Samarqand davlat universitetining


Mehnat nizolarini sudda ko‘rib chiqishning umumiy asoslari



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə27/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

Mehnat nizolarini sudda ko‘rib chiqishning umumiy asoslari.
Sud quyidagi hollarda mehnat nizolarini ko‘rib chiqadi:

  • basharti mehnat nizolari komissiyasi o‘n kunlik muddat ichida mehnat nizosini qarab chiqmasa va manfaatdor xodim mehnat nizosini qarab chiqish uchun tuman sudiga o‘tkazishga qaror bergan bo‘lsa;

  • xodimning, ma'muriyatning yoki xodim manfaatlarini himoya qiluvchi tegishli kasaba uyushmasining arizasiga binoan;

  • mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda ma'muriyatning arizasiga binoan;

  • prokurorning arizasiga binoan.

Sudlarda bevosita quyidagi mehnat nizolari ko‘rib chiqiladi:

  • mehnat nizolari komissiyasi saylanmaydigan yoki biror sababga ko‘ra bunday komissiya tuzilmagan korxonalarda kelib chiqqan mehnat nizolari;

  • mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilish asoslaridan qat'i nazar ishga tiklash, ishdan bo‘shatish vaqti hamda sababining ta'rifini o‘zgartirish, majburiy progul vaqti va kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lash haqidagi xodimning arizasi yoki prokurorning arizasi murojaatnomasiga binoan;

  • korxona, muassasa, tashkilotga yetkazilgan moddiy zararni xodimdan undirib olish haqidagi ma'muriyatning murojaatnomasiga binoan;

  • mehnat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimning salomatligiga yetkazilgan zarar o‘rnini korxona qoplashi haqidagi xodimning arizasi yoxud prokurorning murojaatnomasiga binoan.

Shuningdek, boshqa korxonalardan o‘tkazish tartibida ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etish; bron hisobidan ishga yuborilgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni; nogironlarni; homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni; 14 yoshga to‘lmagan bolasi bor (16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor) yolg‘iz onalarni; qonunlarga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishi shart bo‘lgan boshqa shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik to‘g‘risidagi nizolar ham bevosita sudda ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 287,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə