslahatlar berish maqsadida tegishli o‘quv markazlari ham tashkil etiladi.
Tuzilgan shartnomalar asosida mehnat o‘rinlari tomonidan kasb tayyorgarligi va qayta tayyorgarlikdan o‘tish, malakasini oshirishga muhtoj bo‘lgan shaxslarga yangi kasbga o‘qitish uchun yo‘llanmalar, jumladan, usta-shogird usuliga o‘rgatishda shartnoma amaldagi tartib bo‘yicha o‘qish muddatlari ko‘rsatilgan holda tuziladi, qoidaga ko‘ra, ishsiz shaxslarni o‘qitish muayyan kurs asosida va yakka tartibda tashkil qilinadi.
Ishsiz shaxslar jumlasidan kasbga tayyorlashga yollangan fuqarolarning o‘qish muddati, odatda, olti oydan oshmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta'minlash haqida»gi qonunning 23-moddasiga muvofiq, ishsiz shaxslarning kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish mehnat organlarining yo‘llanmalari asosida amalga oshiriladi. Demak, ishsiz shaxslarni o‘qitishga doir fuqarolar bilan mahalliy mehnat organi o‘rtasida huquqiy munosabatlar ishsiz fuqarolarga yo‘llanma berilgan paytdan boshlab vujudga keladi va shundan e'tiboran huquqiy munosabatlar subyektlari tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan, ishsiz sifatida e'tirof etilgan shaxslar tomonidan kasb tanlash va kasbga muvofiq ta'lim olish imkoniyatlariga bepul maslahatlar olish, davlat mablag‘lari hisobidan yangi kasbni egallash yoki malakasini oshirish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanadi. Ta'lim oluvchilar esa o‘quv jarayonida olgan nazariy va amaliy bilimlari asosida kasbga doir mohirlik va ko‘nikma hosil qilishlari lozim. Huquqiy munosabatlarining subyekti — mahalliy mehnat organining majburiyatlari esa ishsiz shaxslarning kasb ta'limini tashkil etish masalalari bo‘yicha korxonalarning xodimlar xizmati va o‘quv yurtlari bilan o‘zaro hamkorlik asosida ularning faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirishdan iborat. O‘quv jarayoni qonunda belgilangan tartibda yakunlangach, huquqiy munosabatlar ham barham topadi.
Ilmiy texnikaviy taraqqiyot shu qadar jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqdaki, mutaxassislarning kasbiy bilimlari har yili ma'lum darajada qadrsizlanmoqda, hamda ularni tez-tez yangilash ehtiyoji sezilmoqda. Bozor iqtisodiyoti, raqobat sharoitida, texnika va texnologiyalar jadal o‘zgarayotgan sharoitda xodimlarning malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash katta ahamiyat kasb etadi.
Milliy dastur talablariga asosan, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarining kasb mahoratini, bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga, ularni zamon talabiga javob bera oladigan darajaga yetkazishga qaratiladi. Avvalo, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi ixcham bo‘lib, har bir xodimning individual xususiyatlarini hisobga oladi, ya'ni shaxsiyatlantiriladi. Bundan tashqari xodimlarning malaka oshirish va qayta tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish va ularni oqilona qondirish, malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonini tabaqalashtirish, qayta tayyorlash va malaka oshirish natijalari asosida xodimlarni ma'naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantirib borish, mazkur jarayonlarni tashkil etishning davlat, jamiyat va nodavlat shakllarini birga qo‘shib olib borish kabilar qayta tayyorlash ta'lim turining asosiy vazifalari hisoblanadi
Mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash universitetlarda, malaka oshirish institutlarida va professional qayta tayyorlash huquqiga ega bo‘lgan o‘quv markazlarida amalga oshiriladi. Mazkur jarayon ishlab chiqarishdan ajralgan holda va qisman ajralmagan holda bo‘lishi mumkin. Uning shakli malaka oshirish ta'lim muassasasi tomonidan ta'lim dasturining murakkabligi e'tiborga olingan holda va buyurtmaning u bilan tuzilgan shartnomasi asosidagi ehtiyojlariga muvofiq ravishda belgilanadi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'lim muassasasi o‘quv jarayonini maqsadli tashkil etish, ta'limning shakli, uslublari va texnologiyasini tanlash yo‘li bilan tinglovchilarga ta'lim dasturlarini o‘zgartirishlari uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Mazkur dasturlar malaka oshirish ta'lim muassasalari tomonidan buyurtmachi ehtiyojlarini, shuningdek, qo‘shimcha kasb ta'limi dasturlari mazmuni oldiga qo‘yilgan davlat talablarini e'tiborga olgan holda chiqiladi, tasdiqlanadi va amalga oshiriladi.
Mutaxassislarni professional qayta tayyorlash jarayoni yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanadi. Attestatsiyani o‘tkazish tartibi ta'limni boshqarish bo‘yicha tegishli davlat o‘rinlari tomonidan belgilanadi. O‘quv rejasining barcha talablarini bajargan yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilar qayta tayyorgarlik va malaka oshirishdan o‘tganligi haqida belgilangan namunadagi diplom yoki sertifikat oladilar.
Mutaxassislarni professional qayta tayyorlash, ularni zamonaviy talablar doirasidan chiqib qolmasligini, jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallash imkoniyatiga ega bo‘lishining va keng ma'noda inson huquqlarini himoyalashni ta'minlaydi.


  1. Yüklə 287,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə