Samarqand davlat universitetining


mavzu: Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishga tayyorlash



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə23/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

mavzu: Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishga tayyorlash

Reja:

  1. Attestatsiyadan o‘tkazish tushunchasi.

  2. Attestatsiyadan o‘tkazishga tayyorlash.

  3. Attestatsiya komissiyalari tarkibi.

  4. Attestatsiya komissiyalari xulosalari.

Attestatsiyadan o‘tkazish uchun, korxonada buyruq chiqarilib, unda doimiy asosda ishlaydigan attestatsiya komissiyasining tarkibi tasdiqlanadi hamda vazifalari belgilab qo‘yiladi. Zaruratga qarab buyruq bilan bir vaqtning o‘zida attestatsiya komissiyalari tuzilishi mumkin. Attestatsiya komissiyalari tarkibiga qoida tariqasida, korxona bosh muhandisi, mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari, xodimlar bilan ishlash, mehnat va ish haqi xodimlari va boshqa bo‘limlar vakillari kiritiladi.
O‘sha buyruqning o‘zida attestatsiyalashning umumiy muddati tayin etiladi hamda uni o‘tkazish jadvali tasdiqlanadi.
Ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi:

  1. Ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan tashkiliy va uslubiy ishlarni amalga oshiradi, zarur huquqiy normativ hujjatlar va ma'lumotnoma yo‘sinidagi risolalarni tanlaydi hamda bu hujjat va ma'lumotnomalar bo‘yicha ish joylarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun jalb etilayotgan mutaxassislar tomonidan o‘rganilishini tashkil etadi.

  2. Attestatsiya o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ish joylarining ro‘yxatini tuzadi hamda ularga tegishli tartib raqami beradi, ish joylari chegarasini belgilaydi.

  3. Ishlab chiqarish muhiti zararli va xavfli omillarining tatbiq etilishi lozim bo‘lgan hajmini aniqlaydi.

  4. Yagona tarif-malaka ma'lumotnomasi hamda rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilar lavozimlari malaka ma'lumotnomasi asosida ish joylarida band bo‘lgan shaxslar kasbi va lavozimlarni nomlanishi ular bajarayotgan ishlarning xususiyatiga muvofiqligi yoki loyiqmasligini belgilaydi.

Attestatsiyalash uchun mo‘ljallangan har bir ish joyiga karta tayyorlanib unga ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining barcha omillari qayd etiladi. Olingan ma'lumotlar mazkur ish joyini tegishli tartib raqami bilan mehnat sharoitlari kartasiga kiritiladi. Bunday kartalarning umumiy soni attestatsiya o‘tkazish lozim bo‘lgan ish joylari miqdoriga mos bo‘lishi kerak.
Ish joylarni attestatsiyalash tugagach, mehnat shartnomalarini zararli va xavflilik darajasi bo‘yicha baholash kartalari asosida, dastlab har bir tarkibiy bo‘linma uchun so‘ngra esa umuman butun korxona uchun belgilangan namunadagi qaydnoma to‘ldiriladi.
Attestatsiya komissiyasi tarkibiy bo‘linmalardagi va umuman korxonadagi mehnat sharoitlari noqulay ish joylari miqdoriga oid ma'lumotlarni umumlashtirishdan tashqari ilgari tasdiqlab olingan rejaga muvofiq boshqa tadbirlarni ham amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2005-yil 30-dekabrdagi 106-son, 43-son va 01-356-son qarori bilan «Rahbar va pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risida» nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005yil 25-noyabrdagi «Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-227-qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi «Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 275-qaroriga muvofiq idoraviy bo‘ysunishidan qat'i nazar, xalq ta'limi tizimidagi davlat ta'lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibini belgilaydi. Attestatsiya o‘tkazishning asosiy maqsadlari:

  • xodimlarning malaka talablariga muvofiq malaka toifalarini belgilashda ularning kasbiy mahorati darajasini aniqlash va malaka toifalarini berish (oshirish yoki pasaytirish);

  • rahbar xodimlar kasbiy mahorati darajasining lavozim malaka tavsiflariga muvofiqligini aniqlash.

Attestatsiya:

  • rahbar va boshqa xodimlarning kasb mahoratini maqsadli va muntazam oshirilishini rag‘batlantirish;

  • ish haqi miqdorining ko‘payishi imkoniyatlarini ta'minlash;

  • jamoaning xodimlar mehnatini baholashdagi huquqlarini yanada oshirishga yo‘naltirilgan.

Attestatsiyaning asosiy tamoyillari:

  • xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishning majburiyligi va davriyligi;

  • oshkoraligi, kengashib ish ko‘rishi va xolisligi hisoblanadi.

Rahbar xodimlar attestatsiyasi uch yilda bir marta, xodimlar attestatsiyasi besh yilda bir marta o‘tkaziladi.
Yangi ishga qabul qilingan xodim kamida bir yildan keyin attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Uzoq vaqt (bir oydan ortiq) davolanayotgan xodimlar, homiladorlik ta'tilidagi, uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash ta'tilidagi ayollar ishga chiqqanlaridan so‘ng kamida bir yildan keyin attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Rahbar xodimlarning quyidagi toifalari attestatsiyadan o‘tkazilishi shart — rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari (xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlaridan tashqari), metodik kabinetlar mudirlari va xodimlari, shuningdek, Davlat ta'lim standartlari monitoringi bo‘lim (sho‘ba) boshliqlari; pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish institut (markaz, fakultet va kurs)lari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari.
Attestatsiya qilinuvchi rahbarlar o‘tkazilishi belgilangan attestatsiyadan bir oy oldin tegishli boshqaruv organiga, muassasa rahbariga quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:

  • ma'lumotnoma-tarjimayi hol;

  • mehnat daftarchasi, ma'lumoti, malaka toifasi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni to‘g‘risidagi (agar bo‘lsa), malaka oshirganligi

  • va qayta tayyorlash muassasalarida olingan ixtisoslik to‘g‘risidagi guvohnoma (sertifikat) nusxalari;

  • nashr etilgan ilmiy, o‘quv-metodik ishlari, maqolalari;

  • attestatsiya qilinuvchi tomonidan keyingi uch yilda bajarilgan ishlarning rahbariyat tomonidan tasdiqlangan hisoboti.

Noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma'lumotlar uchun attestatsiya qilinuvchi javobgar hisoblanadi.
Attestatsiya jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bog‘langan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi.
Attestatsiya komissiyasi taqdim qilingan hujjatlarni har tomonlama ko‘rib chiqib, suhbat, malaka sinovlari va kasbiy faoliyatni baholash natijalarini hisobga olib, quyidagi xulosadan birini qabul qiladi: «Egallab turgan lavozimiga mos keladi», «Egallab turgan lavozimiga mos kelmaydi».
Attestatsiya qilinuvchi xodim attestatsiya komissiyasi majlisiga uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan bo‘lsa, u attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi va «Egallab turgan lavozimiga mos kelmaydi» degan xulosa chiqariladi.
Test

  1. O‘z tashkiliy shakliga, o‘tkazilish qamroviga ko‘ra attestatsiya o‘tkazish necha turga bo‘linadi?


  1. 2

  2. 3
C) 4
D) 5

  1. Attestatsiya uchun taqdim etilgan noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma'lumotlar uchun kim javobgar hisoblanadi?

  1. attestatsiya qilinuvchi

  2. ish beruvchi

  3. xodimlar xizmati bosh inspektori

  4. A,B,C

  1. Attestatsiya qilinuvchi rahbarlar o‘tkazilishi belgilangan attestatsiyadan qancha muddat oldin tegishli boshqaruv organiga, muassasa rahbariga tegishli hujjatlarni topshirishi kerak?

  1. 15 kun C) ikki oy

  2. bir oy D) uch oy

1

2

3

A

A

B




  1. Yüklə 287,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə