Samarqand davlat universitetining



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə25/34
tarix27.09.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#124159
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
kadrlar bo\'limi nizomi

mavzu: Mehnat nizolari

Reja:

  1. Mehnat nizolari tushunchasi.

  2. Mehnat nizolarini ko‘rish tartibi.

Mehnat nizolari — mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me'yoriy aktlar, jamoa shartnomasi va mehnat to‘g‘risidagi boshqa bitimlar, shuningdek, mehnat shartnomasi kontrakt shartlarining qo‘llanilishi yuzasidan xodimlar bilan ma'muriyat o‘rtasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar va ixtiloflardan iborat.
Mehnat nizolari o‘z mazmuniga ko‘ra jamoaga doir va shaxsga doir mehnat nizolariga bo‘linadi. Shaxsga doir nizolar muayyan xodim bilan ma'muriyat o‘rtasidagi nizolar bo‘lib, ular, odatda, xodimlarning mehnat munosabatlarini tartibga solib turuvchi me'yoriy hujjatlarni qo‘llash borasida yuzaga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining XV bob, 259—281-moddalarida «Mehnat nizolari» deb nomlanib, unda mehnat nizolari, uning taraflari, mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlarning huquqiy asoslari mustahkamlangan. Unga binoan, jamoaga doir nizolar barcha xodimlarga taalluqli bo‘lgan yangi mehnat sharoitlarini joriy qilish yoki mavjud mehnat sharoitlarini o‘zgartirish, shuningdek, ma'muriyatning butun jamoaga nisbatan olgan o‘z majburiyatlarini bajarishi borasida yuzaga keladigan nizolardir.
Mehnat nizolari o‘z xususiyatiga ko‘ra da'vo xarakteridagi nizolar va da'vo xarakteriga ega bo‘lmagan nizolarga bo‘linadi. Da'vo xarakteridagi nizolar mehnat to‘g‘risidagi me'yoriy aktlarni qo‘llash bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Bunday nizo davomida xodim da'vo ariza berish yo‘li bilan o‘z huquqlarining tiklanishiga harakat qiladi.
Ular hamma vaqt shaxsiy xarakterga ega bo‘ladi. Mehnat nizolari deb taraflarning mehnat qonunlarini buzishi, mehnat burchlarini halol bajarmasligi, ortiqcha ishlab berilgan vaqtga ish haqi to‘lanmasligi va hokazolardan kelib chiqadigan tortishuvli holatlarga aytiladi.
Mehnat nizolari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 219—260-moddalari, mehnat nizolarini ko‘rish tartibi yuzasidan mavjud qonunlar bilan tartibga solinadi.
Mehnat nizolarini:

  • korxona, muassasa komissiyalari;

  • kasaba uyushmasi komitetlari;

  • tuman (shahar) sudlari va ba'zi toifaga mansub xodimlarning mehnat nizolarini bo‘ysunishiga qarab yuqori organlar (masalan, davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari) ko‘rib chiqadi.

Kasaba uyushmasi tuman komitetining huquqi berilgan korxona, muassasa, tashkilot kasaba uyushmasi komiteti mehnat nizolarini ko‘rib chiqish huquqini mehnat nizolarini ko‘rish tartibi to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda kasaba uyushmasi komitetiga berishi mumkin.
Xodim korxona, muassasa, tashkilot (sex), ma'muriyat bilan bevosita muzokara olib borib, nizoni hal qila olmagan bo‘lsa, mehnat nizosi mehnat nizolarini ko‘ruvchi komissiyada 10 kun ichida ariza berilgan xodim ishtirokida ko‘rilishi lozim, nizo xodimning (yozma arizasi bilangina sirtdan ko‘rilishi mumkin). Xodim majlisda komissiya a'zolariga ishonchsizlik bildirganda bu masala ularning yuqori boshliqlari tomonidan hal qilinadi. Komissiya majlisi ishdan tashqari vaqtda o‘tkazilib, ko‘rsatilgan masala protokolda qayd qilinadi va taraflarning fikr-mulohazalari ko‘rsatiladi. Komissiya qarorlari majburiy kuchga ega bo‘lib, ularni biron tarzda tasdiqlash mumkin emas. Ular amaldagi qonunlarga, jamoa shartnomalari va mehnat shartnomalari qoidalariga, nizomlar va yo‘riqnomalariga muvofiq bo‘lishi lozim.

Yüklə 287,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə