Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-chizma : xarajatlarning tasniflanishi



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/23
tarix29.11.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#143371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
parrandachilik korxonalarida xarajatlar hisobi va auditi samarqand

2-chizma : xarajatlarning tasniflanishi . 
Bu Nizom buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’yicha amaldagi qonunchilikni 
inobatga olgan holda xo’ alik sub’ektlari bo’lgan (o’z faoliyatini bankda hisobkitob 
schetini ochib olib boradigan) yuridik va jismoniy shaxslar - O’zbekiston 
Respublikasining rezidentlari tomonidan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga 
qo’shiladigan xarajatlarni bir xil qilish maqsadida ishlab chiqilgan Buxgalteriya
 
Ishlab chiqarish 
hajmiga 
ko’ra

1. 
O’zgaruvchan 
2. Doimiy 
3. Aralash
 
 
Xarajatlar
Servis xarajatlari: 
1. 
To’g’ri 
materiallar 
2. Materillar 
3. Uskuna va 
texnologiyalar 
4. Ijara 
5. Boshqa ustama 
xarajatlar
Ob’ektga 
munosabatiga 
ko’ra

1. 
To’g’ri 
2. Egri
Ishlab chiqarish 
xarajatlari: 
1. 
To’g’ri 
materiallar 
2. 
To’g’ri 
mehnat 
3. Ustama xarajatlar
P&L ga 
munosabatiga 
ko’ra

1. Sotilgan mahsulot 
tannarxi 
2. Operatsion 
3. Moliyaviy 
4. Fiskal
Qaror qabul qilish: 
1. Relevant xarajatlar 
2. Amalga oshirilgan 
xarajatlar 
3. Imkoniyatlar 
qiymati


1.2. Parrandachilik korxonalarida xarajatlar auditining nazariy asoslari
Har qanday korxona o’z faoliyatini yuritishda turli xil xarajatlarni amalga 
oshiradi. Shu jumladan parrandachilik korxonalarida faoliyatidan kelib chiqib 
amalga oshirayotgan xarajatlarini audit obyekti sifatida oladigan bo’lsak, 
parrandachilik korxonalarida amalga oshirilgan xarajatlarni amaldagi qonun 
qoidalarga muvofiq tarzda amalga oshirilganligini tekshirish uchun audit 
o’tkaziladi . 
Bunda parrandachilik korxonalarining quyidagi xarajatlar guruhiga ajratib
auditdan o’tkaziladi ; 

Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari

Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari

Umum ishlab chiqarish xarajatlari

Davr xarajatlaari
Audit obyekti deb yuqoridagi guruhlarni olsak maqsadga muvofiq bo’ladi . 
Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda xarajatlarni turlari bo’yicha audit qilish kelib 
chiqadi va har bir tur xarajat bo’yicha hisob to’g’ri yuritilganligi audit natijasida 
aniqlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad sodir bo’lgan xo’ alik muomalalarini hisobga 
olish va soliqqa tortishda qo’llanilayotgan tartibning O’zbekiston Respublikasi 
me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Tekshiruv jarayonida auditor quyidagi masalalarni hal etadi:
ishlab chiqarish xarajatlari tasnifini nizom talablariga mosligini aniqlash; 
egri xarajatlarni taksimlanish usullarni maksadga muvofiqligini tasdiqlash;
tayyor mahsulotni baholash bo’yicha usul asosli tanlab 
olinganligi va to’g’ri qo’llanilayotganini tasdiqlash;
tayyor mahsulot to’liq kirim qilinayotganligini aniqlash; 


o’natilgan va sotilgan mahsulotlar hajmlarini tasdiqlash
o’natilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxini tasdiqlash.
Ishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha hisob yuritilishi holatini tekshirish 
bo’yicha ma’lumot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarish 
xarajatlari hisob qaydnomalar, tayyor mahsulotni omborda hisobga olish bo’yicha 
varaqalar, preyskurantlar, mahsulotni etkazib berish to’g’risida shartnomalar,
schet-fakturalar, sotish bo’yicha daftarlar, tayyor mahsulotni berish to’g’risida yuk 
xatlari, xaridorlar ishonchnomalari, tushum kelib tushganligi to’g’risida dastlabki 
bank va kassa hujjatlari (to’lov talabnomalar, talabnoma-topshiriqnomalar, kirim 
kassa orderlari va boshqalar), 2010, 2810, 2910, 9010, 9110, 5010, 5110, 
4010sonli va boshqa schetlar bo’yicha hisob registrlari (ro’yxatnomalar, jurnal-
orderlar, mashinogrammalar), Bosh kitob, "Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot" 
(2-sonli shakl) va boshqalar.
Ishlab chiqarish xarajatlari auditida foydalaniladigan me’yoriy xujjatlar ro’yxati
1. “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun
2. “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonun
3. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi
4. “Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risida”gi Nizom
5. «Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha xarajatlar 
tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi xaqida»gi Nizom
6. «Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan mol-mulkning kamomadi va ortiqchasini 
buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi xaqida»gi Nizom
7. Auditorlik faoliyatining milliy standartlari
8. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari
9. Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish qoidalari va x.


Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining to’g’riligini va mahsulot, ish hamda 
xizmatlar tannarxi to’g’risidagi hisobotni tuzishning to’g’riligini nazorat qilish 
uchun quyidagilarni tekshirish lozim: hisobot davridagi haqiqiy xarajatlarning 
ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarida o’z vaqtida, to’liq va ishonarli aks 
ettirilishi; ishlab chiqarishga xarajat qilingan xom ashyolar, materiallar, yoqilg’ilar, 
ehtiyot qismlar va yoqilg’i-moylash materiallarini baholashning to’g’riligi; 
belgilangan xarajat smetalari, lavozim maoshlari, tarif stavkalari, ishlab chiqarish 
xodimlarining mehnatiga haq to’lash va mukofotlash haqidagi Nizomga rioya 
qilish ustidan nazoratning ta’minlanganligi; noishlab chiqarish sarflari va 
yo’qotishlarning paydo bo’lish sabablari hamda hisobdan chiqarilishning 
asoslanganligi.
Asosiy xarajatlar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlarining 
to’g’ri va asoslangan hamda me’yorlarga muvofiqligini tekshiriladi. Mahsulot (ish, 
xizmat) larning rejadagi va hisobot kalkulyatsiyasining to’g’riligini xarajat 
moddalari bo’yicha tekshiriladi. Natijada reja va haqiqiy tannarx o’rtasidagi 
tafovutlarni moddalar bo’yicha tahlil qilinib, tafovutlar sababi aniqlanadi. Xom 
ashyo va materiallarni sarflashning to’g’riligi, baholar to’g’riligini tekshirish 
metodlari, mahsulot (ish, xizmat) birligiga to’g’ri keladigan sarf me’yoriga rioya 
qilinishi tekshiriladi. Brak (yaroqsizlik) dan ko’rilgan yo’qotishlar va ishlab 
chiqarish xarajatlari schyotlarini yopishning to’g’riligini tekshirish. Auditor shuni 
yaxshi bilishi zarurki, mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxi buxgalteriya hisobida 
oddiy faoliyat turlari bo’yicha hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish (ish 
bajarish, xizmat ko’rsatish) va realizatsiya bilan bog’liq sarflar yig’indisi kabi 
aniqlanadi. Mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlari 
to’langan vaqtidan qat’iy nazar (oldin yoki keyinchalik to’langan), qaysi hisobot 
davriga taalluqli bo’lsa, shu davr tannarxiga qo’shiladi. Auditor ushbu xo’ alik 
muomalasini asossiz, ya’ni o’tgan yildagi mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxini 
sun’iy ravishda oshirgan va moliyaviy natijani hamda foyda solig’ini pasaytirgan 
deb topdi va tuzatish kiritishni tavsiya qildi. Shu bilan birga to’langan ijara haqi 
keyingi yil davomida umumiy summaning 1/12 qismi miqdorida har oyda 


xarajatga hisobdan chiqarishi lozimligini tushuntirdi. O’zbekiston Respublikasi 
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunining 9moddasiga muvofiq korxonada 
sodir etilgan barcha xo’ alik muomalalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki 
amalga oshirilib bo’lingandan so’ng tegishli dastlabki hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilishi lozim. Xarajatlarni hujjatlashtirish tamoyili auditorning 
xarajatlarni asoslash uchun isbotlovchi hujjatlarning mavjudligi, hamda ushbu 
muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini tasdiqlash 
vazifasini belgilab beradi. Yuqorida nomi qayd qilingan, «Xarajatlar tarkibi 
to’g’risidagi Nizom» ga muvofiq barcha xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:

bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;

bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;

boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish 
xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar.
Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmasdan, davr sarflari tarkibida hisobga olinib, 
asosiy faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar:

sotish xarajatlari;

boshqaruv xarajatlar (ma’muriy sarf-xarajatlar);

boshqa muomala xarajatlari va zararlar.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning umumxo’ alik faoliyatidan olingan foyda 
yoki ko’rilgan zararlarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan, uning moliyaviy 
faoliyatiga doir xarajatlar:

foizlar bo’yicha sarflar;

xorijiy valyuta muomalalari bo’yicha salbiy kurs tafovutlari;

qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash;

moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlar.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə